P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


R E F L E K S O L O G IY A



Yüklə 25,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə530/551
tarix28.03.2022
ölçüsü25,74 Mb.
#84801
1   ...   526   527   528   529   530   531   532   533   ...   551
2 5463028049224140945

R E F L E K S O L O G IY A

Amerika  bixeviorizmi  bilan  deyarli  bir  vaqtda  Rossiyada  ham  psi­

xologiyada  alohida  obyektiv  yo'nalish  paydo  bo'lib,  uning  tashkilotchisi 

professor V.M.  Bexterev  (1857—1927)  edi.

Bexterov  ham,  bixevioristlar  singari,  o'z-o'zini  kuzatish  metodini  va 

empirik psixologiyani  subyektiv hamda ilmiy emas,  deb qattiq tanqid qil­

di.  U  ilmiy  psixologiya  tashqi  kuzatish  va  eksperimentga  asoslanmog'i 

kerak,  deb  hisobladi.  Sirtdan  turib  psixika  —  ongni  kuzatish  mumkin 

bo'Imaganligi  uchun,  psixologiya  oddiy  (tug'ma)  va  murakkab  (hosil  qi­

lingan)  reflekslarga asoslangan  tashqi reaksiyalarni o'rganmog'i  kerak.  Bu 

nomlar  Pavlovcha  shartsiz  va  shartli  reflekslarga to'g'ri  keladi.

V.M.  Bexterov o'z ta’limotini obyektiv psixologiya deb, keyinchalik esa 

refleksologiya  deb  atadi.  Bexterov  inson  shaxsining  barcha  murakkab  ha­

rakatlarini  mashinaga  o'xshagan  mexanik  faoliyat,  reflekslar  zanjiri  va 

qo'shilishi  deb  hisoblaydi.  Masalan,  Bexterovning fikricha,  inson  ongining 

ijod  singari  murakkab  harakatlari  ham  ma’lum  bir  maqsadni  ko'zlagan, 

bir-birlari  bilan  ulangan  reflekslar  yig'indisidir,  maqsad  esa  o'zining 

o'tmishdagi  tajribasidan  yoki  boshqalarning  tajribasidan  olinadi.  Bixevio- 

rizmdagi  singari,  refleksologiyada  ham,  hissiyot,  diqqat,  xotira,  tafakkur, 

iroda kabi barcha an’anaviy psixologik tushunchalar shartsiz (sodda) reflekslar 

va  shartli  (murakkab)  reflekslar  haqidagi,  markazlashish,  reproduktiv, 

oriyentirovka reflekslari  haqidagi,  nutq reflekslari  haqidagi ta ’limotlar bilan 

almashtiriladi.  Psixologik  terminlar  biologiya,  fizika  va  mexanika  sohasi-



dagi  terminlar bilan  almashtirilgan  edi,  masalan,  irradiatsiya.  konsentratsi- 

ya,  differensiatsiya,  tormozlanish, tormozlanishning yozilishi  va boshqalar.

Bexterovning  psixik  faoliyati  haqidagi  ta’limoti,  aslida,  Amerika  bi- 

xevioristlarining  ta’limotini  takrorlagan  edi.




Yüklə 25,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   526   527   528   529   530   531   532   533   ...   551




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə