O'zbekistonda sement sanqati O’zbekiston respublikasi


Romansementning qotishi, xossalari va ishlatilishi



Yüklə 208,47 Kb.
səhifə16/36
tarix11.12.2023
ölçüsü208,47 Kb.
#146778
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36
O\'zbekistonda sement sanqati-hozir.org

Romansementning qotishi, xossalari va ishlatilishi. Gidravlik ohak tarkibidagi gidravlik komponentlar qotayotganda qanday jarayonlar ro'y bersa, romansement qotayotganda ham ana shunday jarayonlar sodir bo'ladi. Romansement kukuni suv bilan qorilganda kalsiy silikatlari, alyuminatlari va ferritlari gidratlanadi va kalsiy gidrosilikatlar, gidroalyuminatlar va gidroferritlar hosil qiladi. Gidratlar juda ham mayda kolloid zarrachalar ko'rinishida ajralib chiqadi va yopishqoq, yoyiluvchan massa hosil qiladi. Ular sement zarralari orasidagi ishqalanishni kamaytiradi va shu bilan sement xamirini plastik qiladi. Ma'lum vaqtdan keyin xamir mustahkamlana boshlaydi, quyuqlashadi, tishlashish jarayoni rivojlanadi. Sement xamiri erkin suvni yo'qotishi bilan koagulyatsiyalanishi (zichlashishi) tufayli mustahkamlanadi.
Sement xamiri yanada zichlashganidan keyin butunlay noplastik bo'lib qoladi va berilgan shaklni saqlaydigan qattiq jismga aylanadi. Biroq hali unchalik mustahkam bo'lmaydi (sement xamirning bunday holatiga tishlashishning oxiri deyiladi). Kolloid massalar yanada mustahkamlanishi va qisman kristallanishi natijasida sementtosh metindek mustahkam bo'lib qoladi.
Gidravlik qo'shilmalar va gips bo'lsa, qo'shimcha jarayonlar paydo bo'ladi. Gips portlandsementda qanday rol o'ynasa, bu yerda ham ana shunday rol o'ynaydi, ya'ni u tishlashish jarayonini sekinlashtiruvchilik vazifasini o'taydi. Gips sementning asosiy komponenti, ya'ni nisbatan oson eriydigan kalsiy alyuminatlari bilan o'zaro ta'sir etishadi va ularni qiyin eriydigan moddalarga aylantiradi, natijada tishlashish jarayoni sekinlashadi.
Gipsdan qancha qo'shish kerakligi romansement tarkibidagi alyuminatlar miqdorigabog'liq: odatda 5% dan oshmaydi. Ba'zan sement mustahkamligini oshirish maqsadida gipsdan ko'proq qo'shiladi. Qancha qo'shish kerakligi laboratoriyalarda o'tkazilgan sinovlarga asoslanib belgilanishi kerak.
Gidravlik qo'shilmalarga kelganda, romansementda ma'lum miqdorda erkin ohak boigani yoki ana shu erkin ohak u qotayotgan vaqtida oz miqdorda ajralib chiqadigan hollarda gidravlik qo'shilmalarning ohak qotishidagi roli namoyon bo'la boshlaydi. Gidravlik qo'shilmaning qum tuprog'i (SiO2) suvda ohak bilan o'zaro ta'sir etishadi va kalsiy gidrosilikatlari (2CaO • SiO2 • nH2O) ni hosil qiladi.
Romansementning mustahkamligi. Romansement sekin qotadigan, mustahkamligi nisbatan past (28 kunlik) markali bog'lovchi modda hisoblanadi. Bu lining tarkibidan ma'lum: asosan sekin qotadigan mineral-ikki kalsiy silikatdan iborat (ammo uzoq saqlagan ikki kalsiy silikat ancha mustahkam bo'lishi mumkin). Romansement avvaliga juda sekin qotishi sababli undan tayyorlangan betonlarni qotishning dastlabki 5 - 7 sutkasida bevosita suv ta'siriga uchratib bo'lmaydi.
Biroq quruq havo ham, qotish ham uning mustahkamligiga yomon ta'sir qiladi: suv haddan tashqari ko'p bug'lansa, gidratatsiya jarayonlari sekinlashadi yoki butunlay to'xtaydi. Romansementning dastlabki davrda (7 kungacha) qotishi uchun eng qulay sharoit nam havo sharoitidir.
Romansementning qotishi va uning mustahkamlanishiga atrofdagi muhit
harorati ham ta'sir ko'rsatadi. Haroratning oshishi juda yaxshi, pasayishi esa salbiy rol o'ynaydi. 5 - 10°C haroratda romansement qotishdan butunlay to'xtaydi.
Romansement 1:3 tarkibli qattiq qorishmadan ishlangan va 28 kunligida siqilishdagi mustahkamlik chegarasiga qarab (standartga ko'ra) uch, ya'ni 25, 50 va 100-inarkalarga bo'linadi. 7 kunlik namunalarning siqilishdagi va cho'zilishdagi mustahkamlik chegarasi quyidagicha bo'lishi kerak,

5-jadval.
Romansementning mexanik mustahkamligi.


Sement markasi


Mustahkamlik chegarasi, MPa


Siqilishda


Cho'zihshda


25

1,0

0,3

50

2,5

0,5

100

5,0

0,8





Yüklə 208,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə