|
O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 19- son ilmiy tadqiqotlar jurnaliMahmudjon Mengalievich TursunovO‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
19-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.05.2023
foydalanuvchilar uchun xavfsizlikni ta’minlashni soddalashtiradi. Instrument
identifikasiyani boshqarish tizimlari, yagona kirish texnologiyalari (Single Sign-On,
SSO) integrasiyalashadi va Hadoop klasterlariga xavfsiz ruxsat uchun korporativ
tizimlardan keluvchi identifikasion ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini beradi.
2.1-rasm. Arenadata Hadoop (ADH) 1.4 distributiv komponentalari
Apache Ranger instrumenti Hadoop komponentalari orqali ruxsat huquqini
boshqaruvi uchun markazlashgan platformani yaratish yo‘li bilan Hadoop klasteri
uchun xavfsizlikka kompleks yondashuvni ta’minlaydi. Bundan tashqari bu intsrument
real vaqt rejimida ruxsatning barcha so‘rovlarini kuzatish imkoniyatini beradigan
Hadoop tizimini monitoring qilish vositalarini administratorga taqdim etadi va bir
nechta HDFS va Solr kabi fayl tizimlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
HDFS тақсимланган файл тизими таҳлили
Axborotning eksponensial o‘sishi
yuqori samaradorlikni, masshtablilikni, ishonchlilikni va foydalanuvchanlikni
ta’minlashga yo‘naltirilgan fayl tizimini paydo bo‘lish ehtiyojiga olib keldi. Shunday
qilib, HDFS – Hadoop Distributed File System (GSF ga analog) taqsimlangan fayl tizimi
paydo bo‘ldi. Loyiha faol tarzda “Yahoo” kompaniyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
Quyida ko‘riladigan punktlarn keltiramiz:
- Tarkibiy qismlar;
- Ma’lumotlarni saqlash va replikasiya qilish;
- Ma’lumotlarni o‘chirish va yozish;
- Ustunliklar va kamchiliklar.
HDFS Hadoop loyihasida foydalaniladigan taqsimlangan fayl tizimi hisoblanadi.
HDFS-klasteri birinchi navbatda quyidagi komponentalardan iborat:
- “NameNode” – ma’lumotlarga mijozlarni ruxsati va fayl tizimi nomlari muhitini
boshqarish uchun asosiy serverdir. Bu server birinich ishga tushganda “EditLog” degn
|
|
|