«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi



Yüklə 8,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/275
tarix30.08.2023
ölçüsü8,36 Mb.
#121151
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   275
«O’zbåknåftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi

Qum-gilli jinslar.
 
Quduqning geologik kesimi qum, qumtosh, alevrolit va gil 
jinslardan tarkib topgan bo’lsa, uni o’rganishda elektr karotaj diagrammasi ahamiyat 
kasb etadi. 
Qum va qumtoshlar.
Qum zarralari o’lchami 2 mm dan 0,05 mm gacha 
o’zgaradi. Zarralarning katta-kichikligiga ko’ra yirik (2-1 mm), o’rtacha ― (1-0,5 
mm), mayda ― (0,5-0,25 mm), juda mayda (0,25-0,05 mm) qumlar bo’ladi. 
Mineralogik tarkibiga ko’ra kvartsli, arkoz, glaukonitli, temirli va ko’p mineralli 


24 
qumlar mavjud. 
Qumtosh
sementlangan qum bo’lib, asosan kaltsiy, gips, gil, kvarts, 
xaltsedon, opal, temir oksidi, bitum va boshqa moddalar bilan sementlanadi. Zarralar 
o’lchamiga ko’ra dag’al, yirik, o’rtacha va mayda zarrali xillardan iborat bo’ladi. 
Odatda qum va qumtoshlarning elektr toki o’tishiga qarshiligi ularning 
g’ovakligining va zarralar orasidagi bo’shliqlar strukturasining hamda g’ovaklarni 
band qilgan suyuqliklar tuz miqdorining o’zgarishiga ko’ra katta chegarada 
o’zgaradi. 
Yer yuzasiga yaqin joylashgan, chuchuk va kam minerallashgan suvlar bilan 
to’yingan qum qatlamlarining solishtirma qarshiligi yuqori bo’lib, odatda bir necha 
o’n va hatto yuz om-metrga etadi. Katta chuqurliklarda joylashgan qumtosh jinslar 
ko’pincha ko’p minerallashgan qatlam suvlariga to’yinganligidan ularning qarshiligi
g’ovaklik miqdorining o’zgarishiga bog’liq holda om-metrning o’nli ulushidan bir 
necha om-metrgacha o’zgaradi. 
Solishtirma qarshilikning past qiymatlari g’ovakligi yuqori jinslarga ― qum va 
bo’shoq qumtoshlarga xos; g’ovakligi kam, nisbatan sementlangan qumtoshlar 
qarshiligi yuqori bo’lib, katta intervalda o’zgaradi, juda qattiq sementlanganlarining 
qarshiligi bo’shoq qumtoshlarnikiga nisbatan o’n va yuz marta yuqori. Neft va gazga 
tuyingan qumli jinslarning qarshiligi esa, ushbu gorizontga xos minerallashgan suvlar 
bilan to’yingan shunday jinslar qarshiligiga nisbatan bir necha barobar yuqori 
bo’ladi. 
Demak, elektr karotaj diagrammalarida qum qatlamlarining zohiriy qarshiligi 
yuqori yoki past ko’rsatkichlarga ega bo’lishi mumkin. CHuchuk suvda tayyorlangan 
burg’ilash eritmasi zardobini quduq devoriga singishidan qumli qatlamlarning 
zohiriy qarshiligi ortadi. 
Gil jinslari aralashmalari va qatchalaridan xoli qum va qumtosh jinslardagi 
qatlam suvlarining minerallashish darajasi burg’ilash eritmasinikidan yuqori 
bo’lganda ularda o’tkazilgan o’z-o’zidan qutblanish karotaji (PS) diagrammasida 
qarshilik egri chiziqlari qiymati eng kam-manfiy qiymatli tomonga og’adi, ya’ni 
minimumga yaqinlashadi. Buning aksi bo’lganda qum va qumtoshlarda PSning 
musbat anomaliyalari qayd qilinadi. 
Agar burg’ilash eritmasi va qatlam suvlarining minerallashganligi bir xil bo’lsa, 
u holda yuza quduqlardagi suvli gorizontlar karotajida hamda sho’r burg’ilash 
eritmasi bilan to’ldirilgan chuqur quduqlar karotajida PS egri chiziqlari silliqlangan-
tekislangan ko’rinish oladi, qum va qumtosh qatlamlar qarshisida anomaliyalar 
kuzatilmaydi. Tarkibida gil aralashmalari bo’lgan qum va qumtosh qatlamlarga PS 
egri chiziqlarining minimumi mos keladi; agarda gil aralashmalari miqdori ko’p 
bo’lsa, u holda PS diagrammalarida gilli qumlar va gilli qumtoshlarni ajratib 
bo’lmaydi.
Gil sement bilan sementlangan qumtosh jinslar PS karotaj egri chizig’ida 
kuchsiz qiyshayishlar kuzatiladi. Zich gilli qumtoshlarni PS diagrammasida ajratib 
bo’lmaydi. Neft va gazga to’yingan qumtoshlar PS egri chizig’ida xuddi suvli 
gorizontnikiga teng qiymatlarga ega bo’ladi. 


