P f. f d.,PhD,dotsent N. I. Kamolova


Salomatlik va atrof -muhitga oqibatlari



Yüklə 23,02 Kb.
səhifə6/8
tarix25.12.2023
ölçüsü23,02 Kb.
#161146
1   2   3   4   5   6   7   8
6-Mavzu Tabiiy Suvning ifloslanish turlari

Salomatlik va atrof -muhitga oqibatlari

  • Noto'g'ri ovqatlanish: to'yib ovqatlanmaslik parhez, sog'liq va parvarish o'rtasidagi bog'liqlik tufayli etarli bo'lmagan ovqatlanish va yuqumli kasalliklar bilan bog'liq. Shunday qilib, sog'lom ovqatlanish ovqatlanish ehtiyojlarini qondiradi, shu bilan birga, ichimlik suvi zarur bo'lgan sog'liqni saqlash xizmatlari, sanitariya inshootlari va etarli sanitariya -gigiena choralarini ta'minlaydigan etarli muhitni talab qiladi.
  • Ekotizimlar: Chuchuk suvning yomon ahvoli atrof -muhitga jiddiy ta'sir ko'rsatadi, chunki u yashash muhitiga ta'sir qilib, suv biologik xilma -xilligini yo'qotadi va zararli yosunlar yoki evtrofikatsiyani osonlashtiradi.

Iflos suvlarni tozalash

  • Zavod va fabrikalardan chiqqan tashlandiq suvlardan qimmatbaho moddalarni ajratib olish va suvni qaytadan ishlatish xo’jalik uchun katta iqtisodiy samara bermoqda. O’rmon, texnika sanoatiga tegishli zavodlar chiqindilaridan nitrobenzol, anilin bo’yoq zavodlari chiqindilaridan brom va anilin, koks, kimyo zavodlari tashlandiqlaridan turli fenollar va kimyo zavodining chiqindi suvlaridan esa sulfat kislotasini ajratib olish mumkin. Yaqin kunlargacha bir tonna ruda eritib olish uchun 80 m3 suv sarflangan bo’lsa, hozirgi zamon texnikasi bilan qurollangan ba’zi sex va zavodlar shu miqdordagi rudaga 4 m3 suv ishlatmoqda. Biroq hamma zavod va kombinatlar hozirgi zamon texnikasi bilan to’la ta’minlangan emas. Metallurgiya zavodlarida suvni muhofaza etishda Xarkov “Giprostal” instituti ilmiy xodimlarining xizmati katta. Ular domna, marten va boshqa pechlarni sovitishda suv o’rniga havodan foydalanishni taklif etishdi. Hozirgi kunda mamlakatimizning bir qancha sanoat korxonalaridan ko’plab iflos chiqindi suvlar chiqmoqda. Xo’jalik maishiy obyektlardan chiqan iflos suv ilgarigiga qaraganda endilikda 4 marta ko’p.

Iflos suvlarni tozalash

  • Iflos suvlarni mexanik usul bilan tozalaganda maxsus qurilmalar yordamida suvga qo’shilgan og’ir zarralar, suv yuzasidagi moy-yog’, neft va boshqa moddalar ushlab qolinadi. Iflos suvlarni kimyoviy usul bilan tozlashda turli reagentlardan foydalaniladi. Reagentlar ba’zi birikmalar bilan reaksiyaga kirishsa, boshqalari esa zararsizlantirib turadi.Iflos suvlarni biologik usulda sun’iy sharoitda tozalash mumkin, bundan tashqari mikrobiologik, biokimyoviy jarayonda tozalash anchagina ahamiyatga ega. Tabiatda suvni biologik usul bilan tozalashda daryo trassalari va tekis maydonlardan foydalaniladi. Chunki iflos suv tuproq orqali o’tganda zararli moddalar tuproq qatlamida qoladi. Suvni tuproqlarda tozalashda kichik suv omborlaridan ham foydalaniladi. Bu holda bir necha ming suv havzasi bir-biri bilan tutashgan bo’lishi kerak. Chunki tinigan iflos suv bir havzadan ikkinchi bir havzaga o’tganda tozlanib o’tadi. Iflos suvni biologik usulda sun’iy sharoitda tozalash uchun maydonchalarga maxsus qurilmalar quriladi. Yirik va o’rta kattalikdagi materiallar ustida turli qalinlikda aerob mikroorganizmli biologik plyonka qoplanadi va iflos suv shu materillardan o’tkaziladi. Natijada biofiltr suvdagi turli zararli moddalarni olib qoladi va suvni toza holda chiqaradi.

Yüklə 23,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə