O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 14- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix19.10.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#127976
1   2   3   4
Azimova Lobar To’xtapulatovna

Tarbiya mazmuni –
shaxsning shakllanishiga qoʻyiladigan ijtimoiy talablar 
mohiyatidan iborat boʻlib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, kishilik munosabatlari 
mohiyati va darajasi, jamiyat mafkurasi gʻoyalari asosda belgilanadi. 
Tarbiyaning shaxs kamolotiga ta’siri quyidagilarda koʻrinadi: 
1) tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot egallanadi, mehnat va 
texnik faoliyat bilan bogʻliq koʻnikma, malakalar hosil boʻladi; 
2) tarbiya tufayli tugʻma kamchiliklar ham oʻzgartirilib, shaxs kamolga yetadi; 
3) tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini ham yoʻqotish mumkin; 
4) tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi. 
Tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yoʻlida har tomonlama oʻstirish, uning 
ongi va xulq-atvorini tarkib toptirish jarayonidir. 
Tarbiya – ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda 
tutgan holda, oʻqituvchining oʻquvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan oʻzaro amaliy 
va nazariy muloqotidir. 
Tarbiya – tarbiyachi xohlagan sifatlarni tarbiyalanuvchiga singdirish uchun 
tarbiyalanuvchining ruhiyatiga muayyan suratda ma’lum bir maqsadga qarata va 
muntazam suratda ta’sir qilishidir. Bu xildagi ta’rif tarbiya tushunchasiga kiradigan 
hamma narsani, chunonchi: muayyan dunyoqarash, axloq, ijtimoiy xulq-atvor 
qoidalarini singdirish, muayyan xarakter va iroda, odat va axloq yaratishni oʻz ichiga 
oladi. Shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik 


O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
14-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.12.2022
jarayon boʻlib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkonini 
beradi. 
Tarbiya jarayoni oʻzaro bogʻliq boʻlgan ikki faoliyatni – oʻqituvchi va oʻquvchi 
faoliyatini oʻz ichiga oladi. Tarbiya jarayonida oʻquvchining ongi shakllana boradi, his 
va tuygʻulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur boʻlgan va ijtimoiy aloqalarga 
xizmat qiladigan xulqiy odatlari hosil boʻladi. 
Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan toʻgʻri 
uyushtirish gʻoyat muhimdir. Faoliyat jarayonida bola tashqaridan kelayotgan 
tarbiyaviy ta’sirga nisbatan ma’lum munosabatda boʻladi. Bu munosabat shaxsning 
ichki ehtiyoji va xohishlarini ifodalaydi. 
Psixologlar va pedagoglarning tadqiqotlari shaxsga tashqi omillarning (xoh ijobiy, 
xoh salbiy) ta’siri bolaning ularga munosabatiga bogʻliqligini koʻrsatadi. Bolaning 
shaxsiy tajribasi ehtiyojlari tashqi ta’sirga munosabatini belgilab beradi va uning 
xulqida aks etadi. Shuning uchun bola faoliyatini uyushtirishning oʻzigina kifoya 
qilmaydi. Toʻgʻri tarbiyalash uchun tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan qalbida 
paydo boʻlayotgan munosabatni, turli xil kechinmalarni qanday anglashni, baholashni, 
his qilishni hamda ulardan oʻzi uchun nimalarni maqsad qilib olayotganini bilish zarur. 
Yana shuni hisobga olish kerakki, bularning barchasi turli kishilar bilan aloqa qilish, 
jamoadagi munosabatlar asosida roʻy beradi. Bola ulgʻaya borishi bilan bu xil aloqa va 
munosabatlar murakkablashib boradi va bola shaxsning kamolga yetishida yo ijobiy 
yoki salbiy ta’sir etadi. Shuning uchun tarbiya maqsadga muvofiq muntazam ta’sir 
etishni koʻzda tutadi, zeroki shu yoʻl bilan jamiyatning shaxsga qoʻyadigan talablari 
tarbiyalanuvchining xulqini idora qilib turuvchi ichki ehtiyojga aylanadi. 
Abdulla Avloniy ilmni afzalligini quyidagicha bayon etadi: “Ilm dunyoning izzati, 
oxiratning sharofatidir. Ilm inson uchun gʻoyat muqaddas bir fazilatdur, zeroki, ilm 
bizga oʻz ahvolimizni, harakatimizni oyna kabi koʻrsatur, zehnimizni, fikrimizni qilich 
kabi oʻtkir qilur, ilmsiz odam mevasiz daraxt kabidur”. Alloma bilim insonni jaholatdan 
qutqarishning samarali vositasi ekanligiga ham urgʻu beradi: “Ilm bizni jaholat 
qorongʻusidan qutqarur, madaniyat, ma’rifat dunyosiga chiqarur, yomon fe’llardan, 
buzuq ishlardan qaytarur, yaxshi xulq, odob sohibi qilur. Bugun hayotimiz, 
salomatligimiz, saodatimiz, sarvatimiz, maishatimiz, himmatimiz, gʻayratimiz, dunyo 
va oxiratimiz ilmga bogʻliqdur”. 
Oʻquvchi dunyoqarashini shakllantirishning bir necha maqbul shakl, metod va 
vositalari boʻlib, ular sirasida ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy-gʻoyaviy, iqtisodiy, huquqiy, 
estetik va ekologik mavzularda tashkil etiluvchi suhbatlar, bahs-munozaralar, 
ma’ruzalar, muammoli vaziyatlarni yaratish asosida oʻquvchilarni fikrlashga undovchi 
amaliy treninglar, debatlar, mustaqil ishlar, shuningdek, ishchanlik oʻyinlari samarali 
sanaladi. 
Ta’lim-tarbiya jarayonida fanlararo aloqadorlik, ijtimoiy va tabiiy omillarning 
oʻzaro muvofiq kelishiga erishish omillari, atrof-muhit hamda ijtimoiy munosabatlar 



Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə