O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
2-
SON
,
2-
QISM
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.11.2021
110
AMIR TEMURNING DAVLAT BOSHQARUVIDAGI TAMOYILLARI,
USLUBLARI VA SIYOSATI
Bozar
ov Nuralibek Saidmurod o‟g‟li
Raxmonq
ulov Ma‟murjon G‟ofurjon o‟g‟li
Tojiboyev Jaloliddin Murodullayevich
Denov tadbirkorlik va pedagogika Instituti
Anotatsiya:
Ushbu maqolada o‘rta asrlardagi temuriylar davri
siyosati,davlat lavozimlari va amaldorlarning qanday hislatga ega bo‘lishi
haqida so‘z yuritiladi. Shu bilan birga harbiy sohadagi boshqaruv tamoyillariga
e'tibor berilishi va davlat boshqaruvida adolat tamoyilariga e'tibor qaratilishi
haqida so‘z yuritiladi va tahlil qilinadi.
Kalit so‟zlar:
Temur tuzuklari, saltanatni boshqarishning o‘n ikki tamoili,
vazir tutish tuzugi, harbiy lashkar tutish tuzugi, ,,Kuch adolatdadir‘‘
Nizomulmulk ,, Siyosatnoma‘‘
O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqiligini qo‘lga kirigandan so‘ng o‘z
tarixini, o‘tmishini o‘rganishga bel bog‘ladi. SSSR davrida tariximizga qilingan
mafkuraviy hujum xolisona o‘rganila boshlandi. Ana shunday tarixiy
voqealardan biri o‘rta asrlardagi O‘zbekiston hududidagi fan va madaniyat
gullab
yashnagan, markazlashgan davlat temuriylar davlati tarixidir. Bizga
ma‘lumki SSSR davrida xalqimiz ongiga qattiq zarba berish maqsadida Amir
Temur
siymosi ,,bosqinchi‘‘ sifatida talqin qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi
o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan so‘ng bu kabi qarashlar xato ekanligi biz
yoshlarga ma‘lum. Buning isboti sifatida Temuriylar davri yodgorliklari, fan va
madaniyatining qanchalik gullab-yashnagani hamda uning ,,Temur tuzuklari‖
kitobida keltirilgan davlat boshqaruvini ko‘rishimiz mumkin.
Amir Temur va Temuriylar davri madaniyati o‘zining salohiyati,
mazmuni, tarbiyaviy kuch va ta‘siri bilan alohida o‘rin tutadi.
Birinchi
Prezidentimiz Islom Karimov aytganidek ,, Bizning tariximizda Amir
Temurdek ulug‘ siymo bor
ekan uning qoldirgan merosi, pandu o‘gitlari
bugungi hayotimizga hamohang ekan oldimizda turgan muammolarni
yechishda bizga qo‘l kelayotgan, bizning bu merosni o‘rgamasdan,
ta‘riflamasdan, targ‘ibot qilmasdan haqqimiz yo‘q‘‘.[1]
Amir Temur va Temuriylar davri darhaqiqat ko‘plab
olimlar tomonidan
o‘rganilib kelinmoqda va bu izlanishlar natijasida Amir Temur davlati
naqadar buyukligi o‘z isbotini topmoqda bu davlatning bu qadar
buyukligining o‘ziga xos sabablari mavjud. Ya‘ni
Amir Temur davlat
boshqaruviga alohida e'tibor qaratadi. Har bir davlat amaldorining adolat
tamoyillariga amal qilishi kuchli nazorat ostiga olinadi. Buning isboti sifatida
shuni aytishimiz mumkinki Amir Temurning o‘z uzugida ,, Kuch adolatdadir‘‘
degan so‘zlari yaqqol namoyon bo'la oladi. Amir Temur davlat boshqaruvida