O'zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi



Yüklə 413,04 Kb.
tarix22.06.2023
ölçüsü413,04 Kb.
#118499
O\'ZBEKISTONDA IJTIMOIY PEDAGOGIKANING RIVOJLANISH TARIXI


O'ZBEKISTONDA IJTIMOIY PEDAGOGIKANING RIVOJLANISH TARIXI
Ijtimoiy pedagogika fan sifatida respublikamiz mustaqillikni qo’lga kiritgandan so’ng o’qitila boshlagan bo’lsa-da, ijtimoiy tarbiya, ijtimoiy faoliyat- ijtimoiy ximoya ko’rinishida qadimiy ildizlarga ega. Ilk diniy-falsafiy (Avesto) va adabiy (Alpomish, Go’ro’g’li) manbalarda biz insonning ijtimoiy kelib chiqishi nuqtai nazaridan pedagogik qarashlarning aks etishini ko’ramiz. Keyinchalik VI-VII asrlarda Markaziy Osiyo hududida islom dinining tarqalishi yangi ma’naviy, axloqiy qadriyatlarni olib keldi va ular mintaqada oila va jamiyat tarbiyasi tizimiga ta’sir ko’rsatdi. Markaziy Osiyoning arab halifaligi tarkibiga kirishi madaniy almashuv, fikr va qarashlarning erkin kurashi, o’zaro munosabatlarning shakllanishiga olib keldi. Moddiy barqarorlik va ishlab chiqarish hamda savdo rivoji ehtiyojlariga asoslangan yangi ijtimoiy-iqtisodiy holat ma’naviy va madaniy hayotning yuksalishiga, dunyoviy ilm va fanlarning gullab-yashnashiga, fors, arab, qadimgi yunon madaniyati yutuqlarini o’zlashtirishga yordam berdi.
“Avesto” va jamiyatning ijtimoiy hayoti Eramizdan oldingi minginchi yillarning o`talarida eng qadimgi ajdodlarimiz tomonidan qahramonlik mazmunidagi juda ko`p afsonalar, rivoyatlar aytilgan bo`lib, ular zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»ga kiritilgan.
Ma'lumotlarga ko`ra, «Avesto» eramizdan avvalgi VII asrning oxiri va VI asrning boshlarida yaratilgan bqlib, to`liq kitob holida eramizdan avvalgi I asrda shakllangan.
«Avesto»ni qadimgi davrlarda ajdodlarimizning tabiiy, ilmiy, ma'rifiy fikrlari to`plangan dastlabki pedagogik asar deb hisoblash mumkin. Shuningdek, tadqiqotchilar uning diniy xarakterdaligini ta'kidlash bilan birga falsafa, siyosat, ta'lim-tarbiya adabiyot masalalarini ham qamrab olgan asar sifatida ta'riflaydilar.
Manbalarda «Avesto»ning kitob holidagi matni eramizdan oldin, 12 ming oshlangan mol terisiga oltin har flar bilan bitilgani keltiriladi. Zardushtiylik ta'limoti aks etgan Zardushtning «Avesto» kitobi bizgacha 2-nusxada yetib kelgan.
Birinchisi - duolar tuplamidan iborat bo`lib, «Vendidat- sede», ya'ni «Pok Vendidat» deb ataladi . Bu kitobga «Yasna»lar, «Vispered» ham kiritilib, yaxlit tarzda shakllangan.
Ikkinchisiga birinchisidagi kabi «Vendidat», «Yasna», «Vispered»lar qatori ularning izohli tarjimasi «Zand» (sharx ma'nosida) kiritilgan. Shuning uchun ham sharxli nusxasi «Avesta va Zend» yoki «Zend Avesta» deb yuritiladi.
Zardushtiylikda yaxshilik va yomonlik tushunchalari orqali butun yaxshilik va yomonlik dunyosi tushuniladi. Taqvodor chorvador odil, oqil va hurmatga sazovor bo`lsa, katta podaga ega bo`ladi.
Chorvadorlar nazdida ko`chmanchilar dushman sanaladi. Chunki ular odamlarni talaydi, molini haydab ketadi. Bular axloqsiz maxluqlarga o`xshatiladi, ular azob-uqubatga loyiq, chunki ser hosil yaylovlarni yakson etadilar, yaxshilik homiylariga hujum qiladilar. Demak, bulardan kqrinib turibdiki, shaxsning axloqiy xislatlari birinchi o`ringa qo`yiladi. Zardushtning asosiy yo`riqlaridan biri ham Axuramazdaning ko`makchisi sifatida inson saxovatli bqlishi kerak, degan aqidadir. Garchi zardushtiylikda diniy rasm-rusmlarga rioya etish, Zardushtning barcha axloqiy yo`l-yo`riqlarini bajarish har bir kishining muqaddas burchi deb qaralsa ham, ayni paytda dunyoviy ishlar ham targ`ib etiladi.
«Avesto»ning katta qismi bo`lgan «Yasna»larda inson kamolini ko`rsatuvchi axloq-odob mezoni ana shu uchlikda xumata (gumata)-yaxshi fikr, xukta (gukta)-yaxshi so`z va Xvarsha (Gvarshta)- yaxshi ishlarda ifodalanadi. «Men yaxshi fikr, yaxshi sqz, yaxshi ishga shon-shavkat baxsh etaman. Men yaxshilikdan iborat Mazda qonuniga shon-shavkat baxsh etaman» Zardusht ta'limotida 15 yosh balog`at yoshi sanalgan. Usmir balog`at yoshiga yetganda Zardusht qonunlari, axloqiy yo`riqlari o`rgatilgan. Usmirlarning xudojo`y, mehnatkash, adolatli, uy-niyatlari, so`zlari, ishlarida halollikka alohida e'tibor berilgan.
Zardushtiylikning axloqiy yo`riqlariga binoan insonning o`z burchini xis etishining eng birinchi belgisi ma'naviy poklik hisoblangan.
Bunda ayniqsa, ayollarga, jumladan homilador ayollarga g`amxo`rlik qilish asosiy insoniy burch hisoblangan. Tozalikka rioya qilish - insonning o`z tozaligiga rioya qilishi, kanallar, ko`llar, suv havzalarining tozaligiga alohida e'tibor berilgan.
Yüklə 413,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə