O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyasi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/31
tarix20.01.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#98906
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31
uploads constitution oz

56-modda. 
O‘zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan 
kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar 
tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari 
jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etiladi. 
 LexUZ sharhi 
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasida jamoat 
birlashmalari to‘g‘risida»gi 
Qonunga
 qarang. 
57-modda. 
Konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi, 
respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va 
erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, 
xalqning sog‘lig‘i va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek harbiylashtirilgan 
birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining 
tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi. 
Maxfiy jamiyatlar va uyushmalar tuzish taqiqlanadi. 
58-modda. 
Davlat jamoat birlashmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini 
ta’minlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib 
beradi. 
Davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga 
aralashishiga, shuningdek jamoat birlashmalarining davlat organlari va mansabdor shaxslar 
faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
59-modda. 
Kasaba uyushmalari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini va manfaatlarini ifoda 
etadilar va himoya qiladilar. Kasaba tashkilotlariga a’zo bo‘lish ixtiyoriydir. 
60-modda. 


Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va 
o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda 
ishtirok etadilar. Siyosiy partiyalar o‘z faoliyatlarini moliyaviy ta’minlanish manbalari haqida 
Oliy Majlisga yoki u vakil qilgan organga belgilangan tartibda oshkora hisobotlar berib turadilar. 
61-modda. 
Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. 
Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi. 
62-modda. 
Jamoat birlashmalarini tarqatib yuborish, ular faoliyatini taqiqlab yoki cheklab qo‘yish 
faqat sud qarori asosidagina amalga oshiriladi. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə