O‘zbekistonning eng yangi tarixi



Yüklə 77,85 Kb.
səhifə4/7
tarix07.06.2023
ölçüsü77,85 Kb.
#115852
1   2   3   4   5   6   7
O\'zb tarix

1-tamoyil - davlat suvereniteti haqida.2-Konstitutsiyaviy tamoyil - xalq hokimiyatchiligi haqida 3-Konstitutsiyaviy tamoyil - davlat hokimiyatining mustaqil 3 tarmoqqa bo’linishi haqida bo’lib, ular: 1) qonun chiqaruvchi hokimiyat - Oliy Majlis 2) ijro etuvchi hokimiyat - Prezident rahbarligida Vazirlar Mahkamasi 3) sud hokimiyat4-Konstitutsiyaviy tamoyil - demokratiyaga sodiqlik bo’lib, demokratiya va ijtimoiy adolat, insonparvar demokratik-huquqiy davlat barpo etish haqida5- Konstitutsiyaviy tamoyil - Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi haqida6-Konstitutsiyaviy tamoyil – fuqarolar huquqi va majburiyatlari haqida 7-Konstitutsiyaviy tamoyil – qonuniylik 8-Konstitutsiyaviy tamoyil - O’zbekiston tashqi siyosatining qoidalari belgilab qo’yilgan9-Konstitutsiyaviy tamoyil – mahalliy o’zini o’zi boshqarish 10-Konstitutsiyaviy tamoyil - odil sudlov. Konstitutsiyaviy tizimning printsiplari quyidagilardan iborat: I) Davlat hokimiyatini tashkil qilish asoslarining printsiplari. II) Ijtimoiy hokimiyatni tashkil qilish asoslarining printsiplari. III) Fuqarolik jamiyati turmushini tashkil qilish asoslarining printsiplari. I. Davlat hokimiyatini tashkil qilish asoslarining printsiplari: 1) Xalq hokimiyatchiligi. 2) Huquqning ustunligi. 3) Hokimiyat vakolatlarining bo’linishi. 4) Davlvt suvereniteti. 5) Jahon hamjamiyatiga uning bir a’zosi sifatida kirish.II. Ijtimoiy hokimiyatni tashkil qilish asoslarining printsiplari: 1) Inson huquqlari va erkinliklarini oliy qadriyat sifatida tan olish. 2) Davlatning asosiy vazifasi – inson va fuqaro huquqlari va erkinliklarini himoya qilish hamda ularga rioya etish.III. Fuqarolik jamiyati turmushini tashkil qilish asoslarining printsiplari: 1) Mafkuraviy va siyosiy ko’pfikrlik (plyuralizm). 2) Davlatning dunyoviy xususiyati. 3) Iqtisodiy faoliyat erkinligi. 4) Mulk shakllarining xilma-xilligi va teng huquqliligi. 5) Siyosatning ijtimoiy yo’nalganligi. Davlat gerbi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi 616-XII-sonli «O`zbekistonRespublikasiDavlatgerbito`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan. Davlat bayrog`i O`zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrdagi 407-XII-sonli «O`zbekistonRespublikasiningDavlatbayrog`ito`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan`zbekiston .Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.


5mavzu.O’zbekistondademokratikfuqarolikjamiyatiasoslariningshakllanishi, amalgaoshirilgansiyosiyislohotlar.1.Milliy davlat boshqaruv tizimi. Mustaqil O’zbekistonda hokimiyatlar bo’linishi prinsipi. Jahon davlatchilik va demokratik taraqqiyoti tajribasidan ma’lumki, huquqiy davlat qurishni maqsad qilib qo‘ygan har bir jamiyatda davlat hokimiyatini tashkil etish hokimiyatlar bo‘linishi nazariyasiga asoslanishi kerak. Chunki bunday prinsip yuz berishi mumkin bo‘lgan suiste’mollikni oldini olishning ishonchli vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurayotgan O‘zbekiston ham o‘z davlat organlari idoralari tizimini hokimiyatlar bo‘linishi asosida tashkil etgan.Huquqiy davlatning muhim tamoyillaridan bo‘lgan hokimiyatlar bo‘linishi nazariyasi O‘zbekiston Konstitutsiyasining 11 moddasida “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi – hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linish prinsiplariga asoslanadi”, deb mustahkamlab qo‘yilgan. Hokimiyatlarga bo‘linish prinsipining amalga oshirilishida “bir-birini tiyib turish va o‘zaro muvozanatda ushlash” tizimining samarali ishlashi juda muhim bo‘lib, bu tizimning xuquqiy asoslari Asosiy Qonunda mustahkamlangan. Unda hokimiyatning har bir tarmog‘i vakolatiga kiruvchi masalalar doirasi aniq chegaralanib, ko‘rsatib berilgan. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni – Oliy majlis, ijro etuvchi hokimiyatni – Vazirlar mahkamasi, sud hokimiyatini – sudlar amalga oshiradi.Ta’kidlash lozimki, ilmiy doiralar va kundalik hayotda ommaviy axborot vositalari haqida ba’zan mustaqil to‘rtinchi hokimiyat tarmog‘i sifatida fikr yuritiladi. Ammo, ommaviy axborot vositalarini bunday ifoda etish qandaydir rasmiy hokimiyatni bildirmaydi. SHunga qaramasdan, ommaviy axborot vositalari jamoatchilik fikrini shakllantirishda o‘ta muhim rol o‘ynaydi va ulkan ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasidagi davlat idoralari davlat hokimiyatini amalga oshirishning yagona tizimini tashkil etadi. O‘zbekiston fuqarolari davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqini amalga oshirar ekan, saylovlar va o‘z vakillari orqali davlat organlarini shakllantirishga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Konstitutsiyaga muvofiq (99 modda), “Viloyatlar, tumanlar va shaharlar(tumanga bo‘ysunuvchi shaharlar, shuningdek, shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo‘lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab o‘z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar”.2.O’zbekistonda ko’ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati. Siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar. O’zbekistondagi parlament tizimi va undagi islohotlar. Huquq tartibot organlari va sud tizimidagi o’zgarishlar. Siyosiy partiyalarni tuzishva ularning faoliyatko’rsatish prinsiplari1 ixtiyoriylik2 a’zolarning teng huquqliligi3 o’zini-o’zi boshqarish4 qonuniylik5 oshkoralik. O’zbekistonda 5 ta siyosiy partiya faoliyat yuritmoqda.1. O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi 1991 yil 1 noyabrda Toshkentda bo’lib o’tgan ta’sis quriltoyida tashkil topgan. Ushbu quriltoyda uning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. O’zbekiston XDPsining "O’zbekiston ovozi", "Golos Uzbekistana" gazetalari va "Muloqot" jurnali nashr etilmoqda. 2021 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, partiya a‘zolarining umumiy soni 520 ming kishidan ziyodni tashkil etadi. Partiya a‘zolarining 49 foizi ayollar, 51 foizga yaqini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardir. Partiya ko‘p millatli tarkibga ega va 47 millat va elat vakillarini birlashtiradi. Partiya tuzilishiga ko‘ra, 1 ta markaziy, 14 ta hududiy – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 12 ta viloyat va Toshkent shahar hamda 22 shahar va 179 tuman tashkilotlari, shuningdek, partiya a‘zolarini ish joyi va yashash joyi bo‘yicha birlashtirgan 10 mingdan ziyod boshlang‘ich tashkilotlari mavjud.2. 1995 yil 18 fevralda O’zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi (SDP) tuzildi. Partiyaning Toshkentda bo’lgan I - ta’sis Qurultoyida uning Dasturi va Nizomiqabul qilindi."Adolat" sotsial-demokratik partiyasining "Adolat" nomli ijtimoiy- siyosiy haftalikgazetasi nashr etilmoqda. Partiyaning g‘oyaviy negizini sotsial-demokratiyaning 3 asosiy prinsipi: siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy adolat tashkil etadi. Qonun ustuvorligini ta’minlovchi adolatli ijtimoiy munosabatlar o‘rnatilgandagina odil jamiyat qurish mumkin bo‘ladi. Partiya shu yo‘nalishdagi ishlarni bajarishni o‘zining asosiy vazifasi deb hisoblaydi. U o‘rtahol va kam ta’minlangan aholi tabaqalariga tayanadi hamda ularning siyosiy, ijtimoiy idorasini namoyon etishga intiladi. Partiyaning oliy organi qurultoy, 5 yilda bir marta chaqiriladi.
Yüklə 77,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə