O'zbekiston tarixi davlat muzeyi


Shayx Zayniddin Bobo memoriy majmuasi



Yüklə 9,45 Mb.
səhifə9/10
tarix28.11.2023
ölçüsü9,45 Mb.
#133463
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kirish HISOBOT

Shayx Zayniddin Bobo memoriy majmuasi
Toshkentning eski shahar qismida, Kukcha mahallasida, islom dini peshvosi Shayx Zayniddin nomidagi masjid bor, shayxning maqbarasi ham shu joyda joylashgan. Odamlar masjid joylashgan joyning nomidan kelib chiqib uni Ko‘kcha masjidi deb ham nomlashadi.
Shayx Zayniddin 1164 yilda tug‘ilgan. U o‘z hayotini zamonaviy O‘zbekiston hududida so‘fiylik tariqatining suhravardiya yo‘nalishi asoschisi – Shahobiddin Suhravardiy taʼlimotini targ‘ib qilishga bag‘ishlagan. Shayx maqbarasi XIV asr oxirida Amir Temurning buyrug‘iga binoan qurilgan. Bugungi kunda masjid O‘zbekistondagi ziyoratgohlarning eng go‘zal joylaridan biri hisoblanadi, chunki bu yerda 2011 yilda xattotlik, yog‘och o‘ymakorligi va ganchdan foydalangan holda qayta qurish ishlari amalga oshirildi. Bir vaqtning o‘zida olti mingga yaqin musulmon masjidda namoz o‘qishi mumkin.

"G'alaba bog'i" yodgorli majmuasi
Ikkinchi jahon urushi millionlab begunoh odamlarning bevaqt o‘limi, mislsiz yo‘qotishlarga sabab bo‘lgan mash’um voqea sifatida insoniyat tarixida muhrlanib qoldi.
O‘zbekiston xalqining ham ushbu qora kunlar bilan bog‘liq og‘riqli xotiralari bor. Xalqimiz haqiqiy jasorat va fidoyilik ko‘rsatib, fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga ulkan hissa qo‘shdi. 2 millionga yaqin yurtdoshimiz janglarda ishtirok etib, ularning 500 mingdan ortig‘i qahramonlarcha halok bo‘ldi. Bugun mamlakatimizda 400 ga yaqin urush faxriysi umrguzuronlik qilmoqda, ulardan 40 dan ortig‘i 100 yoshdan oshgan nuroniy zotlardir.Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston janglar davom etayotgan hududlardan ko‘chirilgan 1,5 milliondan ortiq keksalar, ayollar va yosh go‘daklarni bag‘riga oldi. Ularning og‘ir damlarida beqiyos g‘amxo‘rlik ko‘rsatildi.
Xalqimizning tarix sahifalariga o‘chmas harflar bilan bitilgan bunday mardlik va matonati, olijanobligi, mehr-muruvvati va yuksak ma’naviyati barchamizning qalbimizga cheksiz g‘urur-iftixor bag‘ishlab, farzandlarimizni vatanparvarlik va ajdodlar jasoratiga sadoqat ruhida tarbiyalashda ilhomlantirib kelmoqda.
Shuning uchun mashaqqatli kurashlarda bukilmas iroda va mardlik namoyon etib, bugungi tinch va osoyishta kunlarimiz uchun jonini fido qilgan jasur yurtdoshlarimizning muqaddas xotirasini e’zozlash maqsadida davlatimiz rahbarining tashabbusi va 2019 yil 23 oktyabrdagi «Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 75 yilligini munosib nishonlash to‘g‘risida»gi qarori asosida Toshkent shahrining Olmazor tumanida «G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasi hamda uning hududida «Shon-sharaf» davlat muzeyi bunyod etildi.

«G‘alaba bog‘i» memorial majmuasi millionlab kishilar uchun muhim bo‘lgan 9 may sanasida tantanali ravishda ochildi. Marosimda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.


O‘zbek xalqining Ikkinchi jahon urushi yillaridagi shonli tarixini, ona xalqimizning qahramonligini yaxlit aks ettirgan ushbu majmua xalqimizning yillar davomidagi orzu-intilishlarini o‘zida mujassam etgan.
O‘zbekiston Prezidentining g‘oyasi va tashabbusi bilan innovatsion texnologiyalar asosida, O‘zbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushida ko‘rsatgan beqiyos jasoratini abadiylashtirish maqsadida bunyod etilgan «G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasi va «Shon-sharaf» davlat muzeyi ekspozitsiyalari xalqimizning urush yillarida ko‘rsatgan mardlik va matonatini, yuksak insoniy fazilatlarini namoyon etish hamda yosh avlodni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
«G‘alaba bog‘i»ning umumiy maydoni 14,6 gektar. Majmua ramziy 12 ta hududga bo‘lingan bo‘lib, kirish qismi, urushning dahshatli qiyofasi, markaziy xiyobon, harbiy texnikalar maydonchalari, temir yo‘l vokzali, front orti hududi, amfiteatr va ma’muriy bino, motam va anduh hududi, shodu xurramlik hududi, g‘alaba hududi, «Shon-sharaf» davlat muzeyi va shukronalik hududidan tashkil topgan.
Bog‘da urush va uning oqibatlari, urush davri manzaralari, jumladan, okop va blindajlar, palatkalar, dala oshxonalari va boshqa lavhalar aks etgan majmuada o‘sha davrdagi harbiy texnika va qurol-yarog‘lar, O‘zbekiston xalqining front va front ortida ko‘rsatgan jasorati, mashaqqatli mehnati, qayg‘u-alami, shuningdek, erishilgan buyuk g‘alabaga qo‘shgan ulkan hissasi ifodalangan.
Bog‘ning «Matonat madhiyasi» majmuasida butun o‘zbek ayollarining sadoqati ramziga aylangan zangiotalik Zulfiya Zokirova va uning urushda halok bo‘lgan besh o‘g‘lining vafodor rafiqalari aks etgan.
«Ko‘z yoshi» majmuasi urushning mudhishligi, millati va dinidan qat’i nazar, barcha odamlar birligi ramzini ifodalaydi.
«Shon-sharaf» davlat muzeyining yuqori qismida Ikkinchi jahon urushida qatnashgan 301 nafar o‘zbekistonlik qahramon sharafiga ekilgan daraxtlar, shuningdek, «Mangu jasorat» deb nomlangan majmuada afsonaviy o‘zbek generali Sobir Rahimov va barcha o‘zbekistonlik botir jangchilarning so‘nmas xotirasi ifodalangan. Bu majmua yurtimizda tarbiya topgan qo‘rqmas, mard va jasur, matonatli sarkardalar, jangchilardan faxrlanish, jasoratidan doimo ibrat olish, dunyodagi eng buyuk xalqlardan biri ekanimizni his qilish, vatandoshlarimizda shu zamin, shu yurt farzandi ekanligidan g‘urur, faxr-iftixor tuyg‘ulari uyg‘onishiga xizmat qiladi.
«G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasi huzurida Ilmiy markaz faoliyat yuritmoqda. Markaz faoliyati Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan va halok bo‘lgan yurtdoshlarimiz xotirasini tiklashdan iborat.
- Bugungi kunda Markaz ilmiy jamoasi tomonidan Ikkinchi jahon urushida qatnashgan ikki millionga yaqin (qariyb 1 million 951 ming kishi) mard o‘zbekistonliklardan 1 million 100 ming nafari haqidagi ma’lumotlar to‘liq tiklandi, - dedi majmua rahbarining o‘rinbosari, «Shon-sharaf» davlat muzeyi direktori Muxtorjon Shokirov. – Ushbu yo‘nalishdagi izmiy izlanishlarga mamlakatimizning qator vazirliklari, Fanlar akademiyasi, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar jalb etildi. Shuningdek, «Bobomni izlayman» loyihasi tashkil etildi. 75 yil davomida biz fashizmga qarshi kurashlar haqidagi bir xil ma’lumotlarni takrorlab keldik. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan amalga oshirilgan qayta o‘rganishlar natijasida O‘zbekistondan urushda qatnashganlar haqidagi ma’lumotlar qayta aniqlashtirilmoqda. Biroq bu ham oxiri emas. Urushning dastlabki yillari respublikamiz hududidan frontga deb hujjatlari rasmiylashtirilmasdan minglab yigitlar mashinalarga ortib olib ketilgan. Bugun ana shunday holatlar ham yuzaga chiqayapti.




Yüklə 9,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə