O'zbekiston tarixi davlat muzeyi


O'zbekiston tarixi davlat muzeyi Toshkent feliali



Yüklə 9,45 Mb.
səhifə3/10
tarix28.11.2023
ölçüsü9,45 Mb.
#133463
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kirish HISOBOT

O'zbekiston tarixi davlat muzeyi Toshkent feliali.
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi va uning filiali “Toshkent muzeyi”ning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi. Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 8 noyabrdagi “Adiblar xiyobonida atoqli so‘z san'atkorlari va jamoat arboblari xotiralariga bag‘ishlab yodgorlik majmualarini o‘rnatish hamda “Toshkent muzeyi” faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 905-sonli qaroriga muvofiq Fanlar akademiyasi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi filiali “Toshkent muzeyi” tashkil etilgan. “Toshkent muzeyi”ning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:
Toshkent tarixi, arxeologiyasi va etnografiyasi hamda muzeyshunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish; Toshkent vohasidagi qadimiy tarixiy yodgorliklarni izlab topish, to‘plash va ularni o‘rganish maqsadida boshqa ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda ekspeditsiyalar tashkil etish; muzey ko‘rgazma zallaridagi eksponatlar orqali xalqni tarix bunyodkori va moddiy-ma'naviy boyliklarni yaratuvchi sifatida ko‘rsatish, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tarixni yoritish; respublika ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda muzeyda ochiq darslar, ma'ruza va seminar mashg‘ulotlari, talabalarning malakaviy amaliyot o‘tashini ta'minlash; kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, xodimlar tarkibini iste'dodli olimlar, yosh ilmiy kuchlar bilan doimo to‘ldirib borish.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi va Fanlar akademiyasi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi fan va ta'lim integratsiyasini yanada rivojlantirish, muzeyni kadrlar bilan ta'minlash maqsadida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universitet tarix fakulteti, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti bilan hamkorlikda muzeyda tarix, muzeyshunoslik va restavratsiya bo‘yicha qo‘shma kafedralar tashkil etadi.
Moliya vazirligi:
Muzey rahbari va ilmiy xodimlari, shu jumladan, muzey filiali ilmiy xodimlarining ish haqi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarining bazaviy lavozim maoshlariga tenglashtiradi.Toshkent shahar hokimligi, Ichki ishlar vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi:
Muzeyda tashqi va ichki xavfsizlik hamda maxsus nazorat tizimini shakllantirish, sayyohlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, namunali servis xizmatini ko‘rsatish maqsadida muzey maydoniga kirish qismida avtoturargoh va maxsus yo‘lak tashkil etadi.
Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi Milliy bog‘dagi sobiq O‘zbekiston madaniyati va san'ati ko‘rgazmalari binosi (Toshkent muzeyi), Bunyodkor ko‘chasi tomonidan kirish arkasining ikki tomonidagi binolar (xonalar)ni belgilangan tartibda muzey balansiga o‘tkazadi.
Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi va uning filiali hisoblangan “Toshkent muzeyi” ekspozitsiyasini shakllantirish, zamonaviy texnik vositalar bilan ta'minlash, targ‘ib etish va doimiy ravishda moddiy-texnik bazasini mustahkamlashda mas'ul etib tayinlanadi. Toshkent muzeyini targ‘ibot va tashviqot qiluvchi reklama stendlari Adiblar bog‘ining kirish qismiga o‘


Yüklə 9,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə