O‘zbekistonning eng yangi tarixi



Yüklə 77,85 Kb.
səhifə3/7
tarix07.06.2023
ölçüsü77,85 Kb.
#115852
1   2   3   4   5   6   7
O\'zb tarix

Birinchidan, dengiz sathining pasayishi va u bilan bog‘liq holda 3 mln. gektardan ortiq erlarning sahrolarga aylanishi bu hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy, sanitariya-gigiena va tibbiy-biologik holatlarning yomonlashuviga bilan birga, ekologik nuqtai nazardan atrof-muhitning ifloslanishi va iqlimning o‘zgarishiga ham sabab bo‘ldi. Ikkinchidan, suvning ko‘p miqdorda sarflanishi, suvdan foydalanishning va erlarni o‘zlashtirishning ilmiy jihatdan asoslanmaganligi, qishloq xo‘jaligining ekstensiv rivojlanishi kabi omillar uyg‘unlashgan holda ekin maydonlarining sho‘rlanishiga, juda katta ekin maydonlarining yaroqsiz holga kelishiga olib keldi va xalq xo‘jaligiga katta iqtisodiy talafot etkazdi.Uchinchidan, Orol dengizining 3 mln.gektardan ortiq qurigan o‘zani tuz ko‘tarilishining o‘chog‘iga aylandi. 1989 yilning may-iyun oylarida Farg‘ona vodiysida bo‘lib o‘tgan millatlararo mojarolar siyosiy vaziyatni yanada keskinlashtirdi. 1989 yil 24 may kuni Quvasoy shahrida mahalliy yoshlar bilan yosh mesxeti turklar o‘rtasida bezorilik to‘qnashuvi kelib chiqadi. To‘qnashuvda mesxeti turklardan 150 kishi va mahalliy xalq vakillaridan 250-300 kishi qatnashgan. Bu to‘qnashuv tez orada Farg‘ona, Andijon, Namangan, Toshkent viloyatlari aholisi orasida ham tarqalib, yoshlarning ommaviy chiqishlariga, yana boshqa millatlararo ziddiyatlarning ro‘y berishiga olib keldi.Bu kabi chiqishlarni bartaraf etish uchun namoyishchilarga qarshi harbiy qismlar olib kelindi. 1989 yil 8 iyun kuni Qo‘qon shahrida asosan yoshlardan iborat bo‘lgan tinch namoyishchilar harbiy qism askarlari tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida 50 dan ortiq namoyishchi o‘ldirildi, 200 dan ortiqroq namoyishchi esa yarador bo‘ldi.
O‘zbekiston Kompartiyasi MQ tomonidan tuzilgan maxsus komissiya hisobotida ko‘rsatilishicha, iyun voqealarida 103 ta odam nobud bo‘lib, (bu ko‘rsatkich 112 taga etdi) shundan 52 tasi mesxeti turklari, 36 tasi o‘zbeklardan iborat bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay Farg‘onadagi kabi voqealar Andijon bilan chegaradosh O‘sh shahri o‘zbek aholisining boshiga tushdi. 1990 yilning iyun oyida Qirg‘izistonning O‘sh viloyatining O‘zgan va boshqa shaharlarida o‘zbek-qirg‘iz millatlararo urushi kelib chiqdi. Millatlararo to‘qnashuvlarda 30-35 ming aholi ishtirok etdi. Jinoiy ishga 300 ta odam tortildi. 1990 yil 24 martda XII chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining birinchi sessiyasi bo‘ldi. Unda O‘zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimini ta’sis etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Sessiya yakdillik bilan Islom Abdug‘anievich Karimovni O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Prezidenti etib saylash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi “Mustaqillik Deklaratsiyasi” mustaqillikka erishishida qo‘yilgan navbatdagi muhim qadamlaridan biri edi. O‘zbekiston rahbariyati va xalqining O‘zbekistonning mustaqillik sari dadil qadam qo‘yayotganligini 1991 yil 17 martda bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumi yakunlarida ham yaqqol ko‘rish mumkin. 3. I.Karimov – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti. Mustaqillik deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati. XX asrning 80-yillari oxirida respublika ijtimoiy hayotida jonlanish boshlandi. Odamlar xilma-xil fikrlar bildirish, dillaridagini oshkora ayta olish imkoniyatiga ega bo‘la boshladilar. O‘zbek xalqining dilidagi g‘oya — mustaqillik g‘oyasi edi, xalq mana shu g‘oyani ko‘tardi. Mustaqillik uchun harakatda yangi to‘lqin boshlandi. Ammo yurtimizda hukmron bo‘lgan Markazdan yuborilgan “kadrlar to‘dasi” ularning qosh-qovog‘iga qarab ish yuritadigan ayrim mahalliy ojiz rahbarlar bu g‘oyaga, uni amalga oshirishga to‘sqinlik qildilar. I.Karimov xalq xohish-irodasini bajarib, o‘zbek tiliga davlat maqomi berish ishga boshchilik qildi. 1989 yil 21 oktyabrda Respublika Oliy Kengashi O‘zbekistonnng Davlat tili haqida Qonun qabul qildi. 1990 yil 24 martda XII chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining birinchi sessiyasi bo‘ldi. Unda O‘zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimini ta’sis etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Sessiya yakdillik bilan Islom Abdug‘anievich Karimovni O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Prezidenti etib saylash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu erda alohida shuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonda Prezident lavozimining ta’sis etilishi respublikaning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligi uchun kurash borasida qo‘yilgan dadil qadamlardan dastlabkisi edi. 1990 yil 24 martda XII chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining birinchi sessiyasi bo‘ldi. Unda O‘zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimini ta’sis etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Sessiya yakdillik bilan Islom Abdug‘anievich Karimovni O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Prezidenti etib saylash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu erda alohida shuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonda Prezident lavozimining ta’sis etilishi respublikaning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligi uchun kurash borasida qo‘yilgan dadil qadamlardan dastlabkisi edi. XX asr 90-yillariga kelib jahon va sobiq Ittifoqdagi o‘zgarishlar, hamda yuzaga kelgan vaziyat o‘zbek xalqining mustaqillik uchun bo‘lgan kurashini tezlashtirib yubordi. Mana shunday jarayonda o‘zbek xalqiga munosib yo‘lboshchi zarur edi. Tarix taqozosi bilan elim deb yashovchi Islom Karimovdek jasoratli inson 1989 yil 23 iyunda O‘zbekistonga rahbarlikka keldi. O‘zbekistonning yangi hukumati Markaz bilan bo‘ladigan munosabatlarni o‘zgartirmay turib, ijobiy siljishlarga erishib bo‘lmasligini va buning uchun respublikaning to‘liq mustaqilligini ta’minlash zarurligini tushunib etdi. Uning tashabbusi bilan O‘zbekiston hukumati tomonidan 1989 yil 15 avgustda «kolxozchilar, sovxoz ishchilari, fuqarolar, shaxsiy tomorqa xo‘jaliklari va individual uy-joy qurilishini yanada rivojlantirish to‘g‘risida» maxsus qaror qabul qilindi. Garchi, bu g‘oya Ittifoq rahbarlariga yoqmagan bo‘lsa ham, I.A.Karimov o‘z fikridan qaytmay, uni jasorat bilan amalga oshira bordi. O‘zbekistonning mustaqilligi yo‘lidagi yana bir muhim qadam O‘zbekiston SSR Oliy Kengashning XII chaqiriq ikkinchi sessiyasida (1990 y. 20 iyun) qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi «Mustaqillik Deklaratsiyasi»dir. Ushbu Deklaratsiyani qabul qilishda respublika Oliy Soveti deputatlari jonbozlik ko‘rsatdilar. «Mustaqillik Deklaratsiyasi»da har bir millat o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, Deklaratsiya qoidasi bilan kafolotlanishi ta’kidlandi. Unda o‘zbek xalqining asrlar davomida qo‘lga kiritgan davlat qurilishi va madaniy taraqqiyot borasidagi boy tarixiy tajribasi va an’analari hisobga olindi. Deklaratsiya 12 moddadan iborat bo‘lib, uning 1-moddasida «O‘zbekiston SSR ning demokratik davlat mustaqilligi respublikaning o‘z hududida barcha tarkibiy qismlarini belgilashda tashqi munosabatlardagi tanho hokimligidir»,-deb, yozib qo‘yilgan. Sessiya qabul qilgan bu «Mustaqillik Deklaratsiyasi» xalqimiz tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi. SHu kundan boshlab respublikada O‘zbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi. Bunga misol tariqasida 1991 yil 22 iyulida O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi qarorida Prezident huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga Ittifoqqa bo‘ysunuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning O‘zbekiston SSR huquqiy tobeligiga o‘tishi tartibini belgilash vazifasi topshirildi1991 yil 14 fevralda O‘zbekiston Oliy Kengashining navbatdan tashqari to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada mamlakat Prezidenti I.Karimov nutq so‘zladi. Mazkur nutq matbuotda «Murakkab vaziyatda oqilona siyosat yuritaylik» degan sarlavhada chop etildi. Ushbu nutqida O‘zbekiston rahbari Ittifoq shartnomasiga o‘z munosabatini bildirib, O‘zbekistonning bu shartnomaga kirmasligini qayd etib o‘tdi. 1991 yil Navro‘z bayrami arafasida Prezident avf etish to‘g‘risidagi Farmonga imzo chekdi. Ushbu Farmon ham xalq tomonidan zo‘r quvonch bilan kutib olindi. Qolaversa, amnistiyaning o‘sha davrda faqat Ittifoq Prezidenti e’lon qilar edi.  5. 1991 yil avgust voqealari. GKCHP. Sovet davlatining tanazzulga yuz tutishi. 1991 yil 19 avgustga kelib, butun jahonni hayajonga solgan Moskvada davlat to‘ntarilishiga urinish bo‘ldi. To‘ntarish tarafdorlarining asl maqsadlari Ittifoqda yashovchi barcha xalqlarning mustaqillikka erishuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda mamlakatdagi parokandalikdan foydalanib qolish edi. . O‘sha vaqtda O‘zbekiston Prezidenti Hindiston safarida edi. Safardan qaytib 19 avgust kuni kechqurun Toshkent shahri faollari bilan uchrashib, qat’iy tarzda O‘zbekiston nuqtayi-nazarini ma’lum qildi. Respublika rahbariyati: «Markazdan, kim bo‘lishidan qat’iy nazar, Qonunga xilof ko‘rsatmalarni bajarish mumkin emas»,-deb hisobladi. 20 avgustda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlari ishtirokida qo‘shma majlisi bo‘ldi. Unda O‘zbekistonning mustaqillikka erishish yo‘li o‘zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi. Prezident I.A.Karimov respublika aholisiga murojaat bilan chiqdi va O‘zbekistonning o‘z mustaqilligiga erishish yo‘li qat’iy ekanligini ta’kidladi. 1991-yil 21-avgustda qo‘shma majlis o‘tkazib, unda «SSSR GKChP ning O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi va qonunlari hujjatlari O‘zbekiston hududida amal qilmaydi» degan qaror qabul qildi.1991-yil 25-avgust kuni esa O‘zbekiston SSR Prezidenti mamlakatimizning to‘la mustaqilligi yo‘lida tamal toshini qo‘ygan yana bir muhim farmonni e’lon qiladi.Farmonda jumladan, shunday deyiladi:«Mamlakatda vujudga kelgan ahvolni e’tiborga olib va respublikamanfaatlarini himoya qilish maqsadida Respublika Ichki ishlar vazirligi vaDavlat xavfsizligi komiteti O‘zbekiston SSRning qonuniy tasarrufiga olinsin.
Respublika hududid ajoylashgan SSSR Ichkiishlar vazirligining ichki qo‘shinlari bevosita O‘zbekiston SSR Prezidentiga bo‘ysundirilsin. XII chaqiriq O‘zbekiston SSROliyKengashiningnavbatdan tashqari VI sessiyasi 1991-yil 31-avgustda I.Karimov O‘zbekistonRespublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi va uni mastaqillik asoslari to‘g‘risidagi qonun bilan mustahkamlashn itakli qildi.Oliy Kengash deputatlari moddama-modda muhokamadan so‘ng «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqillig iasoslari to‘g‘risida»gi qonunni qabul qildilar. So‘ngra «O‘zbekiston
Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Oliy Kengash Bayonoti» qabul qilindi.«O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi qonun g‘oyat katta ahamiyatga ega bo‘lib, bu qonun asosida O‘zbekistonning huquqiy holati tubdan o‘zgardi .17 moddadan iborat ushbu qonun suveren O‘zbekiston Respublikasining asosiy belgilarini aniqlab berdi 1992 yil 8 dekabr kuni Oliy Kengash tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi yangi mustaqil davlatning inson haq-huquqlari va davlat suvereniteti tamoyillariga tarafdorligini; hozirgi va kelgusi avlodlar oldida yuksak darajada javobgarligini; o‘zbek davlat tuzumi taraqqiyotining tarixiy tajribasiga tayanishni; demokratiya va ijtimoiy adolat ideallariga sodiqligini; xalqaro huquqning hamma tomondan qabul qilingan qonun-qoidalari ustivorligini tan olinishini tantanavor suratda ma’lum qildiю O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 18 noyabrida bo‘lib o‘tgan VIII sessiyasi «O‘zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog‘i to‘g‘risida» qonun qabul qildiю1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbi» to‘g‘risida qonun qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 10 dekabrida bo‘lib o‘tgan XI sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. 1991 yil 29 dekabrda o‘zbek xalqi xohish-irodasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini sayladi1991 yil 29 dekabrda o‘zbek xalqi xohish-irodasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini sayladi.

3-ma’ruza. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati 1. Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy ahvol. 2. O‘zlikni anglashga intilishning kuchayishi. Siyosiy tizimdagi o‘zgarishlar.1985 yil aprel plenumida SSSR MK Bosh kotibi M.S.Gorbachyov tomonidan Ittifoqda “qayta qurish” siyosati e’lon qildi. Qayta qurishning asosiy mohiyati jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalarida to’planib qolgan inqirozli holatlarni bartaraf etish rejasidagi siyosat edi.Aslida qayta qurishni amalga oshirish ikki bosqichga bo’lingan edi.Ulardan birinchisi 1985 - 1987 yillar bo’lib, ikkinchi bosqichi – 1987 - 1990 yillarni o’z ichiga olga. Biroq qayta qurish o’zining birinchi bosqichidayoq inqirozga yuz tutdi. Buning sabablari quyidagilardan iborat bo’ldi:1.Qayta qurishning aniq, izchil, ilmiy jihatdan puxta ishlab chiqilgan aniq dasturi yo’q edi.2. Mamlakatdagi partokratik rahbariyat “nomenklatura”ni saqlab qolishdan manfaatdor edi, chunki mamlakatni boshqarish ma’muriy-buyruqbozlik usuli orqali oson kechardi.3.M.Gorbachyov g’oyasi asosida qayta qurishni amalga oshirish mumkin emasdi. Sotsializmga xos mulkiy munosabatlar, ijtimoiy sohadagi siyosat, yakkapartiyaviy rahbarlik, mustabid boshqaruv usuli hech qachon demokratiya bilan kelisha olmas edi. 80-yillar oxiri 90-yillar boshlarida O’zbekistonda mustaqillikka intilish harakatlari kuchaya borib, uni qo’lga kiritish shart-sharoitlari vujudga keldi.1989 yil oktyabrda “Davlat tili to’g’risidagi qonun”ning qabul qilinishi mustaqillik yo’lida muhim bosqich bo’ldi. .A.Karimov 1990 yil 14 martda O’zbekiston Oliy Kengashida O’zbekistonning birinchi Prezidenti qilib saylandi. 1990 yil 20 iyunda Mustaqillik to’g’risidagi deklaratsiyaning qabul qilinishi xalqning davlat mustaqilligiga intilishini huquqiy, iqtisodiy va siyosiy mazmun bilan to’ldirdi va g’oyat katta tarixiy ahamiyatga ega bo’ldi. Sobiq Ittifoqqa kiruvchi respublikalar rasman teng va suveren deb yuritilsada, amalda qaram edilar. Ular o‘z yerlari, suvlari, o‘rmonlari va yerosti boyliklariga, ko‘pdan ko‘p korxonalariga o‘zlari egalik qilolmas edilar.80- yillarning oxirlari, 90- yillarning boshlarida ko‘pchilik respublikalar mavjud vaziyatni o‘zgartirish talablarini ilgari sura boshladilar. 1990- yil bahorida Boltiq bo‘yidagi Latviya, Litva, Estoniya Respublikalari, keyinroq Gruziya va Ozarbayjon Respublikalari Ittifoq tarkibidan chiqqanligini e’lon qildilar.Ittifoq shartnomasini o’zgartirishva yangi shartnoma qabul qilish uchun harakatlar bo’ldi. 1991- yil aprelda Kiyevda Ukraina, Rossiya, Belarus, O‘zbekiston, Qozog‘iston Respublikalari rahbarlarining uchrashuvi bo‘ldi.Uchrashuvda mustaqil respublikalar manfaatlariga mos keladigan Ittifoq shartnomasini tuzishga yondashish yo‘llari ishlab chiqildi va tegishli bayonot imzolandi. 1991- yil aprelda Novo-Ogoryovoda SSSR Prezidenti M.S.Gorbachyovning 9 respublika rahbarlari bilan uchrashuvi bo‘ldi.1991-yil 19-avgustda SSSR da to’ntarish bo’ldi. 1991- yil 19- avgustda O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimov Hindistonga qilgan rasmiy tashrifidan qaytib keldi va Toshkent shahri faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Prezident O‘zbekistonning nuqtayi nazarini bildirib, respublikamizda favqulodda holat joriy etishga hojat yo‘qligi, O‘zbekistonda vaziyat barqarorligi, qonunga xilof ko‘rsatmalar bajarilmasligini qat’iy ta’kidladi. 1991- yil 21- avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z farmoni bilan O‘zbekiston hududida hokimiyat va boshqaruv idoralari, korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalarning qabul qilgan barcha qarorlari va ularning ijrosi SSSR va O‘zbekiston SSR Konstitutsiyalariga hamda qonunlariga,O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlariga va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga so‘zsiz mos kelishi kerak, deb belgilab qo‘ydi.. 1991- yil 25- avgustda O‘zbekiston Prezidentining maxsus farmoni e’lon qilindi. Farmonga binoan Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik qo‘mitasi O‘zbekiston SSRning qonuniy tasarrufiga olindi. Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlari bevosita O‘zbekiston Prezidentiga bo‘ysundirildi. 3. Mustaqillikning e’lon qilinishi. O‘zbekiston Respublikasining tashkil etilishi. 1991- yil 28-avgustda O‘zbekiston Oliy Kengashining Rayosati „Respublika Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasini 1991- yil 31- avgust kuni chaqirish haqida qaror“ qabul qildi va sessiyada O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi haqidagi masalani muhokama qilish belgilab qo‘yildi. 1991- yil 31- avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I. A. Karimov nutq so‘zlab, sobiq Ittifoqda so‘nggi paytlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealarni, davlat to‘ntarishiga antikonstitutsiyaviy urinish oqibatlarini tahlil qilib, ular O‘zbekiston taqdiriga, xalqimiz taqdiriga bevosita daxldor ekanligini har tomonlama asoslab berdi.Birinchi Prezident I. A. Karimov O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qildi va uni mustaqillik to‘g‘risidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif etdi.Sessiyada „O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida Oliy Kengash Bayonoti“ qabul qilindi. 1- sentabr O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin va 1991- yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e’lon qilinsin.(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Qaroridan.)Oliy Kengash „O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida“ Qonun qabul qildi. Bu qonun 17 moddadan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamlab berdi Oliy Kengash sessiyasi 1991- yil 18- noyabr kuni „O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tka¬zish to‘g‘risida“ Qaror qabul qildi.Qarorda 1991- yil 29- dekabr, yakshanba kuni O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi masala bo‘yicha referendum o‘tkazish belgilandi.„O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini ma’qullaysizmi?“ 1991- yil 29- dekabr kuni bo‘lib o‘tgan referendumda 9 898 707 kishi yoki saylov ro‘yxatiga kiritilganlarning 94,1 foizi qatnashdi. Ovoz berishda qatnashganlarning 98,2 foizireferendumda qo‘yilgan savolga „Ha“, ya’ni, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini ma’qullaymiz, deb ovoz berdi. Shunday qilib, xalqimizning asriy orzusi ro‘yobga chiqdi. Mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy qaramlikdan, asoratdan qutuldi. Davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi o‘zbek xalqining ha¬yotida muhim tarixiy voqea bo‘ldi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq O‘zbekiston Respublikasini suveren davlat sifatida Turkiya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Kanada, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Saudiya Arabistoni, Eron, Pokiston, Hindiston, Xitoy singari yirik davlatlar tan oldilar 4. Mustaqil O‘zbekiston davlatining yuzaga kelishi va mustahkamlanishida I.Karimovning tarixiy xizmatlari. Dunyo mamlakatlarida yangi jamiyat qurishning «O’zbek modeli» ga (o’zbek yo’li) uning asoschisi va yo’lboshchisi I.A.Karimovning siyosiy chizmasiga qiziqish ortib bordi. 1996 yili Venada (Avstriya) «XX asr xalqlar dohiylari» nomida bosib chiqariladigan kitoblarning bir jildi O’zbekiston Prezidentiga bag’ishlangan. Kitob mualliflaridan biri, garvard Universitetining professori Donald S. Karlayl «…Islom Karimov kommunizmdan keyingi O’rta Osiyo mintaqasidagi eng buyuk davlat arbobidir» deb tan beradi. Islom Karimovning har bir asari, ma’ruza va maqolalari bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning nazariy asoslarini, amaliy ishlarning kundalik dasturini tashkil qiladi.Shuningdek, yurtboshimiz mustaqillik arafasida O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayoti, chuqur inqiroz holati, sovetlarning so’nggi talvasasi, og’ir sharoitlarda O’zbekiston hukumati tutgan yo’li (1989-1990 yillar) haqida O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 20 yilligiga bag’ishlab yozgan “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” asarida yaqqol ko’rsatgan. Istiqlolning, boshlang’ich bosqichida yorug’likka chiqkan «O’zbekiston o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li», «O’zbekiston - bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li» va boshqa asarlarida bayon etilgan O’zbekiston mustaqilligining birinchi navbatdagi kechiktirilmas ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’rifiy-ma’naviy vazifalari keyinchalik «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarlarida bayon etib berildi.Islom Karimov donoligining yana bir ko’rinishi bozor munosabatlariga o’tish, demokratik jamiyat qurish jarayonida ma’naviy-ma’rifiy, mafkuraviy ishlarning yuksak ahamiyatini taqqoslab ko’rsatganligidadir. Parchalangan Ittifoq o’rnida vujudga kelgan mustaqil davlatlarning hech birida ilgari surilmagan ma’naviy-ma’riviy ishlarning vazifalari Prezidentning «Jamiyatimiz mafkurasi, xalqni xalq, millatni millat qilishag xizmat etsin», «Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman» asarlarida, «Istiqlol va ma’naviyat» (hujjatlar to’plami) kitobi va boshqa ko’plab maqolalarida bayon etilgan bo’lib, ma’naviyat- kelajagi buyuk O’zbekistonning mustahkam poydevori, milliy mustaqillik mafkurasi, 120 dan ortiq millatlar va elatlardan tashkil topgan O’zbekiston xalqini «O’zbekiston-vatanim manim» shiori ostida yagona, buyuk maqsad uchun birlashtiradigan bayroqsifatidatutgano’rniko’rsatibberiladi.I.A.Karimov yangi jamiyat qurishda milliy, diniy qadriyatlarimizni tiklash ishlariga, shu maqsadda Vatanimiz tarixini xolisona, yangicha yaratishga e’tiborni kuchaytirdi.Prezident istiqlolning dastlabki kunlarida (1992 yil yanvar)«Tarixga, merosimizga bo’lgan munosabat tubdan o’zgartirilishi lozim, yangi darsliklardan tortib oddiy kitoblargacha hammasiga haqiqat yozilishi shart», deb aniq vazifa qo’ydi.Vatan tarixini o’rganish uning yangi avlodini tarbiyalashdagi tutgan o’rni, ahamiyati masalalari I.A.Karimovning «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q» (1998 yil avgust) nomli asarlarida keng bayon qilib berildi.I.A.Karimov haqqoniy tarix millatining o’zligini anglashning zaruriy sharti, ma’naviy va mafkuraviy ishlarimizning haqiqiy manbai ekanligini qayta-qayta taqqoslab ko’rsatadi. Respublika aholisining mutloq aksariyati (97,5 foizi) bunday sharoitga bevosita I.A.Karimovning yetakchiligida erishildi deb hisobladi.I.A.Karimov yangi davrning jahon miqyosidagi davlat arbobi edi. O’zbekiston xalqining buyuk yo’lboshchisi, mamlakatninggina emas, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning bir qancha nishonlari va unvonlari bilan taqdirlangan.
4-mavzu. O’zbekistonning o’ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo’li.1.Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi muammolar. O’zbekistonning o’ziga xos taraqqiyot yo’lini tanlash. Davlat mustaqilligini qo‘lga kiritilishi O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish uchun qulay sharoit va keng imkoniyatlar yaratdi. Bizning diyorimizda bozor munosabatlari yangilik emas. Ming yillar davomida ajdodlarimiz hunarmandlar ishlab chiqargan ajoyib mahsulotlarini, tabiiy boyliklarini dunyoning to‘rt tomonga chiqarib savdogarlik qilgan, mol almashgan.O‘zbekistonning boy imkoniyatlari, geopolitik sharoitidan foydalanib o‘zimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘limizni belgilash dastlabki kunlarning eng muhim vazifasi bo‘lib qoldi. O‘zbekiston tanlagan islohot yo‘li ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodini shakllantirishga qaratildi.Bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning asosiy tamoyillari Birinchi Prezident I.Karimov tomonidan ishlab chiqilib dunyodagi rivojlangan mamlakatlarning yirik mutaxassislari, davlat arboblari tomonidan tan olindi va o‘zining hayotiyligini namoyish etmoqda. Bu tamoyillarning asosiy mazmuni quyidagilardan iborat:1iqtisod siyosatdan ustun turib, mafkuraviy tazyiqlarsiz, o‘ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanmog‘i kerak;2davlat bosh islohotchi o‘rnida bo‘lib, u islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi va ularni izchillik bilan amalga oshirishi lozim;3bozor munosabatlariga o‘tish qonun ustuvorligini talab qiladi. Butun xalq tomonidan qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarga amal qilinishi shart;4bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini himoya qilishning kuchli ijtimoiy siyosatini o‘tkazish;5ijtimoiy islohotlarning rivojlanib borishi va yo‘nalishini belgilab beruvchi tamoyillardan biri bozor iqtisodiyotiga o‘tish evolutsion yo‘l bilan, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi zarur. Yangi iqtisodiy munosabatlarga o‘tish tamoyillari asosida g‘oyat ma’suliyatli va murakkab vazifa-iqtisodiy islohotlar strategiyasi ishlab chiqildi. Iqtisodiy strategiyaning boshlang‘ich nuqtasi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarning pirovard maqsadini belgilab olishdan iboratdir. Bu vazifa markazlashtirilgan, ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga, bir sifat holatidan ikkinchi sifat holatiga o‘tishdan iboratdir.
2.Taraqqiyotning o’zbek modeli va uning o’ziga xos susiyatlari. O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish strategiyasi: yangilanish va taraqqiyot yo’li. o’zbek xalqining manfaatlariga mos keladigan va ularni porloq kelajak uchun boshlab boradigan taraqqiyotning yangi “o’zbek modeli ” buyuk davlat va jamoat arbobi Birinchi Prezident I.A.Karimov tomonidan 1992 yilda yozilgan “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo`li ” nomli kitobi va keyingi asarlarida ilmiy jihatdan asoslangan holda ishlab chiqildi va hayotga tatbiq etildi. O’zbek modelining asosiy maqsadi bozor iqtisodiyotiga asoslan­gan erkin demokratik jamiyatni barpo etishdan iborat bo’lsa, asosiy vazifalariesa iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy va boshqa sohalarda tub o`zgarishlar va islohotlarni amalga oshirish, xalqning turmush farovonligini yuksaltirish, komil insonlarni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat.O’zbek modelining mohiyat –mazmunining millati, tili va dinidan qat’i nazar, davlatimizda yashovchi barcha kishilar uchun munosib hayot sharoitini yaratib berish, har bir inson uchun ijtimoiy kafolatlangan turmush darajasini va erkinliklarini ta’minlash, xalqimizning qadriyatlari va mentalitetiga, milliy davlatchilik an’analariga tayanish, dunyo tajribasining ilg’or yutuqlariga asoslanish, umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligini ta’minlash masalalari tashkil etadi. Birinchi tаmоyil iqtisоdiyotning siyosаtdаn ustunligi. Iqtisоdiy islоhоtlаr hеch qаchоn siyosаt оrtidа qоlmаsligi kеrаk, u birоr mаfkurа bo’ysundirilishi mumkin emаs. Ichki vа tаshqi iqtisоdiy munоsаbаtlаrdаn hоli bo’lish lоzim. . Birinchi Prezident Islоm Kаrimоv tа’kidlаgаni kаbi: “Mаfkurаviy аqidаlаrni bаrtаrаf etish хo’jаlik yuritishning turli ijtimоiy fikrning, bоzоr munоsаbаtlаrigа mоs bo’lgаn psiхоlоgiyaning vа shungа хоs iqtisоdiy tаfаkkurning idrоk etilishichа ko’mаklаshаdi”.Mаzkur tаmоyil iqtisоdiy rivоjlаnishdа mа’nаviyatning аhаmiyati nеchоg’lik muhim ekаnini, uning nоzik qirrаlаrini оchib bеrаdi. Ikkinchi tаmоyil. Dаvlаt –bоsh islоhоtchi. U islоhоtlаrning ustivоr yo’nаlishlаrini bеlgilаb bеrishi, yangilаnish vа o’zgаrishlаr siyosаtini ishlаb chiqishi vа uni izchillik bilаn аmаlgаоshirish lоzim. Mustаbid tuzum аsоrаtlаridаn хоlоs bo’lish jаrаyonidа o’zini-o’zi tаrtibgа sоlаdigаn еtuk rivоjlаngаn iqtisоdiy mехаnizm birdаnigа vujudgа kеlib qоlmаydi. Shu bоisdаn mа’muriy buyruqbоzlikkа, mаrkаzlаshgаn iqtisоdiyotgааsоslаngаn tuzumi qоldiqlаrini bоsqichmа-bоsqich bаrtаrаf etish, bu yo’ldаgi turli ziddiyat vа qаrshiliklаrni еngib o’tish yangi munоsаbаtlаrni qаrоr tоptirish uchun o’tish dаvri kеrаk. Ziddiyatlаrgа bоy bo’lgаn o’tish dаvri shаrоitidа iqtisоdiyotni, islохоtlаrni o’z hоligа tаshlаb qo’yib bo’lmаydi. Uchinchi tаmоyil. Jаmiyat hаyotining bаrchа sоhаlаridа qоnunning ustuvоrligi, Dеmоkrаtik yo’l bilаn qаbul qilingаn kоnstitutsiya vа qоnunlаrni hеch istisnоsiz hаmmахurmаt qilishi vа ulаrgаоg’ishmа riоya etish lоzim. O’zbеkistоndа ijtimоiy tаrаqqiyotgа, jаmiyat yangilаnishigа insоn shахsining yuksаlishigахizmаt qilаdi. To’rtinchi tаmоyil. Аhоlining dеmоgrаfik tаrkibini hisоbgаоlgаn hоldа kuchli ijtimоiy siyosаt yuritish. Bоzоr munоsаbаtlаrini jоriy etish bilаn bir vаqtdа, аhоlini, аyniqsа kаm tа’minlаngаn оilаlаrni, bоlаlаr vа kеksаlаrni ijtimоiy himоyalаsh yuzаsidаn оldindаn tа’sirchаn chоrаlаr ko’rinishi lоzim.Kuchli ijtimоiy siyosаtning tаrkibiy qismlаri vа yo’nаlishlаri ko’p. Ulаr ijtimоiy tа’minоt, yangi ish o’rinlаri yarаtish, sоg’liqni sаqlаsh, хаlq – tа’limi, mаdаniyat, spоrt vа jismоniy tаrbiya sоhаlаri fаоliyatini mаblаg’ bilаn tа’minlаsh vа islох qilishdаn tоrtib jinоyatchilikkа qаrshi kurаshish, huquq-tаrtibоtni tа’minlаshgаchа bo’lgаn mаsаlаlаrni qаmrаb оlаdi. Bеshinchi tаmоyil. Bоzоr iqtisоdiyotigаоbyеktiv iqtisоdiy qоnunlаrning tаlаblаrini hisоbgаоlgаn hоldа, tаdrijiy аsоsdа puхtа o’ylаb, bоsqichmа-bоsqich o’tish. Bu ish islоhоtlаrning huquqiy аsоslаri vа kаfоlаtlаrini vujudgа kеltirish, аhоlini ijtimоiy himоyalаsh vа uning yangichа iqtisоdiy tаfаkkurini shаkllаntirish bilаn birgаоlib bоriligi lоzim. “Fаqаt fаrmоnlаr, fаrmоyishlаr chiqаrish bilаn bоzоr iqtisоdiyotini bаrpо etib bo’lmаydi. Uzоq tаriхiy tаrаqqiyotning nаtijаsi bo’lib, tеgishli infrоstrukturаni vа huquqiy аsоsni yarаtishginа emаs, shu bilаn birgа, qаdriyatlаr tizimidа chuqur o’zgаrishlаri, хo’jаlik fаоliyati vааmаliy munоsаbаtlаrni аsоslаshni hаm ko’zdа tutаdi. 3.O’zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan strategiya asoslari. Bozor islohotlarini amalga oshirish dasturiga ko‘ra ustuvor vazifalar bosqichma-bosqich hal qilinadi. Birinchi bosqichda totalitar tizimdan hozirgi zamon bozor munosabatlariga o‘tish davridagi bir-biriga bog‘liq, ikki vazifani bir vaqtda hal qilishga to‘g‘ri keldi: ma’muriy buyruqbozlik tizimining og‘ir oqibatlarini tugatib, iqtisodni barqarorlashtirish va bozor munosabatlarining negizini shakllantirish. Bu bosqich jarayonida iqtisodiy islohotning g‘oyat muhim yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezident tomonidan belgilab berildi:1o‘tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning qonuniy-huquqiy bazasini mustahkamlash va rivojlantirish;2qishloq xo‘jaligida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish;3ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish. Iqtisodiy islohotlarni huquqiy asoslovchi qonun-qoidalar yuridik tashkilotlar va yetuk olimlar tomonidan tayyorlandi va jahonning yirik mutaxassislari tomonidan quvvatlanib tan olindi.Dastlabki vaqtning o‘zida iqtisodiy munosabatlarning huquqiy negizini barpo etadigan 100 ga yaqin asosiy qonun hujjatlari qabul qilingan. Iqtisodiy islohot, tadbirkorlik va chet el investitsiyalari bo‘yicha Prezident huzurida maxsus Idoralararo kengash tuzildi. Mulkni xususiylashtirish va ko‘p ukladli iqtisodni shakllantirish O‘zbekistonda o‘ziga xos yo‘l bilan amalga oshirildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdagi maqsad: 1. Davlat monopoliyasini tugatib ma’muriy buyruqbozlik tizimiga barham berish va bozor iqtisodiyotiga asos solish; 2. Xususiy mulkdorlarning keng qatlamini shakllantirish; 3. Xorijiy sarmoyadorlarga keng yo‘l ochish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va aholining turmush tarzini yuksaltirishdan iborat. 1992-1993-yillar xususiylashtirishning birinchi bosqichida “Kichik xususiylashtirish” amalga oshirildi. Buning oqibatida asosan mayishiy xizmat va savdo korxonalari, transport va qurilishning kichik korxonalari, davlat sanoat va mahsulot qayta ishlash korxonalari mulk shaklini o‘zgartirdi. Bular mulkning ijara, jamoa va aksiyadorlik shakliga aylantirildi. Davlat mulkini xususiylashtirishning ikkinchi bosqichi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 1994 yil 21 yanvardagi “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirishning chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida olib borildi. Bu davrda ochiq shakldagi aksiyadorlik jamiyat qurish, korxonalar aksiyasining chiqarish, auksion (kim oshdi) savdosi orqali davlat mulkini shaxslarga sotish, qimmatbaho qog‘ozlarni chiqarish va xususiylashtirishni yoppasiga olib borish uchun sharoit yaratish ishlari amalga oshirildi. Ichki yalpi mahsulot 1995-yilda 1994-yilning darajasiga nisbatan 96 foiz o‘rniga 98,8 foizni tashkil etdi. Ishlab chiqarilgan milliy daromad 98,5 foizga yetdi. Sanoat ishlab chiqarish hajmi shu yili o‘tgan yilga nisbatan 100,2 foizga teng bo‘ldi.Respublikada kichik va xususiy tadbirkorlikni shakllantirish va rivojlantirishni ta’minlovchi zaruriy huquqiy asos yaratilgan. Amaldagi qonunchilik hujjatlarida, Respublika Prezidentining farmonlarida, xususiy tadbirkorlikdan soliq olish, unga moliyaviy yordam ko‘rsatish borasida imtiyozlar berish, imtiyozli kreditlar ajratish, moddiy-texnika va xom ashyo resurslari bilan ta’minlash borasida ko‘maklashish nazarda tutilgan. Iqtisodiy islohotlarning borishida o‘rta va kichik biznesni rivojlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Hozirgi kunda 180 mingdan ortiq kichik va o‘rta biznes subyektlari va 200 mingga yaqin yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyat ko‘rsatmoqda. 1995-yil 5-yanvarda Xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko‘rsatish va uni rag‘batlantirish to‘g‘risida Prezident farmoni, 1995 21fevralda «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida» qonunlar qabul qilindi.Birinchi Prezidentning ko‘rsatmalaridan kelib chiqib, iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarning oldiga qo‘yilgan aniq vazifalar quyidagilardan iborat bo‘ldi: iqtisodiyotning bir tomonlama rivojlanishiga chek qo‘yish; importga qaramlikni tugatish; mamlakatning eksport salohiyatini oshirish; xalq iste’moli mollariga aholining talabini qondirish va boshqalar. 4.Mustaqillikmeyoriy-huquqiyasoslariningyaratilishi.Yangi Konstitutsiyaningqabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati. Davlat ramzlari. Mustaqillik tomon qo‘yilgan dastlabki qadamlardan biri-bo‘lajak suveren Respublikaning Konstitutsiyasini tayyorlash g‘oyasi Birinchi Prezident I.A.Karimov tomonidan 1990-yilni mart oyida ilgari surildi. Ko‘p o‘tmay shu yilning iyun oyida Oliy Kengashning ikkinchi sessiyasida Respublika Prezidenti rahbarligida 64 kishidan iborat Konstitutsiyaviy Komissiya tuzildi. Ishchi guruh va komissiyalar 1991-yilni oktyabrida Konstitutsiyaning birinchi, 1992-yilni bahorida ikkinchi nusxasini tayyorladi va shu nusxasi 1992-yilni 26-sentabrida umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. Joylardan tushgan minglab takliflar o‘rganib chiqilib, noyabr oyida ikkinchi marta matbuotda bosib chiqildi. Tuzatishlar va aniqlashlardan keyin mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Asosiy Qonuni 1992-yili 8-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII chaqiriq XI sessiyasida qabul qilindi. Mustaqillik Konstitutsiyasi muqaddima, olti bo‘lim, 26 bob, 128 moddadan iborat bo’ldi. Konstitutsiya kuni – 8 dekabr umumxalq bayrami va dam olish kuni deb e’lon qilindi. Konstitutsiya - “Mustaqillik Deklaratsiyasi”, “Davlat mustaqilligi to’g’risida” Qonunda mustahkamlangan tamoyil va g’oyalarni o’zida to’la mujassamlashtirdi va rivojlantirdi. O’zbekistonning Asosiy qonuni, pasporti bo’lgan 1-Konstitutsiya sobiq Ittifoq (SSSR)dagi Konstitutsiyalardan farq qiladi: 1) barcha moddalari huquqiy mustaqillik g’oyalari bilan sug’orilgan. 2) xalqning xohish va fikri, jahon tajribasi va milliy davlatchilik xususiyatlari hisobga olindi. Konstitutsiya mohiyatini ochib beruvchi 10 ta asosiy tamoyil bo’lib:
Yüklə 77,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə