«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi


-rasm. Shkapov neft koni kesimining mahsuldor qismi bo’yisha o’tkazilgan standart



Yüklə 8,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/275
tarix30.08.2023
ölçüsü8,36 Mb.
#121151
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   275
«O’zbåknåftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi

5.1-rasm. Shkapov neft koni kesimining mahsuldor qismi bo’yisha o’tkazilgan standart 
karotaj diagrammalarining taqqoslash sxemasi
(N.A.Perkov, 1981): 1 – qumtosh; 2 – 
ohaktosh; 3 – argillit
Yuqorida 
qayd 
etilgan 
qatlamlar 
elektr 
karotaj 
diagrammasida 
ko’rsatkichlarining doimiyligi bilan ajralib turadi, bu esa taqqoslanayotgan 
quduqlarda ularning litologik tarkibining izchilligidan darak beradi. Quduqlarning 
bir-biridan uzoq masofada va strukturalarning turli qismlarida joylashganligini 


63 
hisobga olsak, qatlamlarning litologik tarkibining konning hamma qismida bir 
xilliligini ko’ramiz. 
Quduqlarning standart karotaji ma’lumotiga ko’ra ajratilgan to’rtta qatlamning 
har birini elektrli xususiyati o’ziga xos bo’lib, ular yordamida quduqda karotaj 
o’lchovlari amalga oshirilayotgan paytda quduqning tubi kesimning qaysi qismida 
joylashganini aniq aytish mumkin. 
PS karotajining eng minimal qiymatlari bo’yicha belgilangan. Qumtosh 
qatlamlardan iborat mahsuldor gorizontlar terrigen jinslar pachkasi ichida joylashgan 
bo’lib, yuqorida ta’riflangan ohaktoshlarni ajratib turadi. Odatda mahsuldor 
gorizontlarning solishtirma qarshiligi ularning neftga to’yinganlik darajasiga bog’liq. 
5.1-rasmda berilgan taqqoslash sxemasida mahsuldor qumtosh qatlamlar 
qalinligi va litologik tarkibining o’zgaruvchanligi hamda ularning vertikal 
chegarasini tayanch ohaktosh gorizontlari chegarasiga nisbatan surilgani bilan 
tavsiflanadi. Masalan, 10-quduqning kesimining yuqori qismida joylashgan qumtosh 
gorizonti 15-quduqda pastga qarab surilgan va «qora ohaktosh» qatlamidan gil 
qatchasi orqali ajralgan. 13-quduqdagi asosiy qatlam bilan bir qatorda «qora 
ohaktosh» gorizonti ustki qismi yaqinida qo’shimcha qum qatchalari (1945-1952 m) 
ham namoyonlanadi; 16-quduqda esa bu qatcha ohaktosh ustki qismi ustida 
joylashadi. 
Ohaktosh qatlamining o’rtasidagi ikki qatchalar orasida joylashgan mahsuldor 
gorizontning litologik o’zgaruvchanligi faqat 14-quduqda qayd qilinadi, 10,15 va 13-
quduqlarda bu gorizont gilli qumtosh va alevrolitlardan tarkib topadi, 16-quduqda esa 
gil jinslar bilan o’rin almashgan. Ohaktosh qatlamining o’rta va pastki qatchalari 
orasidagi gorizont bir (10 va 15-quduq) yoki ikki (13 va 14-quduq) qatlamdan tarkib 
topgan. 16-quduqda ushbu gorizont almashinib keluvchi qumtosh va argillitlardan 
iborat. 
Stratigrafik gorizontlar ichidagi mahsuldor qatlamlar qalinligining va fatsial 
tuzilishining o’zgaruvchanligi, ular chegaralarining o’zgarib turishi o’rganilayotgan 
maydon chegarasida ushbu qatlamlar ayrim, bir-biridan chegaralangan qumtosh-
alevrolitli linzalardan iborat bo’lishi mumkin. 

Yüklə 8,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   275




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə