O‘zbekistonning eng yangi tarixi



Yüklə 49,55 Kb.
səhifə1/5
tarix28.11.2023
ölçüsü49,55 Kb.
#136646
  1   2   3   4   5
1-МАЪРУЗА “Ўзбекистоннинг энг янги тарихи” ўқув фанининг предмети, мақсади ва вазифалари, назарий-методологик тамойиллари



1-mavzu. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari.


Mavzuni o‘rganishdan maqsad: Talabalarga O‘zbekistonning eng yangi tarixi o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari va Prezident Sh.M. Mirziyoev davrida tarixga bo‘lgan e'tibor haqida ma'lumot berish.
Kalit so‘zlar: Arxeologik davrlashtirish, paleolit, neolit, bronza, ahomoniylar, salavkiylar, kushon, tarixiy xronologik, o‘zbek xalqi, davlat boshqaruvi, ibtidoiy-jamoa, feodal, demokratik, ellinistik davr, sak, eron, eftalit, turk, Xarakatlar strategiyasi, dialektik jarayon, milliy tafakkur xalq tarixi.


Asosiy masalalar (Reja):
1. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsad va vazifalari.
2. O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi. Barkamol inson tarbiyalashdagi fanning o‘rni.
3. Fanni o‘rganishning nazariy-uslubiy asoslari.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning ma'naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o‘rni va saboqlari to‘g‘risidagi fikrlari.


1. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsad va vazifalari.
O‘zbekiston tarixi shu ona-zaminimizda o‘tmishda yashagan xalqlarning hayoti va ularning rivojlanishi jarayonida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar, voqealar, ularning turmush tarzi, iqtisodi, madaniyati va shu kabilarni to‘laligicha o‘rganadigan fandir. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani esa Vatanimiz mustaqilligini qo‘lga kiritish arafasidan boshlab to mustaqillikning xozirgi kunigacha bosib o‘tgan yo‘li, respublikani rivojlantirish maqsadida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy-madaniy sohalarda amalga oshirilgan islohotlar, umumiy qilib aytganda jamiyatning barcha sohalarida sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni o‘rganadigan fan hisoblanadi.
Shunday qilib, bizning ongimizdan tashqarida va bizning ongimizga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lgan borliq, voqelik va mustaqillik yillarida O‘zbekistonda sodir bo‘lgan hodisa va jarayonlar O‘zbekiston eng yangi tarixi fanini o‘rganish ob'ektidir. O‘zbekiston tarixi faqat turli bilimlar tarzidagi fan emas, balki bir necha asrlar davomida to‘planib kelgan o‘zaro ichki qonuniyatlar bilan chambarchas bog‘langan bilimlar tizimi sifatidagi fandir. Shu ma'noda u o‘zining o‘rganish ob'ekti va predmetiga ega bo‘lgan mustaqil fandir.
O‘zbekistonning mustaqillikni qo‘lga kiritish arafasidan boshlab to shu kunlargacha bo‘lgan davrda jamiyat hayotida sodir bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy-ma'naviy sohalardagi o‘zgarishlar, islohotlar jarayoni O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining predmeti hisoblanadi. O‘zbekistonnin eng tarixi fani dunyoda eng qadimiy va boy tarixga ega bo‘lgan o‘zbek xalqining mustaqillik yillaridagi tarixiy va ma'naviy taraqqiyotini o‘rganuvchi va o‘rgatuvchi fandir.
Fanni o‘qitishning maqsadi – mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida yuz bergan muhim o‘zgarishlar, tub islohotlarning mazmun-mohiyatini ko‘rsatish va jamiyat hayotida talabaning o‘rnini, o‘zligini anglatishdan iborat.
Fanni o‘qitishning vazifalari – mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni hamda mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy hamda boshqa sohalardagi islohotlarning mazmun-mohiyatini talabalarga tushuntirib berish, ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash hamda milliy g‘ururni shakllantirishdan iborat.



Yüklə 49,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə