O'zbekistonda sanatni yuqori bosqichga ko'tarilishi va ilk chiqishlari reja: 1


Kushonlar davri madaniyati va san’ati tarixi



Yüklə 177,68 Kb.
səhifə2/7
tarix27.12.2023
ölçüsü177,68 Kb.
#163789
1   2   3   4   5   6   7
O\'ZBEKISTONDA SANATNI YUQORI BOSQICHGA KO\'TARILISHI VA ILK CHIQISHLARI

Kushonlar davri madaniyati va san’ati tarixi.
Mil. avv I-asrga kelib, yuechje uyushmasidan 5 ta xokimlikdan Tuyshuan (nushon) xokimligi kuchayib, kolgan 4 ta xokimlikni birlashtirib kushon davlatiga asos soladi.
Kiotszyukyu (kujula kadfiz) hamma mulklarni birlashtirib, kabul va Kandaxorni bosib olib, melodiy 1- asr boshlarida Xitoy, Barfi, Rim davlatlari bilan rakobatlasha oladigan qadimgi dunyoning eng qudratli davlatlari tashqil topadi. Kujula Kadfiz yobgu darajasidan, shoxlar-shoxi darajasiga ko‘taradi. Tojikistondan topilgan tangalarda yozilishicha, shoxlar-shoxi buyuk xaloskor degan suz yozilgan tangalar topilgan.
Umuman kushonlar davri markaziy osiyo davlatini moddiy va ma’naviy madaniyatida katta o‘zgarishlar qildi. Kushonlar davrida 22 xarfli kushon yozuvi bo‘lgan va kanishka davrida paydo bo‘lgan.
Kushonlar davrida sugorma dehqonchilik rivojlandi, sugorish davlatlari va inshootlar kurildi. Ayniksa, amudaryoning chap va ung kirgoklarida Gavxar, Xiykanak (Palvan yop), Vadak, Buva anxori, kuyi zarafshonni chap soxilidagi shoxrud katta anxori, Zarafshon daryosi uzanidan Zandaniy anxori chikarildi. 1996 yilda Ravot Xuja va Varagsarda arxeologik qazilmalarning natijasi Zarafshondan suv oladigan Dorgon anxori Kushonlar davrida kazilganligini aniqlandi. Samarqand shahri esa bu davrda kengayib gullab-yashnaganligi aniqlandi.
Bundan tashqari eramizning 1-asrida Kushonlar davrida Chirchik daryosidan suv oladigan Salar anxori (Buz suv), Toshkent voxasida qadimiy sugarish shaxobchasi bo‘lganligini ko‘rsatad. Toshkent temir yul vagzali yaqinidagi Ming urik, Kurgontepa, Niyozbosh tepa yodgorliklari Toshkentni yoshini aniqlashga xam yordam berdi. Kanishka davrida Fargonani kengayganligi xam Sirdaryodan suv oluvchi katta anxorlar yukligidan togdan okib keladigan Isfora, Sug, Margilon, Isfayran kabi soylardan foydalanganlar. Sug inshoati Kushonlar davrida (1- asrda) qurilganligi, suv taxsimotini kuzatadigan Sarqo‘rg‘on qo‘rg‘oni qurilgan.
Kushonlar davri san’at yodgorliklari dastlab, Hindistonni shimoliy garbidan " Kandaxor haykalchilik makta bi" deb nomlangan yodgorliklar topildi. Yana Xadda va Shotorana (Afgoniston), Butkara (Pokiston)dan yuzlab Kushonlar davriga oid haykalchalar topilgan. 30- yillarda ochiliy va yillargacha davom etgan arxeologik qazilmalar natijasida Kushan davri yodgorliklari termiz yaqinidagi Qora tepa, Hayoz tepa, Holchayon, Dalgarzin, Ayritom yodgorliklari topildi. Ayritomdan uyning peshtokiga ishlangan tosh tasvirlar (Sharafa), peshtoklarda turlarga burkalgan, musiqa asbobi chalib turgan kichlar va dumbira chalib turgan bolalarni tasviri tushirilgan. Bino ichida gishtdan ishlangan Budda haykali siniklari topilgan. Ayritom haykali misolida Hindiston, yunoniston va O‘rta Osiyo madaniyatlarini va ular urtasida, savdo-sotik munosabatlarini rivojlanganligini ko‘rish mumkin.
Surxandaryoning Denov nokiyasidan Xolchayon yodgorligi topilgan. Aniqlanishga mil.avv 1 ming yillik urtalarida yirik shahar vujudga kelib, Kushonlar davrida rivojlangan. Yodgorlik ichidan birinchi asrga oid saroy topilgan saroy devonlari rasmlar bilan nakishlargan. Saroydan topilgan haykallarni kattasi 2- metr bo‘lgan. Termizdan Dalvarzin yodgorligi topilib, umum mudofaa devori bilan uralgan shahar bo‘lgan. Hatto Kushon davlatining dastlabki paytaxti bo‘lgan. Dalvarzindan 1972 yilgi qazilmalar natijasida ogirligi 30 kg dan ortik tilla buyumlar xazinasi topilgan. Xazinada hammasi bo‘lib 115 ta bilakuzuk, xalqalar, oltin kuymalar topilgan.
Bundan tashqari Dalvarzindan qabr topilib 3-xildagi dafn borligi aniqlandi va zardushtiylik dunyosiga xosligi aniqlandi. Kushon davri ma’daniyati namunalari xorazm hududidar Tuprokqal’adan topildi. Bu yerdan devoriy suratlar, haykallar bilan bezatilgan zallar va boy xonadonlar topilgan.
So‘g‘diyonadan Kushon davriga oid sapolchilik badiiy madaniyati namunalari, idishlar va haykalchalar topildi.

Yüklə 177,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə