«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi



Yüklə 8,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/275
tarix30.08.2023
ölçüsü8,36 Mb.
#121151
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   275
«O’zbåknåftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi

5.3. GEOLOGIK KESMA TUZISH 
 
Geologik kesmada tog’ jinslari va qatlamlarining yotish holatlari, qavatlanishi, 
yoshi va tarkibi har xil jinslarning o’zaro munosabatlari, geologik struktura shakllari, 
qatlamning qalinliklarining o’zgarishi, burmalanish va uzilmalar xarakteri, geologik 
fatsiya va ularning o’zaro munosabatlari vertikal tekislikda tasvirlanadi. Geologik 
kesma geologik xaritani mazmunan to’ldirib, maydonning chuqurlik bo’ylab 
tuzilishida sodir bo’ladigan o’zgarishlar haqida ma’lumot beradi. 
Konning geologik kesmasi quduqlar kesimi bo’yicha tuziladi va kon tuzilishi 
to’g’risida aniq tushuncha beradi, shuningdek, turli yo’nalishlarda sodir bo’ladigan 
fatsial o’zgarishlarni izohlaydi. Bundan tashqari geologik kesma neft va gaz 
5.3 rasm. Qatlamning 
haqiqiy (h) va 
vertikal (b) 
qalinliklari nisbati 
5.4rasm. Mo’’tadil (namunali) kesim 
tuzishga misol
(M.A.Jdanov, 1981)
 


68 
uyumlarining zaminda joylashishini hamda ularning bir-biri va suv bilan bo’lgan 
tutash yuzalarining qiyofasini ifodalaydi. Agar konning geologik tuzilishi murakkab 
bo’lsa, tuzilgan kesma razvedka quduqlarini loyihalashda va struktura xaritasini 
tuzishda katta ahamiyatga ega bo’ladi. SHu boisdan quduqlar bo’yicha geologik 
kesma tuzish metodikasini o’zlashtirib olish muhim sanaladi. Hal etiladigan geologik 
vazifalarga qarab kesmani u yoki bu yo’nalishi tanlanadi (5.5-rasm). Asosan 
ko’ndalang va bo’ylama geologik kesmalar farqlanadi.
Ko’ndalang geologik kesma (qatlamlar cho’ziqligiga ko’ndalang yoki enkayishi 
bo’yicha) yordamida konning tektonikasi tadqiq qilinadi, agar qatlamlarning 
birlamchi yotish holatlari buzilgan bo’lsa, u holda kesma buzilish yo’nalishiga 
ko’ndalang qilib tuziladi. 

Yüklə 8,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   275




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə