O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 14- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 58,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix22.03.2024
ölçüsü58,75 Kb.
#184047
1   2   3   4   5
Vapayev Karimboy Muzaffar o’g’li

Vapayev Karimboy Muzaffar o’g’li 
Tashkent State Law University. 1st year student of the Faculty of Criminal Justice. 
Abstract:
This article systematically analyzes the role and importance of political 
rights in human life, which ensure citizens' participation in the formation of state 
administration and state bodies, as well as expressing their opinion about politics and 
state activities. 
Key words:
Constitution, law, freedom, referendum, state administration, state 
body, political party, trade union, people, citizen. 
Kirish. 
Tarixda insonlar o‘z haq-huquqlari uchun kurashmagan davr bo’lmagan.
Kishilarning o’z huquqlari uchun kurash jarayoni insonning munosib hayot keshirishi 


O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
14-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.12.2022
yoqlangan bir qator ta`limot va nazariyalar vujudga keldi. Uyg’onish davri 
mutaffakirlaridan biri Sharqning buyuk huquqshunosi Burhoniddin al-Malg’inoniy har 
bir insonning tabiiy huquqlariga, shu davlatni fuqarosi ekanligi yoki fuqarosi 
bo’lmasligidan qat’iy nazar, rioya etilishini qonuniylashtirish va ta’minlash zarurligi 
to’g’risidagi g’oyalarni yoqladilar. O’sha davrdan boshlab davlat institutiga 
(tashkilotiga) inson va jamiat manfaatlariga xizmat qilishi nuqtayi-nazaridan 
yondashilmoqda. Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, inson va fuqaralarni huquqlar uch 
guruhga bo’linadi. Bular: shaxsiy huquqlar, ijtimoiy-iqtisodiy huqular va siyosiy 
huqular. 
Endi siyosiy huquqlar atamasiga to’xtaladigan bo’lsak, siyosiy huquqlar bu asosan 
fuqarolik bilan bog’liq bo’lib, u tegishli davlat fuqarolariga davlat va jamiat ishlarini 
boshqarish imkoniyatini beradi. Siyosiy huquqlar davlatning harakteridan kelib chiqib, 
o’z fuqarolari uchungina o‘rnatiladi. Shu o’rinda asosiy qomusimiz hisoblangan 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiytasiga nazar tashlaydigan bo’lsak, unda inson va 
fuqarolarning siyosiy huqulariga alohida bob va moddalar ajratilgan. O’zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining VIII bobi “Siyosiy huquqlar” deb nomlanib unda 
bevosita fuqarolar hayoti va ularni davlat boshqaruvini shakillantirishdagi o’rni va 
ro’lini har yoqlama ko’rsatib beradigan to’rtta modda 32-35 moddalar mavjud. 
Konstitutsiyamizda siyosiy huquqlarga alohida bobning ajratilishi alohida muhim 
voqealikdir. Siyosiy huqular orqali fuqarolar davlat organlarini tuzish ularni 
faoliyatida ishtirok etish, davlat organlari va mansabdor shaxslar ustidan nazorat olib 
borish, qonunlarni yartilishida ishtirok etish va eng asosiysi siyosat va davlat faoliyati 
haqida o’z fikrlarini bildirish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Shu o’rinda 
Konstitutsiyamizni boshqa davlatlar Yevropaning rivojlangan davlatlar Fransiya, 
Germaniya, Rossiya, Daniya kabi davlatlar Konstitutsiyalari bilan solishtirib ko’rib 
shunday xulosaga kelish mumkinki, ularni konstitutsiyasida siyosiy huquqlar uchun 
alohida bob va moddalar ajratilmagan ekanaligini anglashimiz mumkin. Bu bir 
tarafdan olib qaraganda bizni davlat fuqarolar uchun bir ustun jihatdir ya’ni fuqarolar 
davlatni shaklantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Siyosiy huquqlar faqat O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga tegishlimi? degan 
savol tug’ilishi mumkin. Bu savolga quyidagicha javob va izoh berish mumkin. Siyosiy 
huquqlar bir tarafdan olib qaraganada, O’zbekiston hududida istiqomat qilayotgan 
chet davlat fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar uchun ham taaluqlidir. Misol 
qiladigan bo’lsak, chet davlat fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar ham jamoat 
birlashmalarida qatnashish , davlat organlari va mansabdor shaxslarga ariza va 
shikoyat bilan murojaat qilish huquqiga ega, lekin taklif bilan murojaat qila olmaydilar. 
Chunki taklif davlat hayotiga tegishli masalalar bo’yicha beriladi.Yana boshqa tarafdan 
olib qaraydigan bo’lsak , chet davlat fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar saylov 
huquqidan foydalana olmaydilar chunki saylov kodeksi va saylov to’g’risidagi qonunga 
ko’ra saylov huquqiga faqat O’zbekiston fuqarolari egadirlar. 



Yüklə 58,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə