O'zbekistonda sement sanqati O’zbekiston respublikasi


To'yinish koeffitsiyenti (TK)



Yüklə 208,47 Kb.
səhifə23/36
tarix11.12.2023
ölçüsü208,47 Kb.
#146778
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   36
O\'zbekistonda sement sanqati-hozir.org

To'yinish koeffitsiyenti (TK). Olimlardan V.A.Kind va V.N.Yunglar tomonidan aniqlangan to'yinish koeffitsiyenti portlandsement klinker mineralogik
tarkibining eng muhim tavsifidir. Klinker minerallar orasida uch kalsiy silikat eng muhim mineral hisoblanadi, portlandsement xossalari ko'p jihatdan ana shu silikatning foiz miqdoriga bog`liq. Shu bilan birga, klinker tarkibidan uch kalsiy silikat olish texnologik jihatdan juda murakkab. Qolgan uch tur silikat osongina hosil bo`ladi.
Shu narsa ma`lumki, ohak keragidan ko'p boisa, C2S, C3A va C4AF ning hosil boiish jarayoni (shuningdek, CaO bilan SO2 o'zaro ta'sir etishi tufayli CaSO4 ning ham) uch kalsiy silikat faqat ancha yuqori (1300°C dan ko'p) haroratda va kuydirilayotgan aralashmada suyuq faza boigandagina ikki kalsiy silikatning ohak bilan to'yinishi hisobiga hosil bo`ladi.
Shunday qilib, portlandsement klinker ishlab chiqarishda 2CaOSiO2 ni 3CaOSiO2 ga aylantirish va klinkerda kerakli miqdorda 3CaOSiO2 hosil qilish kerak. Ammo klinkerda erkin ohak qolmasligi kerak, ya'ni CaO dan C3S, C3A va C4AF hosil qilish uchun ular kerakli miqdorda boiishi lozim. Bu vazifa qanchalik aniq bajarilayotgani to'yinish koeffitsiyentining (TK) qiymati orqali aniqlanadi.
Unda yutilgan (alyuminiy oksidning uch kalsiy alyuminatga, temir oksidning bir kalsiy ferritga va sulfat kislota angidridining kalsiy sulfatga aylanguncha to'yinishidan ortgan ohak) ohak miqdorining qumtuproq uch kalsiy silikatgacha ohakka to'yinishi uchun zarur bo`lgan ohak miqdoriga nisbati beriladi.
Klinker minerallari tarkibiga kiruvchi oksidlarning molekulyar og'irliklariga qarab qumtuproq 2CaOSiO2 gacha, gil-tuproq 3CaOAl2O3 gacha, temir oksid CaOFe2O3 gacha va sulfat kislota angidridi CaSO4 gacha to'la to'yinishi uchun talab qilinadigan CaO miqdorini hisoblash mumkin (CaSO4 ikkita, ya'ni CaO va SO3 oksidlaridan iborat deb olinadi).
Uch kalsiy silikatda kalsiy oksidning og'irligi bo'yicha kremniy
oksidga nisbati ga teng. Demak, 3CaO • SiO2 hosil bo'layotganda SiO2 ning har bir og'irlik qismi 2,8 og'irlik qism CaO ni yutadi.
Xuddi shunday yo'l bilan A12O3 ning bir og'irlik qismi (3CaO • A12O3 hosil
bo'Iayotganda) 1,65 og'irlik qism CaO ni bir og'irlik qism Fe2O3 esa (CaO Fe2O3 hosil bo'layotganda) 0,35 og'irlik qism CaO ni

bir og'irlik qism SO3 (CaSO4 hosil bo'layotganda) 0,7


og'irlik qismni yutishini aniqlash mumkin.

Klinker minerallaridagi ohak va kislota oksidlarining og'irlik nisbatlari ma'lum bo'lsa, qancha CaO kerakligini kislota oksidlari orqali ifodalash mumkin. C2S1 hosil bo'lishi uchun 2,8 SiO2 va C3A ga 1,65 A12O3; CF ga 0,35 Fe203 va CaSO4 ga 0,7 SO3 talab qilinadi. Bu ma'lumotlardan foydalanib, to'yinish koeffitsiyenti formulasini quyidagicha yozish mumkin:


Bu formula suratdagi A12O3, Fe2O3 va SO3 lar C3A; CF va CaSO4 gacha to'yingandan keyin qolgan ohak miqdorini, maxraji esa qumtuproqning C3S gacha to'yinishi uchun zarur bo'lgan ohak miqdorini ifodalaydi. Surat bilan maxraj teng bo'lsa, to'yinish koeffitsiyenti 1 bo'ladi. Bunday klinker tarkibida ikki kalsiy silikat bo'lmaydi. Qumtuproqning C3S gacha toia to'yinishini qiyinlashtiradigan bir qator texnoiogik omillar tufayli qiymati 1 ga teng bo'lgan to'yinish koeffitsiyentiga erishish amalda juda qiyin. Shuning uchun to'yinish koeffitsiyenti odatda 1 dan kichik bo'ladi. Oddiy portlandsement uchun TK=0,80-0,95. Demak, bunday portlandsement tarkibida C3S dan tashqari ikki kalsiy silikat ham bor. To'yinish koeffitsiyenti qanchalik kichik bo'lsa, klinkerda C2S shuncha ko'p, C3S esa kam bo'ladi.
Shunday qilib, to'yinish koeffitsiyenti va ikki modul qiy-matlariga qarab portlandsement klinkerining sifati haqida fikr yuritish mum kin.

Yüklə 208,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə