O‘zbekston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika va psixologiya yo’nalishi 107-20-guruh talabasi



Yüklə 110,56 Kb.
səhifə4/8
tarix12.05.2023
ölçüsü110,56 Kb.
#109803
1   2   3   4   5   6   7   8
Maftuna 107-20 tahrirlangani

Kurs ishining amaliy ahamiyati.o`quvchilarning o`zlashtirmasligi oldini olish uchun chora tadbirlar tuzish, ularning psixalogik xususiyatlarini o`rganish, amalyotda ushbu yuriqnomalardan foydalanish ishining amaliy ahamiyatini belgilaydi.


KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi.

Nazariy bilimlar hamda amaliy malakalarga ega bo‘lgan va yangi zamonaviy muammolarni muvaffaqiyatli hal qila oladigan mutaxassislar tayyorlash bilan bog‘liq ishlar bugun yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Respublikamizning rivoji, ravnaqi oliy maktablarda tayyorlanayotgan mutaxassislarga bog‘liq ekan, ularni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalash kerak. o‘qituvchi bilan o‘smirning hamkorlikdagi faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bo‘lajak mutaxassislar kasbiy tayyorgarligining asosiy omillaridan biridir.2


Psixologik bilimlarni inson tomonidan o‘rganilishi shuning uchun ham muhimki odamlarning bilimdonligi nafaqat tashqi olamda ro‘y berayotgan ob‘ektiv hodisalar mohiyatiga aloqador bilimlar majmuiga ega bo‘lish bilan, balki hayotda munosib o‘rin egallash, o‘z ichki imkoniyatlari va salohiyatidan samarali foydalangan holda faoliyatini oqilona tashkil etishning barcha sirlaridan boxabar bo‘lish, o‘ziga va o‘zgalarga ta‘sir ko‘rsatishning usul va vositalarini bilish va ulardan o‘z o‘rnida unumli foydalanishni nazarda tutadi.
Kundalik hayotning tobora shiddatli tus olayotgani insonga bo‘layotgan axborot xurujining ko‘pligi, ijtimoiy muammolarning haddan ziyod zidlashuvi natijasida asablarning taranglashishi juda ko‘p insonlarni stress holatiga duchor etmoqda. Shu nuqtai nazardan bizning tanlagan mavzuimiz o‘smirlik yoshi davridagi o‘ziga xos psixik zo‘riqishlar asosiad stress holatlarning yuzaga kelishi va uni bartaraf etish jihatlarini nazariy va amaliyo yoritishga asoslanganligi bilan axamiyatga egadir.
I BOB.O‘smir qizlarda stress holatining yosh psixologik jihatlari nazariy asoslari
1.1.Xorij psixologlari tadqiqotlarida shaxs shakllanishi muammosining tadqiq qilinishi
Respublikamizdaamalgaoshirilayotganta‘limsiyosatiningmuhimjihatlaridanbiriyosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar qilib tarbiyalashdan iboratdir.Barkamolinson ma‘naviy jihatdan yetuk, o‘z vatanining tarixi, buguni va kelajagiuchunkayg‘uradigan, shuningdek,jamiyatning-ijtimoiyiqtisodiytaraqkiyotigao‘zhissasiniqo‘shishishtiyoqidayonib yashaydigan shaxs bo‘lib, bunday shaxsni tarbiyalash bugungi kun talabidir.
O’zbekiston Respublikasi mustaqilligini qo‘lga kiritib, jahonning rivojlangan davlatlar qatoridano‘zining munosib o‘rnini egallash sari dadil qadamlari bilan ilgarilab borar ekan,shubhasis,shumustaqilligini va uning porloq istiqbolini ta‘minlovchi asosiy omil bo‘lishinsonomilining ahamiyati tobora ortib boraverdi. Chunki, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanganharqanday davlat quvvatini va uning salohiyatini birinchi navbatda shu davlatni har tomonlama rivojlangan, taraqqiyotning bugungi va ertangi kuni intellektual va ahloqiy, ijtimoiy-psixologik jihatlari bilan javob bera oladigan fuqarolari, ishlab chiqarish va boshqaruv tizimlarida faoliyat ko‘rsata oladigan kadrlar belgilab beradi. Bunday kadrlar esa shu Vatan uchun xizmat qiladigan shu yurtni deb, shu elni deb yashaydigan shu yurt farzandlari orasidan yetishib chiqadi va
tarbiyalanadi.3
Shaxsning har tomonlama kamol topishi ta‘lim jarayoni, uning tashkil etilishi va amalga oshirish usul va vositalariga ham muayyan darajada bog‘liqdir. Muvaffaqiyatli ta‘lim olish, bilimlarni egallashning optimal asosi o‘kuv, intellektual ko‘nikma va malakaning shaxsdagi o‘zlikni anglash, o‘z-o‘zini baholash hamda bilish kabi ko‘rsatgichlar bilan uyg‘un ravishda shakllanishi hisoblanadi.
Jahon psixologiyasi fanida shaxsning kamoloti, uning rivojlanishi to‘g‘risida xilma-xil nazariyalar yaratilgan bo‘lib, tadqiqotchilar inson shaxsini o‘rganishda turlicha pozitsiyada turadilar va muammo mohiyatini yoritishda o‘ziga xos yondashishga egadirlar.
Biogenetik nazariyaning yirik namoyondalaridan biri bo‘lmish amerikalik psixolog S.Xoll psixologik taraqqiyotning bosh qonuni deb ―rekapitulyatsiya qonuni ni (filogenezni qisqacha takrorlashni) hisoblaydi. Uning fikricha, ontogenezdagi individual taraqqiyot filogenezning muhim bosqichlarini takrorlaydi.
olimning talqiniga binoan, go‘daklik hayvonlarga xos taraqqiyot pallasini qaytarishdan boshqa narsa emas. Bolalik davri esa qadimgi odamlarning asosiy mashg‘uloti bo‘lgan ovchilik va baliqchilik davriga aynan mos keladi.
8-12 yosh oralig‘ida o‘sish davri o‘smiroldi yoshidan iborat bo‘lib, yovvoyilikning oxiri va sivilizatsiyaning boshlanishidagi kamolot cho‘qqisiga hamohangdir. o‘spirinlik esa jinsiy yetilishidan (12-13) boshlanib, to yetuklik davri kirib kelgunga qadar (22-25 yoshgacha) davom etib, u romantizmiga ekvivalentdir. S.Xolning talqiniga qaraganda, bu davrlar ―bo‘ron va tazyiqlar , ichki va tashqi nizolar (konflikt)dan iborat bo‘lib kechishi davomida odamda ―individuallik tuyg‘usi vujudga keladi. Shaxsni rivojlanishiningushbu nazariyasi o‘z davrida bir talay tanqidiy mulohazalar manbai vazifasini o‘tadi, chunki inson zotidagi rivojlanish bosqichlari filogenezni aynan takrorlamaydi va takrorlashi ham mumkinemas.
E.Shpranger ―o‘spirinlik davri psixologiyasidegan asarida qizlarning 13 yoshdan 19 yoshgacha, yigitlarning esa 14 yoshdan 22 yoshgacha kiritishni tavsiya qiladi. Ushbu yosh davrida yuz beradigan asosiy o‘zgarishlar E.Shprangerbo‘yicha:

  • shaxsiy― Menni kashfqilish;

  • refleksiyaningo‘sishi;

  • o‘zining individualligini anglash (tushunish) va shaxsiy xususiyatlarini e‘tirof qilish;

  • hayotiy ezgu rejalarining paydo bo‘lishi;

  1. o‘z shaxsiy turmushini anglagan holda qurish ustanovkasi va boshvaholatlar.

Uning fikricha, 14-17 yoshlarda vujudga keladigan inqirozning mohiyati ularga kattalarning bolalarcha munosabatidan qutulish tuyg‘usini tug‘ilishidan iboratdir. 17-21 yoshlarning yanabir xususiyati-o‘zining tengqurlari va jamoatchilik qurshovidan ―uzilish inqirozi va tanholik tuyg‘usining paydo bo‘lishidir. Bu holatni tarixiy shartlanganlik shart- sharoitlar va omillar vujudgakeltiradi.
E.Shpranger, K.Byuler, A.Maslou va boshqalar personologik nazariyaning yirik namoyondalari bo‘lib hisoblanadilar.
Sobiq sho‘ro psixologiyasida rivojlanishi muammosi L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, B.G.Ananev, L.I.Bojovich singari yirik psixologlarning asarlarida o‘z aksini topa boshlagan. Sobiq sho‘ro psixologiyasining yirik namoyondasi, L.S.Vigotskiyning shogirdi L.I.Bojovich shaxs shakllanishini muayyan davrlarga bo‘lishda motivlarga asoslanadi, shuning uchun bu yondashuvni motivatsion deb yuritish mumkin. L.I.Bojovich mulohazasiga binoan, shaxsning shakllanishi ushbu darajalardan iborat:

    • birinchi bosqich-chaqaloqlik-tug‘ilgandan to 1yoshgacha,

    • ikkinchi bosqich-motivatsion tasavvur - 1 yoshdan 3yoshgacha,

    • uchinchi bosqich-―Menni anglash davri-3yoshdan 7yoshgacha

    • To‘rtinchi bosqich-ijtimoiy jonzod ekanligini anglash davri - 7 yoshdan 11yoshgacha,

    • beshinchi bosqich:

o‘z-o‘zini anglash davri - 12 yoshdan 14yoshgacha,
o‘z o‘rnini belgilab olish (topish) davri - 15 yoshdan 17yoshgacha.
Shaxsning o‘zini-o‘zi baholash u hammaning o‘rtasida bildiradigan fikr ham, samimiy ravishda o‘zi haqida nimani o‘ylashi bilan ham belgilanmay, balki muntazam ravishda o‘ziga nisbatan qanday harakat qilishi bilan belgilanadi. Agar inson unga e‘tiborsizlik qilishlariga o‘ta hissiyotli bo‘lsa, agar u zaifliklari namoyon bo‘lishi mumkin bo‘lgan vaziyatlardan qochishga zo‘r berib urinsa, uni ish qobilyatini yomonlashtiradigan darajagacha orzularga berilsa, uning o‘ziga ishonmaslik xususida xulosa chiqarish mumkin. Va aksincha, hatto inson juda kamtar bo‘lib tuyulsa-da, o‘ziga o‘zi ancha yuqori baho berishi to‘g‘risida hukm chiqarish imkonini beradigan mezonlar ham mavjud bo‘lsa, u atrofdagilarni haqoratlamay, o‘z nuqtai nazariga amal qiladi; agar boshqalar u bilan rozi bo‘lmasalar unchalik xafsalasi pir bo‘lmaydi; u muvaffaqiyatsizlikka uchraganda o‘zini-o‘zi oqlamaydi va umidsizlikka uchramaydi. U boshqa odamlarga hurmat bilan munosabatda bo‘ladi va boshqalardan o‘ziga nisbatan salbiy fikrnikutib o‘tirmasdan va maqtovlarni rad etmay, qo‘lidan kelganicha boshqalarga yordam berishga intiladilar.



Yüklə 110,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə