O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 14- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 58,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix22.03.2024
ölçüsü58,75 Kb.
#184047
1   2   3   4   5
Vapayev Karimboy Muzaffar o’g’li

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
14-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.12.2022
Saylov huquqiga fuqarolar malum bir yoshga ya’ni 18 yoshga to’lganda ega 
bo’ladilar. Shundan ko’rinib turibdiki siyosiy huquqlarga fuqarolar malum bir yoshdan 
ega bo’ladilar. Saylovda qatnashish uchun ma’lum bir yosh chegarasi belgilangani kabi 
saylanish huquqidan foydalanish uchun ham ma’lum yoshga yetgan bo’lish lozim. 
Masalan, O’zbekiston Respubliksida fuqarolar Oliy Majlis deputatligiga 25 yoshdan, 
Prezidentlikka 35 yoshdan saylanish huquqiga egadirlar. ”…Erkin saylov va o’z xohish-
irodasini erkin bildirish prinsiplari birinchi navbatda har bir shaxsning davlat 
hokimiyati va vakillik organlariga saylash va saylanish bo’yicha konstitutsiyaviy 
huquqi milliy davlatchiligimiz modelining asosini tashkil etadi…” 
Yana bir ahamiyatli jihati sud tomonidan muomilaga layoqatsiz deb topilgan 
fuqarolar, sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan 
fuqarolar saylashi mumkin emas va saylovda qatnasha olmaydilar degan jumlalar 
Konstitutsiyamizning 117-moddasida belgilangan edi. Ammo 2019-yili ushbu normaga 
o’zgartirish kiritilgan bo’lib, jazoni ijro etish joylarida saqlanayotganlar saylovda 
qatnasha oladilar, lekin og’ir va o’ta og’ir jinoyatlarni sodir etgan fuqarolar bundan 
mustasno. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 32-moddasida O’zbekiston Respublikasi 
fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o’z vakillari orqali 
ishtirok etish huquqiga ega. Bunday ishtirok etish o’zini-o’zi boshqarish, 
referendumlar o’tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish
shuningdek davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish 
va takomillashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi deb belgilab qo’yilgan. Bevosita ya’ni 
to’g’ridan to’g’ri demakratiya, bunda xalq davlat ishlarini vakillarsiz o’zi hal 
qiladi.Saylov, referendum, fuqarolar murojaati, qonunlar loyihasi muhokamasi orqali 
erishiladi. Bilvosita ya’ni vakillik demokratiyasi, unda xalq suveren huquqlaridan 
foydalanib, o’zlari saylab qo’ygan vakillar orqali (deputatlar va senatorlar) orqali 
amalga oshiradilar. Demak fuqarolarning davlat va jamiyat ishlaridagi ishtiroki eng 
avvalo davlat va jamiyatning boshqarishda namoyon bo’ladi.Ya’ni bu fuqarolarning 
jamiyat va davlat ishlari boshqarish huquqidir. 
O.T.Husanov fuqarolarning jamiyat ishlaridagi faoliyatini bevosita fuqarolarni 
o’zini o’zi boshqarish organlari orqali amalga oshirish haqida shunday fikr bildiradi. 
Mamlakatimizda fuqarolarning davlat va jamiyat ishlaridagi ishtiroki huquqini 
ta’minlovchi vositalardan biri o’zini o’zi boshqarish hisoblanadi. O’zini o’zi boshqarish 
organlari butun mamlakat hududida qishloq shaharcha va shahardagi mahallalarda 
tuziladigan fuqarolar yig’ini bo’lib, ular barcha 18 yoshga yetgan fuqarolarni qamrab 
oladi. Fuqarolar fuqarolar yig’inida ishtirok etib, uning organlarini tuzishda qatnashadi 
va shu asosda jamiyat ishlarida ishtirok etadi. Fuqarolarning siyosiy faollik asosida 
jamiyat hayotida ishtirok etishi zaruratdir. Fuqarolarning siyosiy faolligi ularga 
Konstitutsiya va qonunlar asosida beriladigan va kafolatlangan siyosiy huquqlar orqali 
kafolatlanadi. Fuqarolar o’z ijtimoiy faolliklarini O’zbekiston Respublikasi qonunlariga 
muvofiq mitinglar,yig’ilishlar va namoyishlar orqali namoyon qilishi mumkin. Lekin 



Yüklə 58,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə