|
O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 19- son ilmiy tadqiqotlar jurnaliMahmudjon Mengalievich TursunovO‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
19-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.05.2023
Ma’lumotlarning saqlanganligini ta’minlash maqsadida fayl tizimida o‘chirish aniq
uslubda amalga oshiriladi.
Oldiniga fayl maxsus “/trash” direktoriyasiga ko‘chiriladi, so‘ngra esa ma’lum
vaqt o‘tgach fizik o‘chirilish amalag oshadi:
- HDFS nomlar muhitidan fayl o‘chirilishi;
- Ma’lumotlar bloki bilan bog‘langan bo‘shatish.
Bu tizimning bir nechta kamchiliklari quyida keltirilgan:
- Xatolik yuz berganda asosiy serverni avtomatik ishga tushurishning yo‘qligi;
- “NameNode” tizimning eng kuchsiz bo‘lagi. Unda xatolik yuz berganda butun
tizim ishlamaydi.
- Ko‘p oqimli yozuvni yo‘qligi. Faylga yozishning jarayoning yakkaligi.
Ma’lumotlar faylning oxiriga yoziladi.
- Katta miqdordagi kichik fayllar uchun to‘g‘ri kelmaydi.
Usutunliklari quyidagi keltirilgan:
- Katta miqdordagi ma’lumotlarni saqlash;
- Ketma-ket o‘qish optimizasiyasi. Yuqori o‘tkazuvchanlik qobiliyati.
- Qimmat qurilmalarni talab etmaydi.
Xulosa va takliflar.
Kattaxajmdagi axborotlar bilan ishlaydigan bir nechta
mavjud tizimtar tadqiq qilindi va quyidagilar amalga oshirildi:
1. Katta xajmli ma’lumotlarni qayta ishlovchi Hadoop tizimining aynan
ma’lumotlarning butunliligini va ishonchliligini ta’minlovchi qismlari tadqiq qilindi;
2. Katta xajmli ma’lumotlarda axborotlar almashinilishida katta xajmli
ma’lumotlarni boshqaruv axborot tizimida foydalaniladigan HDFS taqsimlalash fayl
tizimi tadqiq qilindi.
Maqolada quyida keltirilgan ishlar amalga oshirilgan:
1. Katta hajmli ma’lumotlarning xavfsizlik muammolarini o‘rganish uchun
axborot tizimlarning instrumentlari va algoritmlar tahlili;
2. Katta hajmli ma’lumotlarning axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari ko‘rib
chiqildi;
3. Tashkilotda katta hajmli ma’lumotlar qayta ishlash tizimi Hadoop tizimi tadqiq
qilindi;
4. HDFS taqsimlangan fayl tizimi tadqiq qilindi;
5. Bulutli tizimda katta hajmli ma’lumotlarni butunliligi va ishonchliligini
ta’minlash algoritm va modellari ishlab chiqildi.
Mazkur dissetasiya ishining maqsadi va uni yechish uchun oldinga qo‘yilgan
vazifalar bo‘yicha axborot tizimlarida katta hajmli ma’lumotlarni saqlashda
axborotlarni xavfsizligini ta’minlovchi algoritm va modelni ishlab chiqildi hamda
ishlab chiqilgan algoritm va modelning bir nechta parametrlarga ko‘ra samaradorligini
tasdiqlovchi natijalarni olindi. Xususan, katta hajmli ma’lumotlarni butunliligini va
ishonchliligini ta’minlovchi axborot tizimlari bilan solishtirganda:
|
|
|