O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 14- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 58,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix22.03.2024
ölçüsü58,75 Kb.
#184047
1   2   3   4   5
Vapayev Karimboy Muzaffar o’g’li

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
14-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.12.2022
miting, namoyish, va yig’ilishlar qonun asosida amalga oshirilishi kerak, ularni amalga 
oshirilishi natijasida boshqa kishilarning, fuqarolarning manfaati, huquqi buzilmasligi 
kerak. Masalan bunday harakatlar natijasida yo’llarda transport harakatlari to’xtab 
qolishi, fuqarolar o’zlari uchun muhim mashg’ulotlaridan foydalana olmay qoladilar. 
Miting, yig’ilish va namoyishlarni qonun doirasidan chiqib ketishi natijasida bugungi 
kunda ko’plab davlatlarda tartibsizliklarni kelib chiqishi va oqibatda fuqarolarning 
mol-mulkiga ham putur yetkazilishi kabi holatlar uchramoqda. Ushbu normani 
sanksiya qismi ham mavjud. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 217-moddasida 
:,,Yig’ilishlar, mitinglar, ko’cha yurishlari yoki namoyishlar o’tkazish tartibini buzish 
uchun jinoiy javobgarlik belgilangan”. Siyosiy huquqlarga fuqarolarning turli jamoat 
birlashmalari, harakatlarini tashkil qilish va ularga a’zo bo’lib kirish huquqlari ham 
misol bo’la oladi. Tashkilot , korxona , muassasalarda fuqarolar o’zlarining iqtisodiy 
manfaatlarini himoya qilish, mehnat sharoitlarini yaxshilashni yo’lga qo’yish 
maqsadida kasaba uyushmalariga birlashadi. O’zbekiston demakratik davlat qurishni 
shunchaki vazifa qilib qo’ymasdan uni barcha xususiyatlarini mujassamlashtirish 
choralarini ko’rmoqda ko’ppartiyaviylik tizimi, fikrlar xilma-xilligi, fikrlash erkinligi 
g’oyalari shakillantirildi. 2017-yil 7-fevralda Harakatlar strategiyasini qabul qilindi 
unda bir qancha vazifalar belgilangan va samaradorligini ta’minlash maqsadida 2017-
yil 14-fevralda yangi nodavlat-notijorat tashkilot - ,,Taraqqiyot strategiyasi’’ markazi 
tashkil etildi.Vazirlar Mahkamasining 2019-yili 13-fevraldagi qarori bilan ,,Yuksalish’’ 
umummiliy harakatlari tashkil etilib unda xorijdagi millatdoshlarimizni islohatlarga 
jalb etish vazifasi yuklatilgan. 
Siyosiy huquqlarning eng asosiylaridan yana biri bu fuqarolarni murojaatlaridir. 
Bu inson huquqlarini yana ham mustahkamlashga xizmat qiladigan davlat tomonidan 
kafolatlash yoki davlatdan talab qilish huquqi. Murojaat asosan uch turga bo’linadi: 
ariza, taklif, shikoyat. Arizani fuqarolar o’z huquqlari, erkinliklari va qonuniy 
manfaatlarini amalga oshirish uchun ko’mak so’rab qilgan murojaatidir. Taklif esa 
fuqarolarning davlat va jamoatchilik faoliyatini takomillashtirish maqsadida bildirgan 
fikridir. Shikoyat esa buzilgan huquqlarni himoya qilish uchun so’rab qilgan 
murojaatidir. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini 35-moddasida har bir shaxs 
bevosita o’zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga 
yoki xalq vakillariga murojaat qilish huquqiga ega degan norma bayon etilgan. 
Bugunga kunda fuqarolarning murojaatlari og’zaki, yozma va shu bilan birga elektron 
shakillarda ya’ni aloqa vositalari orqali ham murojaat qilishlari mumkin. Bu 
murojaatlar tegishli davlat organlari tomonidan vaqtida va joyida o’rganilib yechim 
topilmoqda. O’zbekistonda murojaatlarni ko’rish tartibi va muddati, bu boradagi 
vakolatli organlar, mansabdor shaxslarning huquq va burchlari maxsus qonun bilan 
belgilanadi. Fuqarolarning murojaatlariga keyingi vaqtda e’tibor yanada kuchaytirildi. 
Bunga misol qilib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-sentabrdagi 
,,Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan 
takomillashtirishga doir chora tadbirlar’’ to’g’risidagi farmonni keltirish mumkin. 



Yüklə 58,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə