O‘zbekston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika va psixologiya yo’nalishi 107-20-guruh talabasi


O‘smir qizlarda stress holatining yosh psixologik jihatlarining o‘rganishga oid amaliy natijalar



Yüklə 110,56 Kb.
səhifə7/8
tarix12.05.2023
ölçüsü110,56 Kb.
#109803
1   2   3   4   5   6   7   8
Maftuna 107-20 tahrirlangani

2.2. O‘smir qizlarda stress holatining yosh psixologik jihatlarining o‘rganishga oid amaliy natijalar
Stressli vaziyat murakkab ko‘p bosqichli va ko‘p komponentli fenomen sifatida ko‘rib chiqilgan. Stressli ta‘sirlarning besh darajali tasnifi keltirilgan. Xodim tanlovchi mutaxassislar o‘zishlarivaqtidaduchkeladigankasbiyqiyinvaziyatlar,shuningdek,«qiyin(og‘ir)»nomzodlar tiplari aniqlangan. Negativ kechinmalar bilan kuzatiluvchi, professional qiyinchiliklarni yengib o‘tish qobiliyatining yo‘qligi, psixik kuyib ketishga («emotsional holsizlanish, madorsizlanishga») olib kelishi ko‘rsatilgan. Bu esa professional dezadaptatsiya namoyon bo‘lishihisoblanadi.
Psixik adaptatsiya individiumga dolzarb ehtiyojlarni qondirishga va ular bilan bog‘liq ahamiyatli maqsadlarni (bunda psixik (ruhiy) va jismoniy salomatlikni saqlagan holda) amalga oshirishga yordam beradigan, insonning o‘z faoliyatini yuritishidagi atrof muhit va shaxsning optimal munosibligini o‘rnatuvchi jarayon sifatida aniqlanadi. Shu bilan birga, ushbu jarayon inson psixik faoliyati va uning xulqi muhit talablariga mos kelishini ham ta‘minlaydi.9 Psixik adaptatsiya tushunchasi individ va uni qurshab turgan muhitning o‘zaro ta‘siriga gomeostatik vazminlik tamoyili (prinsipi)ning ekstrapoyatsiyasi hisoblanadi (Berezin F.B., 1988). Mehnat psixologiyasida M.A. Dmitrieva ta‘kidlaganidek, professional adaptatsiya deyilganda, tizimida dinamik muvozanatning barpo bo‘lishi (va qayta tiklanishi) jarayoni tushuniladi. Hozirgi vaqtda, professional faoliyatni psixologik ta‘minlash vazifalarini hal qilishda, professional stress va adaptatsiyalarni boshqarishga yondashish keragicha ishlab chiqilmagan hisoblanadi. Stressli holatlarni va adaptatsion imkoniyatlar zo‘riqishini keltirib chiqaradigan og‘ir professional situatsiya (vaziyat)lar kam holatlarda ko‘rib chiqish ob‘ekti hisoblanayotgan bir vaqtda, asosiy e‘tibor professional faoliyat talablariga mehnat sub‘ektining muhim professional sifatlari mos kelishini belgilashga qaratilmoqda. Murakab professional vaziyatlarni mehnat sub‘ekti va professional muhitning o‘zaro ta‘sirini tahlil qilish birligi sifatida ko‘rib chiqishkerak.
Psixologiyada ko‘p vaqt davomida, sitauatsiya (vaziyat) deyilganda, sub‘ekt faolligini uyg‘atuvchi va determinatsiyalovchi, sub‘ektga nisbatan tashqi sharoitlar tizimi tushunilgan. S.
A. Trifonova tomonidan vaziyatga nisbatan to‘rtta nuqtai nazar ajratilgan:
- vaziyat sub‘ekt faolligi va vaziyatni amalga oshirishning joy-vaqt chegaralarini belgilovchi sharoitlarni keltirib chiqaruvchi sub‘ektga nisbatan tashqi sharoitlar tizimi sifatida;vaziyat inson faolligini bog‘lovchi sharoitlar kompleksi sifatida;vaziyat shaxs va muhitning o‘zaro ta‘sirining mahsuli va natijasi sifatida;vaziyat noaniqlik sharoitida sub‘ektning holati sifatida.
Ilmiy adabiyotlarda stressli vaziyatlar muammosi bo‘yicha, , va shu kabi tushunchalar o‘rtasida aniq chegaralar yo‘q. Shu sababli terminologik chalkashlik, chigallik kuzatilmoqda. Bizning fikrimizcha, stressli ta‘sirlarning besh darajali tasnifi, sermahsul hisoblanadi.
Stressli stimullar – alohida ob‘ektlar yokiharakatlar.
Stressli voqea-hodisalar – sabab va oqibatga ega o‘ta muhim hayotiy epizodlar.
Stressli vaziyatlar - tashqi sharoitlar bilan aniqlanuvchi jismoniy vaqt bilan bog‘liq va psixologik parametrlar. Vaziyatni qabul qilish va interpretatsiyalash, vaziyat stressogenligini sub‘ektiv baholashni belgilaydi:
Stressli qurshov – stressli vaziyatlar tiplarini xarakterlovchi, tushunchasini umumlashtiruvchi.
Stressli muhit – jismoniy va ijtimoiy tashqi dunyo (olam) stressogen o‘zgaruvchilarning yig‘indisi (majmuasi, to‘plami).
Shunday qilib, stressli vaziyat ko‘p bosqichli va ko‘p komponentli murakkab fenomen. Uni tushunish uchun stressli vaziyatlarning detalli (birma-bir, izchil) tahlili zarur bo‘ladi. (Burlachuk L.F., Korjova Ye.Yu. 1998). Stressli vaziyat sifatida professional qiyin vaziyatning strukturaviy va mazmunli parametrlarini ajratib o‘tish mumkin. R. Lazarus stressli vaziyatlarning uchta tipinikeltirgan.
Birinchi tipi – yo‘qotish vaziyati. Katta shaxsiy ahamiyatga ega bo‘lgan, psixikani jarohatlovchi narsa yoki insonni yo‘qotish (masalan, ishni yo‘qotish).
Ikkinchi tip – xavf-xatar vaziyati. Insondan katta koping-tirishqoqlikni adaptatsion imkoniyatlarini faollashtirishni talab qiladi.
Uchinchi tip – biror narsaga qarshi chiqish vaziyati. Adaptatsiya uchun yengib o‘tishning murakkab va potensial xavfli strategiyalarini talab qiladi. Strukturaviy parametrlarga: valentlik – vaziyatning stressogenligini qabul qilishga ta‘sir ko‘rsatuvchi, uning individual shartlangan sub‘ektiv ahamiyati; nazorat qilinuvchanli – stressli vaziyatni nazorat qilishda shaxsiy qobiliyatiga sub‘ektiv baho berish; o‘zgaruvchanlik – stressli vaziyat mustaqil, sub‘ektiv ishtirokisiz o‘zgarishiga sub‘ektiv baho berish; noaniqlik – vaziyatning noaniqligi va mujmalligini sub‘ektiv baholash; qaytaruvchanlik – stressli vaziyatning qaytaruvchanligini sub‘ektiv baholash; xabardorlilik – shunga o‘xshagan vaziyatlarni kechirish (boshdan o‘tkazish) bo‘yicha shaxsiy tajribaning darajasi (Ababkov V.A., Perre M., SPb., 2oo4).
Tadqiqotimizning vazifalaridan biri, xodimlar tanlovchi mutaxassislar o‘z ishlari vaqtida duch keladigan professional qiyin vaziyatlar tiplarini aniqlash, shuningdek, nomzodlar tiplarini topish hisoblanadi. Ushbu vazifani yechishga kerak bo‘lgan ma‘lumotlarni olishga yordam beruvchi savollar kiritilgan anketalar tuzildi. Anketa ma‘lumotlarini kontent-
tahlil qilish natijasida, respondentlar tomomnidan stressli vaziyat sifatida qabul qilinadigan professional qiyin vaziyatlarning (P+V) 9 ta tipi avniqlandi. Tadqiqotdan olingan ma‘lumotlar 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval.
Professional qiyin vaziyat
Vaziyatlarning umumiy soni orasida foiz (protsent) nisbati (%)

  1. Nomzodning agressiv (tajovuzkor) xulqi26,8.

  2. ochilmaganlik, muloqotga istakning yo‘qligi, to‘liqsiz javoblar16,3.

  3. Nomzodning muloqot vaqtidagi takabburligi (manmanligi)16,3.

  4. Qo‘pol javoblar1o,1.

  5. Nomzod suhbatga holatda1o,1.

  6. o‘z nomzodini zo‘rlab kiritish5,2.

  7. Nomzodlarning kechikishi5,2.

  8. Nomzod tomonidan avvalgi ish beruvchilarga (rahbarlarga) nisbatan insofsizlik (vijdonsizlik)5,2.

  9. Barcha hayotiy omadsizliklar ustidan 5,2.

Shuni ko‘rish mumkinki, ko‘p uchraydigan professional qiyin vaziyatlar - agressiv vaziyati (26,8 %), manmanlik (16,6 %) va suhbatdagi (16, 6 %) nomzodlarning ochilmaganligi.
+o‘pol, odobsiz muloqot va holatdagi vaziyatlar kamroq uchraydi. Bundan tashqari, nomzod o‘zini < zo‘rlab kiritish>, avvalgi rahbarlariga nisbatan insofsizlik qilishi, uchrashuvga kechikib kelishi, bunga hech qanday zarurat bo‘lmasa-da, xodimlar tanlovchi mutaxassisga barcha hayotiy muammolari ustidan uchun ob‘ektni ko‘rishi kabilar professional muloqotning qiyinchiliklarini yuzaga keltiruvchi vaziyatlar hisoblanadi.
Xodimlar tanlan bo‘yicha mutaxassislar javoblarining kontent-tahlili “qiyin” nomzodlarning tipini aniqlashga yordam berdi. Bu javoblar bo‘yicha ma‘lumotlar 2-jadvalda keltirilgan. “qiyin” nomzod tipi.

  1. ochilmaganlar, atrofdagilar uchun «yopiq»lar41,6.

  2. Agressivlar, emotsional beqarorlar29,1.

  3. Takabburlar (manman, kekgayganlar)16,6.

  4. Biror fikrga kelolmaganlar8,3.

  5. Chetga “ketuvchilar” 4,3.

Yuqoridagilardan shu ma‘lum bo‘ladiki, xodim tanlash bo‘yicha mutaxassislar ochilmagan, atrofdagilar uchun «yopiq»lar (41,6 %) va agressiv (29,1 %) nomzodlar bilan muloqotda ko‘proq qiyinchiliklar sezadilar. Bulardan tashqari, manmanlar (16,6 %), biror fikrga kela olmaganlar (8,3) va suhbat predmetidan chetga qiyinchiliklar keltirib chiqarishadi.
Ikki jadval taqqoslanganda, shuni ko‘rish mumkinki, ko‘pincha professional qiyinchiliklar agressiya, «yopiqlik», ochilmaganlik, kekkayganlik bilan bog‘liq vaziyatlarda uchraydi.
Mutaxassislar dezadaptatsiyasi alomatlari sifatida quyidagi kechinmalar aniqlandi. Ish (mehnat) haftasining oxiriga kelib 7o foiz mutaxassislar keskin emotsional va jismoniy holdan toyishni (charchashni) sezadilar, his qiladilar. Aksariyat hollarda kechinmalar astenik hislarga tegishli - yordamga muhtojlik, holsizlik, kuchsizlik, sarosimaga tushish (parokandalik), emotsionalbushlik.Kechinmalarchastotasibo‘yichaikkinchio‘rinnimelonxolikhislaregallaydi

  • pasaygan emotsional fon, apatiya hissi, hayotiy qiziqishlarni yo‘qotish. Mutaxassislarning kam qismigina ish haftasining oxiriga emotsional kechinmalar barqarorligini saqlabqoladi.

Tadqiqotimizning ikkinchi bosqichida, professional faoliyat jarayonida negativ kechinmalari katta chastotaga ega shaxslar, professional dezadaptatsiya ko‘rinishi sifatida
faktori bo‘yicha psixik kuyib ketishga ko‘proq moyil (Vodopyanova N.Ye., Starchenkova Ye.S., 2oo5) .
Shunday qilib, mutaxassislar professional dezadaptatsiyaning oldini olish, negativ kechinmalar va kuyib ketish sindromini kamaytirish maqsadida ularni qiyin nomzodlarning turli tiplari bilan samarali o‘zaro ta‘sir ko‘rsatish texnikalariga, suhbatdan so‘ng psixik zo‘riqishni pasaytirish texnikalariga va asabiy-ruhiy barqarorlikni faol qayta tiklash usullariga o‘rgatish kerak.
Xulosa
Muammoni o‘rganishga bag‘ishlangan adabiyotlar tahlili o‘tkazilgan sinov-tajriba ishlari natijalarining miqdoriy va sifat tahlili asosida quyidagi xulosalarni shakllantirish mumkin:

  1. Har qanday faoliyat (o‘yin, ta‘lim va mehnat) davomida u yoki bu darajadagi zo‘riqishlar bo‘lishimumkin.

  2. Hissiy zo‘riqishlar – stress (jiddiylik), bezovtalanish, qo‘rquv, hayajon, xavotirlik shaklida namoyonbo‘ladi.

  3. o‘quv faoliyatiga xos hissiy zo‘riqishlar ob‘ektiv (tashqi) va sub‘ektiv (ichki) omillar ta‘sirida yuzagakeladi.

  4. o‘smirlarning o‘quv faoliyatidagi hissiy zo‘riqishlar uning samaradorligiga ijobiy va salbiy ta‘sir etishimumkin.

  5. o‘quv faoliyatiga xos zo‘riqishlar barcha o‘smirlar tomonidan bir xil jadallik vadavomiylikda ichdankechirilmaydi.

  6. Hissiy zo‘riqishlar o‘quv faoliyati motivatsiyasi, qiziqishlar va o‘smirlarning psixologik tayyorgarligigako‘ranamoyonbo‘ladi.Qanchalikta‘limmotivatsiyasikuchlibo‘lsa,shunchalik hissiy zo‘riqishlar kam bo‘lishikuzatiladi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, inson o‘zida hayotga muhabbatni, o‘z-o‘ziga ishonchni, o‘z individualligini ro‘yobga chiqarishni, o‘z-o‘ziga bahoning realligini, shaxslararo munosabatlarda murosayu-madorani va eng muhimi insonlar psixologiyasini bilishi lozim. U o‘zi va o‘zgalar psixologiyasini qanchalik chuqur bilsa uning uchun stress holatini yengish shunchalik osonbo‘ladi.

Yüklə 110,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə