|
O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 19- son ilmiy tadqiqotlar jurnaliMahmudjon Mengalievich TursunovO‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
19-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.05.2023
nomga ega faylda fayl tizimi metama’lumotlarini o‘zgartirish bilan bog‘liq barcha
tranzaksiyalarni aniqlaydi va bu o‘zgarishlarni “FsImage” faylda joylashgan “ HDFS”
obraziga qo‘llaydi. So‘ngra o‘zgarishlarga ega yangi obraz yozildi va tizim toza
“EditLog” bilan ishni boshlaydi.
- “DataNode” – bevosita ma’lumotlarni saqlash uchun serverdir. Ma’lumotlarni
uzatish “NameNode”ni bo‘shatish uchun bevosita “DataNode” hamda mijoz o‘rtasida
amalga oshadi.
- “Secondary NameNode” – “EditLog” va “FsImage” fayllariga tegishli “NameNode”
fuknsiyasini bajaradigan server. Bunda bu fayllar ma’lumotlar asosiy serverda
saqlanadi.
“HDFS” dagi ma’lumotlar “DataNode” da saqlanadigan bloklar ko‘rinishida
saqlanadi va “NameNode” orqali boshqariladi.
“HDFS” da bloklarning standart hajmi – 64 Mb yoki 128 Mb. Bunday hajmni
belgilanishining asosiy mohiyati ma’lumotlarni uzatishga qaraganda ma’lumotlar
qidiruvi vaqtini kamaytirishdan iborat. Bunda ma’lumotlarni replikasiya (nushalash)
qilish jarayoni amalga oshiriladi.
1.3-rasm. HDFS da ma’lumotlarni saqlash sxemasi
Ma’lumotlarni o‘qishda mijoz unga yaqin replikaga ega “DataNode” tanlaydi.
HDFS ga ma’lumotlarni yozishda yuqori o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga erishish
imkoniyatini beruvchi yondashuvdan foydalaniladi.
Ilova protokol rejimida yozuv olib boradi, bunda “HDFS-mijoz” vaqtinchalik lokal
faylda yoziladigan ma’lumotlar keshlanadi. Faylda bitta blokka ma’lumotlar to‘plansa,
yangi qayd etuvchi, blok ajratuvchi va blok replikalarini saqlash uchun “DataNode”
ro‘yhatini mijozga qaytaruvchi “NameNode”ga mijoz murojaat etadi.
Mijoz vaqtinchalik fayldan birinchi bo‘lib ro‘yhatdan “DataNode” blok
ma’lumotlari uzatishni boshlidi. “DataNode” ma’lumotlarni diskda saqlaydi va
“DataNode”ga qayta yuboradi.
Shunday qilib, ma’lumotlar koveyer rejimida uzatiladi va talab etilgan miqdordagi
serverlarga nushalanadi. Yozuvni yakunida mijoz fayl yaratilishining tranzaksiyasini
aniqlovchi “NameNode”ni xabardor qiladi, so‘ngra u tizimda foydalanish huquqiga ega
bo‘ladi.
|
|
|