25 
Mikrozond diagrammalarida yuqori g’ovaklikka va o’tkazuvchanlikka ega 
bo’lgan qum va qumtoshlarning zohiriy qarshiliklari past bo’lib, odatda burg’ilash 
eritmasi qarshiligidan 1,5-2 marta ko’p bo’ladi. SHuningdek, bunday jinslarda 
potentsial-mikrozond bilan o’lchangan zohiriy qarshiliklar qiymati gradient-
mikrozond bilan o’lchangan qiymatlardan yuqori bo’ladi, ya’ni ko’payish doimo 
musbat tomonga bo’ladi. Ayrim hollarda suvli qumtosh jinslar vertikal yo’nalishda 
yuqori o’tkazuvchanlikka ega bo’lsada, uning quyi qismiga burg’ilash eritmasi 
zardobi shimilmaydi. Bunday vaqtda mikrozond diagrammalarida zohiriy 
qarshiliklarning musbat qiymatining ortishi kuzatilmaydi, chunki gradient va 
potentsial mikrozondlar bilan o’lchangan qarshiliklar qiymati bir xil bo’ladi. 
Qum va bo’shoq qumtoshlarda gradient-mikrozondlar bilan o’lchangan zohiriy 
qarshiliklar (KS) qiymati qatlamni to’yintirib turgan suyuqliklar qarshiligiga, ya’ni 
qatlam 
suvlarining 
minerallashganlik 
darajasi 
va 
qatlamning 
neft-gazga 
to’yinganligiga bog’liq bo’lmay, asosan gilli eritma zardobini quduq devoriga 
shimilgan zonasi va gilli qobiqning solishtirma qarshiligi qiymati bilan belgilanadi. 
Mikrozondlar diagrammasida zich tuzilgan, kam o’tkazuvchan gilli qumlar va 
qumtoshlarning zohiriy qarshiligi qiymati yuqori g’ovaklikka ega bo’lgan, yaxshi 
o’tkazuvchan jinslarnikiga qaraganda yuqori bo’ladi. 
Qumli jinslarning tabiiy radioaktivligi gil jinslar tabiiy radioaktivligiga nisbatan 
past. SHunga ko’ra gamma-karotaj diagrammasida qum va qumtosh qatlamlarning 
ko’rsatkichi ular bilan qavatlanadigan gil jinslarnikiga ko’ra ancha kam bo’ladi. SHu 
sababli gamma-karotaj egri chiziqlari yordamida qumli-gilli jinslar kesimida qum 
qatlamlarini ajratish qiyin kechmaydi. 
Gilli qumlar va qumtoshlar qarshisida chizilgan egri chiziqlardan ularning tabiiy 
gamma-nurlanish qiymati toza qum jinslarnikiga nisbatan yuqoriligini ajratish oson; 
qum va qumtosh jinslarda gil aralashmalarining ko’payishi ularning tabiiy 
radioaktivligining oshishiga olib keladi. 
Ba’zan qum jinslarning yuqori radioaktivligi faqat gil aralashmalar miqdori bilan 
bog’liq bo’lmay, ularda uchraydigan qatlam suvlarining yuqori darajadagi 
radioaktivligidan ham kelib chiqadi. 
Gamma-karotaj diagrammalarida glaukonit, monatsit, kaliy-dala shpati qumlari 
va qumtoshlarining ko’rsatkichlari doimo yuqori bo’ladi. Bunday hollarda gil 
qatlamlar ichida joylashgan qum jinslarni gamma-karotaj diagrammasidan aniqlab 
bo’lmaydi.
Neytron gamma-karotaj (NGK) yordamida aniqlangan neftli va suvli 
gorizontlarning tabiiy radioaktivlik ko’rsatkichi past bo’lsa, quruq, gazli qum 
qatlamlarning va zich, g’ovakligi kam qumtoshlarning ko’rsatkichlari yuqori bo’ladi. 
Agar gazli qatlamlarga burg’ilash eritmasi zardobi chuqurroq shimilgan bo’lsa, NGK 
diagrammasida ularning ko’rsatkichi xuddi neft va suvga to’yingan yuqori g’ovakli 
qum jinslarniki kabi past bo’ladi. 
Kavernogramma diagrammalarida qumli jinslarda burg’ilangan quduqlar 
diametri doloto diametriga nisbatan kichikroq bo’ladi. Ba’zan, ayrim qum va bo’shoq 


26 
qumtosh qatlamlarda qazilgan quduqlar diametrining haqiqiysidan kattaroqligini 
diagrammalarda ko’rish mumkin. 
Gil va gilli slanetslar. Gil jinslarning solishtirma qarshiligi qum va 
qumtoshlarnikiga nisbatan tor doirada o’zgaradi. Ularning maksimal qiymati 
kamdan-kam 15 Om

m dan yuqori, minimal qiymatlari 1-1,5 Om

m dan kam 
bo’lmaydi, o’rtacha qiymati esa 3,0-4,0 Om

m ga teng. 
Qum-gilli kesimda, kichik chuqurlikda yotuvchi gil jinslarning qarshiligi odatda 
uning atrofida joylashgan qum jinslar qarshiligidan kam bo’ladi. Katta chuqurlikda 
yotuvchi gil jinslarning solishtirma qarshiligi esa suvli qumlar va bo’shoq 
qumtoshlarnikidan yuqori bo’ladi. Bu hol chuqurlik oshgan sari gil jinslar 
zichligining ularning ustida joylashgan jinslar og’irligi ta’sirida oshishi bilan bog’liq. 
Gil jinslarning solishtirma qarshiligi qiymati quduqdagi burg’ilash eritmasi 
qarshiligiga yaqin (odatda 1-3 Om

m). Shu sababli gil qatlamlari qarshisida 
chiziladigan egri chiziqda qayd qilinadigan zohiriy qarshiliklar qiymati haqiqiy 
qiymatdan deyarli farq qilmaydi. 
Argillitlar va gilli slanetslar zich tuzilganligi sababli ularning zohiriy qarshilik 
qiymati gil jinslarnikiga nisbatan ancha yuqori. Juda zich tuzilgan gilli slanetslarning 
solishtirma qarshiligi bir necha o’n Om-metrga etadi. 
Qumli va alevrolitli gil jinslarning elektr karotaji orqali aniqlangan solishtirma 
qarshiligi toza gil jinslarnikidan kam farqlanadi; gil jinslar tarkibida qumli va 
alevrolitli fraksiyalarning ishtiroki ularning g’ovakliligini pasaytiradi va oqibatda 
ularning qarshiligi toza gil jinslarnikiga nisbatan yuqori bo’ladi. 
PS diagrammalarida gil va gilli jinslar (gilli slanetslar, argillitlar va sh.k.) musbat 
tabiiy potentsial qiymatlari bilan ajralib turadi, quduq o’qiga nisbatan to’g’ri, parallel 
chiziqlar ko’rinishida chiziladi. 
Gilli jinslar tarkibida qum va alevrolit fraksiyalar aralashmasining hamda 
karbonat ashyolarning bo’lishi PS egri chizig’i qiyofasini o’zgartira olmaydi, shunga 
ko’ra qumli va alevrolitli gil jinslar egri chiziqlari toza gil jinslarnikidan 
farqlanmaydi. 
Gamma-karotaj diagrammalarida gil jinslar va gilli slanetslar yuqori 
ko’rsatkichlari bilan ajralib turadi, shu sababli gamma-karotajdan quduq kesimida, 
ayniqsa mustahkamlash quvurlari tushirilgan quduqlarda gilli jinslarni ajratishda 
foydalaniladi. 
Mikrozond diagrammalarida gil jinslar zohiriy qarshilikning minimal qiymatlari 
bilan tavsiflanadi. Bunday holat quduq tanasidagi gilli qatlamlar qarshisida yuvilish 
natijasida kovaklar hosil bo’lishi bilan bog’liq. SHu sababli kavernogrammalarda 
quduq diametrini kattalashishiga qarab gilli qatlamlar yaxshi ajratiladi. 

Yüklə 8,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   275




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə