O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asr boshlarigacha)



Yüklə 3,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/50
tarix15.03.2018
ölçüsü3,35 Kb.
#31912
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50

144
xattotligida g‘oyat mashhur bo‘lib, uning ma’lum bir qismi chet 
o‘lkalarga chi qa rilgan.
Bu  davrda  hunarmandchilikning  teri  oshlash,  charm-mo‘y-
na  mahsulotlari:  mahsido‘zlik,  po‘stindo‘zlik,  telpakdo‘zlik,  ka-
vushdo‘zlik, etikdo‘zlik sohalari ham rivojlangan.
Samarqand  bozorida  shirmoyi,  sedana  payvand,  noni  zarga-
ron, noni osiyoiy kabi mashhur anvoyi nonlari, ziravorlar, attor-
lik mollari sotilar edi.
XV asrda temuriylar uzoq va yaqin qator 
qo‘shni  mamlakatlar:  Xitoy,  Hindiston, 
Tibet,  eron,  Rus,  Volgabo‘yi  va  Sibir  bilan  muntazam  savdo-
sotiq qilardi. Xitoydan asosan ipak, shoyi matolar, xususan, atlas 
va parchalar, choy, chinni, la’l, gavhar va mushkHindistondan 
nafis  oq  rangli  ip  matolar,  nil  (bo‘yoqlar), xushbo‘y  ziravorlar; 
Erondan  surp,  marvarid,  durlar;  Rus,  Tatariston  va  Sibirdan 
qimmatbaho mo‘yna, teri va mum olib kelinar edi. Yevropa mam-
lakatlaridan  Samarqandga  olib  kelingan  mollar  orasida  farang 
gazmollari, movuti, cherkas pichog‘i bor edi.
Samarqanddan chet mamlakatlarga, xususan,  Rus,  Tatariston 
va  Sibirga    ip  matolar,  asosan,  bo‘z,  duxoba,  shoyi  gazlama, 
qog‘oz, quruq meva, guruch, paxta va  kalava (yigirilgan ip)lar 
chiqa rilgan.
Chet  davlatlar  bilan  o‘zaro  savdo-sotiqning  kengaytirishda 
temuriylarning  qo‘shni  mamlakatlar  bilan  olib  borgan  elchilik 
aloqalari  katta  rol  o‘ynaydi.  Ulug‘bek  va  Shohrux  Xitoy  bilan 
muntazam ravishda elchilar almashib turishgan.
1418-yilda  Ardasher  boshliq  Shohrux  elchilari  Xitoyda 
bo‘ladilar. 1419-yilda bunga javoban Li-Do va Jong-Fu Xitoydan 
Samarqand  va  Hirotga  elchi  bo‘lib  keladilar.  elchilar  Ulug‘bek 
va Shohrux nomiga o‘zaro do‘stlik munosabatlarini rivojlantirish 
xususidagi  takliflar  yozilgan  maktub  va  katta  sovg‘a-salomlarni 
topshiradilar. 1420-yilda Shohrux va Ulug‘bek o‘z elchilari bi-
lan birga 530 nafar savdogardan iborat savdo karvonini Xitoyga 
jo‘natadilar. Temuriylarning elchilari ikki yildan ortiqroq Xitoyda 
bo‘lib, 1422-yilda o‘z vatanlariga qaytib keladilar.
Shohrux  bilan  Ulug‘bek  zamonida  Tibet  va  Hindiston  bilan 
ham  yaxshi  qo‘shnichilik  munosabatlari  o‘rnatiladi.  1421-yilda 
Tibetdan  Buxoro  va  Samarqandga  elchilar  keladi.  1441–1442-
Savdo aloqalari


145
yillarda  Shohrux  Hindistonga  Vijayanagar  saroyiga  tarixchi 
Abdurazzoq  Samarqandiy  boshchiligida  elchilar  yuboradi.  U 
Kermon,  Xurmuzd  va  Fors  qo‘ltig‘i  orqali  Hindistonga  qilgan 
sayohatini yozib qoldiradi.
Iqtisodiy  taraqqiyot  ma’lum  darajada 
o‘sha  davrda  o‘tkazilgan  pul  islohoti  bi-
lan  ham  bog‘liq  edi.  Ma’lumki,  Ulug‘bek  1428-yilda  muoma-
ladagi  fulusiy  pullar  islohotini  amalga  oshirdi.  Ulug‘bek  yengil 
vaznda  zarb  etilgan  va  muomalada  yurgan  chaqa  pullar  bilan 
ayirboshlashni  man  etdi.  eski  chaqalarni  yangisiga  almashti-
rib,  ichki  savdoning  fulusiy  pullarga  bo‘lgan  talabini  qondirish  
uchun  bir  vaqtning  o‘zida  u  Buxoro,  Samarqand,  Qarshi,  Ter-
miz,  Toshkent,  Shohruxiya  va  Andijon  shaharlarida  zarbxona-
lar tashkil etib, bir xil vazndagi salmoqdor fuluslar zarb ettiradi 
va  muomalaga  chiqaradi.  Xalq  o‘rtasida  «fulusi  adliya»,  ya’ni  
«adolatli  chaqa»  nomi  bilan  shuhrat  topgan  Ulug‘bekning  bu 
yangi  fuluslari  ichki  chakana  savdo  uchun  keng  yo‘l  ochadi. 
Shu  bilan  birga  Ulug‘bek  tashqi  savdodan  davlat  xazinasiga  
Amir Temur zarb ettirgan mis va kumush tangalar.
Pul muomalasi
*  Tamg‘a  —  savdo  boji;  savdogarlardan  olinadigan 
soliq
* Fulus — misdan yasalgan mayda chaqa pul


146
tushadigan  daromadni  ko‘paytirish  maqsadida  tamg‘a  solig‘ini 
birmuncha oshirdi.
Shunday qilib Ulug‘bek zamonida mamlakatda ichki va tash- 
qi  savdoning  kengayishi  hunarmandchilik  mahsulotlarining  haj-
mini  oshirib, kasb-hunar tarmoqlarining rivojida asosiy omillar-
dan biriga aylandi.
1.  Temuriylar  davrida  hunarmandchilikning  qanday  turlari  ri-
vojlandi?
2. Yog‘ochsozlikning, qog‘oz ishlab chiqarishning rivojlangan-
ligiga misollar keltiring.
3. Savdo aloqalari qanday yo‘lga qo‘yilgan edi?
4. Ulug‘bekning pul islohoti va uning natijalari haqida nimalarni 
bilib oldingiz?
40-§. ILM-FAN RAVNAQI
Tayanch tushunchalar: Samarqand akademiyasi; Naqshi jahon; 
Aflotuni zamon
XV  asrda  Samarqand  va  Hirotda  olim-
lar-u fuzalolar, shoirlar-u bastakorlarning 
kattagina  guruhi  to‘plangan  edi.  Ilm-fan  va  san’atning  taraq- 
qiyotida  zamonasining  madaniy  muhitida  tarbiyalanib,  yosh-
ligidayoq  mashhur  olim  sifatida  shuhrat  qozongan  Ulug‘- 
bekning  hissasi  nihoyatda  buyukdir.  Ulug‘bek  mamlakatni 
boshqarish  bilan  bir  qatorda,  ilmiy  ishlar  bilan  shug‘ullanadi, 
olimlarning  munozaralarida  faol  qatnashadi.  Ulug‘bek 
o‘tmishdoshlari  Ahmad  Farg‘oniy,  Abu  Nasr  Farobiy,  Muham-
mad  Xorazmiy,  Abu  Rayhon  Beruniy  va  Ibn  Sino  asarlarini 
batafsil  o‘rganadi.  Bu  buyuk  mutafakkirlarning  asarlari  orqa-
li  u  qadimgi  yunon  olimlari  Aflotun,  Arastu,  Gipparx,  Ptolo-
meylarning  mumtoz  asarlari  bilan  ham  tanishadi.  Ulug‘bek 
farmoni  bilan  1417-yilda  Buxoroda,  1420-yilda  Samarqandda,  
1433-yilda  G‘ijduvonda  madrasalar  qad  ko‘taradi.  Hatto  Buxo-
ro  madrasasining  darvozasiga  «Bilim  olish  har  bir  musulmon  
ayol  va  erkakning  burchidir»,  degan  xitobnoma  o‘yib  yozib  
qo‘yiladi.  Movarounnahrning  bu  uchta  qadimiy  shaharlarida  
barpo  etilgan  ilmgohlar,  xususan,  Samarqand  madrasasi  zamo-
Ilm-fan markazlari


Yüklə 3,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə