O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyasi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/31
tarix20.01.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#98906
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31
uploads constitution oz

77-modda.
Oldingi
 tahrirga qarang. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi 
qonunga 
muvofiq 
saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iborat. 
(77-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-194-
sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2008 y., 52-son, 510-modda) 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hududiy vakillik palatasi bo‘lib, 
Senat a’zolaridan (senatorlardan) iborat. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik 
organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz 
berish yo‘li bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng 
miqdorda — olti kishidan saylanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n olti 
nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining 
boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng 
obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi. 
Saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston 
Respublikasi hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati, shuningdek O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi bo‘lishi mumkin. Deputatlikka nomzodlarga 
qo‘yiladigan talablar 
qonun
 bilan belgilanadi. 
Ayni bir shaxs bir paytning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Qonunchilik palatasi deputati va Senati a’zosi bo‘lishi mumkin emas. 
78-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi 
vakolatlari quyidagilardan iborat: 
1) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o‘zgartish va 
qo‘shimchalar kiritish; 
2) O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonunlarini, qonunlarini qabul qilish, 
ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish; 
3) O‘zbekiston Respublikasining referendumini o‘tkazish to‘g‘risida va uni o‘tkazish 
sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish; 
4) O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash 
hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish; 
5) O‘zbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud hokimiyati 
organlarining tizimini va vakolatlarini belgilash; 
6) O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish va 
ularning O‘zbekiston Respublikasi tarkibidan chiqishi haqidagi qarorlarni tasdiqlash; 
7) boj, valyuta va kredit ishlarini qonun yo‘li bilan tartibga solish; 
8) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O‘zbekiston 
Respublikasining Davlat budjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish; 
9) soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy qilish; 
10) O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini qonun yo‘li 
bilan tartibga solish, chegaralarini o‘zgartirish; 
11) tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini hamda 
chegaralarini o‘zgartirish; 
12) davlat mukofotlari va unvonlarini ta’sis etish; 
13) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat 
boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash; 
14) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 


15) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston 
Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ko‘rib chiqish va tasdiqlash, shuningdek mamlakat ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari yuzasidan Bosh vazirning hisobotlarini eshitish va 
muhokama qilish; 
(78-modda birinchi qismining 15-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 18 apreldagi 
O‘RQ-284-sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2011 y., 16-son, 159-modda) 
16) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili va uning 
o‘rinbosarini saylash; 
17) O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini ko‘rib chiqish; 
18) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga hujum 
qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma 
majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug‘ilganda urush holati e’lon qilish to‘g‘risidagi farmonini 
tasdiqlash; 
19) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon 
qilish, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish yoki tugatish to‘g‘risidagi 
farmonlarini tasdiqlash; 
20) xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya va denonsatsiya qilish; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
21) parlament nazoratini va ushbu Konstitutsiyada nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni 
amalga oshirish. 
(78-modda birinchi qismining 21-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 16 apreldagi 
O‘RQ-366-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2014 y., 16-son, 176-modda) 
Palatalarning birgalikdagi vakolatlariga kiradigan masalalar, qoida tariqasida, avval 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida, so‘ngra Senatida ko‘rib 
chiqiladi. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə