uzunchoq miya, Varoliy ko‘prigi va miyacha kiradi. Uzunchoq miya bi
lan Varoliy ko'prigi orqa miyaning go‘yo bevosita davomidir. Lekin shu
bilan birga, uzunchoq miya orqa miyaga qaraganda hiyla murakkabroq
funksiyani o'taydi. Uzunchoq miya orqali orqa miyadan bosh miyaning
yuqoriroqdagi bo'limlariga va aksincha, bosh miyaning yuqoriroqdagi
bo limlaridan orqa miyaga impulslar o‘tib turadi. Uzunchoq miya yadro-
lari emish, chaynash, yutish, so‘lak ajratish, me’da va me’da osti bezidan
shira ajratish, qusish va shunga o'xshash bir qancha murakkab reflektor
jarayonlarda qatnashadi. Nafas olishni, yurakning ishlashini idora etadi
gan, qon tomirlar tonusini saqlaydigan markazlar uzunchoq miyadadir.
Miyacha markaziy nerv sistemasining pastdagi hamma bo'limlariga,
shuningdek, yuqoriroqdagi qismlariga ko'p yo'llar bilan mahkam
bog'langandir. Miyachaning juda katta ahamiyatga ega ekanligi loaqal
shundan ham ko'rinadiki, miyacha olib tashlangandan keyin tananing
muvozanat va harakat funksiyalari juda ham buziladi, shakllanadi; ha
rakatlar tartibsiz tuzilgan chalkash, poyma-poy bo'lib qoladi. Miyachasi
olib tashlangan hayvon qaddini ko'tarib va boshini tutib turolmaydi; boshi
va tanasi doim tebranib turadi; omonat, poyma-poy, haddan tashqari
keskin harakatlar qiladi va hokazo.
0 ‘rta miya.
Muskul tonusining normal taqsimlanishini va gavdaning
tovush hamda yorug'lik singari qo'zg'ovchilarga, shuningdek, og'irlik kuchi-
ga nisbatan to'g'ri turishini idora qiladi.
Oraliq miya muhim funksiyalarni o'taydigan bir qancha nerv uchast-
kalaridan iborat, gavdaning umumiy sezuvchanligini ham o'rta miya ido
ra etadi. Pastroqdagi vegetativ markazlarning ishlarini birlashtiradigan va
muvofiqlashtiradigan oliy vegetativ markazlar ham o'rta miyada deb taxmin
qilinadi.
Uzunchoq miya, Varoliy ko'prigi, o'rta miya va oraliq miya hammasi
birgalikda
Dostları ilə paylaş: