P f. f d.,PhD,dotsent N. I. Kamolova


Suvlarning ifloslanishi va isrof qilinishi



Yüklə 23,02 Kb.
səhifə7/8
tarix25.12.2023
ölçüsü23,02 Kb.
#161146
1   2   3   4   5   6   7   8
6-Mavzu Tabiiy Suvning ifloslanish turlari

Suvlarning ifloslanishi va isrof qilinishi.

  • Suvsiz hayot yo‘q lekin inson o‘zining befarq faoliyati tufayli suvni shunchalik ifloslantirganki, endilikda bunday suv tabiatdagi barcha tiriklikni emiruvchi manbaga aylandi. Buning natijasi esa tuproq tarkibining buzilishiga, hayvonlar va insonlarning har xil kasalliklariga chalinishiga olib keldi. Suvga nisbatan bunday noto‘g'ri munosabatda bo‘lish faqat ekologik falokat emas, balki ma'naviy fojea hamdir.Suvlarni ifloslovchi manbalar juda ko‘p: va xilmaxildir. Bularga sanoat korxonalari va maishiy xo‘jalikdan chiqadigan oqova suvlar, qazilma boyliklarni ishlab chiqarishdagi oqovalar: neftni qayta ishlash korxonalaridan chiqadigan suvlar; kasalxonalardan oqib chiqadigan, chorvachilik komplekslardan oqib chiqadigan tozalanmagan suvlar va boshqalar kiradi.

Suvning ifloslanishi va ifloslanish turlari

  • Dunyo okeanlariga tashlanayotgan neft mahsulotlari, sanoat-maishiy chiqindilar, okova suvlar, radioaktiv va turli zaharli kimyoviy moddalar salmog'i yil sayin ortmoqda. Dunyo okeani suvlariga yiliga taxminan 10 mln. tonna neft mahsulotlari qo‘shilmoqda. Dengiz ostidan neft qazib olish oqibatida yiliga 100-200 ming tonna neft quduqlaridan chiqib okean suvini ifloslantirmoqda. Yaqinda Portugaliya qirg'oqlarida avariyaga uchragan Gresiya tankeridan 11 ming tonna neft Atlantika okeaniga oqib suvni ifloslantirgan. Oqibatda Portugaliya, Ispaniya yaqinidagi okean suvidagi hayvon va o‘simliklar dunyosi ancha talofat ko‘rdi. Okean suvlariga neft to‘kilganda suv yuzasini parda qoplab, okean va atmosfera o‘rtasida issiqlik, gaz almashinuvi jarayonini buzadi. Oqibatda tabiatda suvning aylanma harakati, okean yuzasining radioaktiv hususiyatlari o‘zgarib, suvdagi hayvon va o‘simliklarning nafas olishi, hayotini qiyinlashtiradi.

Suvning ifloslanishi va ifloslanish turlari

  • Okean suvlariga yilida bir necha yuz ming tonna pestisidlar daryolar va atmosfera havosi orqali tushadi. Dunyo okeaniga simobning 30-35% (9-10 ming tonna), qo‘rg'oshinning 2 mln.tonnasi tushlanyapti. Yakinda (2005 yil) Xitoydagi zavod avariyasidan Amur daryosiga oqqan nitrobenzol, kadmiy va boshqa moddalar undan Tinch okeaniga oqib o‘tdi. Bulardan tashqari kemalardan yiliga taxminan 7 mln.dona turli metal buyumlar, 500 ming donadan ziyod shisha idishlar, 1 mln.dan ortiq qog'oz va plastmassa qutichalar okeanlarga chiqindi sifatida tashlanmoqda
  • Okean suviga tashlangan pestisidlar undagi o‘simliklarni fotosinteziga zararli ta'sir etadi, hayvonlarni og'ir kasalliklar va o‘limga mahkum etadi. Okeanga tashlangan og'ir metallar esa hayvon mahsulotlari orqali kishilarni zaharlaydi. Okean suvlari ifloslanganligi uchun ba'zi kurort shaharlari yaqinidagi joylarda hatto cho‘milish taqiqlangan. Okean suvlarini ifloslanishi tufayli ularda baliq ovlash 15-25 mln.tonnaga kamayib ketdi, faqat baliq ovlashdan Yaponiya yilida 100 mln.dollar, AQSh da okean suvlari ifloslanishining barcha yo‘qotishlari 10 mlrd.dollardan ortiqni tashkil etadi. Agar okean suvining ifloslanishini oldini olish borasida barcha mamlakatlar keskin choralar ko‘rmasalar mashhur fransuz okeanologi Jak Kustoning bashoraticha "Sanoat va turizm rivojlangan yirik davlatlar zaharlashni to‘xtatmas ekanlar, asrimizning so‘ngidayoq okeanlarda hayot yo‘qoladi"
  • Hozirgi davrda sayyoramizda ichimlik suvi yetishmasligidan 2 mlrd.kishi qiynalyapti. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ning bosh kotibi Kofi Annanning fikricha, 2015 yilda sayyoramizdagi aholining yarmi ichimlik suvi etishmasligidan qiynalib qoladi, 2025 yilda esa sayyoramiz aholisini uchdan ikki qismiga ichimlik suvi yetmay koladi. Odam soni hozirgi darajada ko‘payib borsa, bu 7,5 mlrd.kishini tashkil etadi.
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə