O'zbekiston tarixi davlat muzeyi


Temir yo'llar tarixi davlat muzeyi



Yüklə 9,45 Mb.
səhifə5/10
tarix28.11.2023
ölçüsü9,45 Mb.
#133463
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kirish HISOBOT

Temir yo'llar tarixi davlat muzeyi
Toshkent temir yoʻllar texnikasi muzeyi temir yoʻl sohasi texnik muzeylari uyushmasi tarkibiy qismiga kiradi va Osiyodagi muzeylar orasida eng yirigi sanaladi. Uning barpo etilishi 80-90-yillarga borib taqaladi.
Ushbu muzey Markaziy Osiyoda temir yoʻlning 100 yilligini munosabati bilan barpo etilgan.
Poytaxtimizning Markaziy vokzalida ilgari ishlatilgan qismlar va lokomotivlar majmuasi namoyish etiladi.
Shahar maʼmuriyati aholi tomonidan kelib tushgan murojaatlarni inobatga olib, koʻrgazmani oʻz oʻrnida qoldirib doimiy faoliyatini yoʻlga qoʻydi. Shunday qilib, 1989-yil 4 avgustda Temiryoʻlchilar kuni munosabat bilan muzey tantanali ravishda sayyohlar va tashrifchilar uchun oʻz eshiklarini ochdi. Ochiq osmon muzeyida 13 paravoz, 17 teplovoz, 3 elektrovoz, 10 vagon hamda XX asrlarga oid taʼmirlash va qurilish texnikalarini koʻrish mumkin.
Uchta vagonda temir yoʻl paydo boʻlishi haqida soʻzlab beruvchi muzey ekspozisiyalari, aloqa va havfsizlik vositalari, shuningdek jasurlik nishonlarini hamda ishchilar kiyimlarini koʻrish mumkin. Muzeyda tor temir yoʻl (750 mm) yoʻlagi, ikkita poyezd, TU7a lokomotivlari, sharqona uslubda bezatilgan ikkita yozgi vagon va uchta PV38 vagonlari mavjud. Ekskursiya jarayonida temir yoʻllar tarixi, parovozlar va boshqa temir yoʻl texnikalarining qurilishi bilan tanishish imkonini beruvchi diqqatga sazovor joylarga sayohatlar oʻtkaziladi.



Chorsu kompleksi.
Chorsu (forschadan chor — "toʻrt", su —"bozor"; chorrahadagi bozor joy) — 1) tarixiy shaharlarning asosiy chorrahasidagi odatda usti yopiq boʻlgan savdosotiq joyi; aksari shaharning oʻrtasida qurilib, markaziy mujassamotga ega boʻlgan; 2) umuman savdosotiq joyi. Ularning paydo boʻlishi shaharning oʻzi kabi qadimiydir. Misrda "shahar" maʼnosi doyra ichidagi chorraha shaklidagi iyeroglif orqali ifodalangan. Qad. Rim shaharsozligida chorraha maxsus imorat (tetrapil)lar bilan ajratilgan. Bolqon mamlakatlari meʼmorligida Chorsu nomi "charshiya" deb talaffuz etiladi (masalan, Makedoniyadagi Skople va Bitola shaharlarining qadimgi bozorlari). Shahrisabzda Chorsularning yaqqol namunasi saklangan. Samarqand Chorsusi ham tarixiy shaharning savdosotiq markazida, olti asosiy koʻchayoʻnalishlarning kesishgan joyida barpo boʻlgan (qarang Chorsoʻ). Buxoroda Chorsular "toq" iborasi bilan mashhur: Toqi zargaron, Toqi sarrofon va boshqa Toshkent, Shahrixon kabi shaharlarda Chorsu binolari sinchdan, yassi tomli qilib ishlangan (saqlanmagan). Xivada Chorsu doʻkonlari koʻproq Ota va Polvon darvozalar koʻchalari boʻylab joylashgan edi.
Chorsu kompleksi


Yüklə 9,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə