P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


V Y U R S B U R G   M A K T A B I  P S IX O L O G IY A S I



Yüklə 25,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə531/551
tarix28.03.2022
ölçüsü25,74 Mb.
#84801
1   ...   527   528   529   530   531   532   533   534   ...   551
2 5463028049224140945

V Y U R S B U R G   M A K T A B I  P S IX O L O G IY A S I

XX  asming  boshlarida  Germaniyada  Vyursburg  maktab  psixologiyasi 

deb  atalgan  alohida  yo'nalish  paydo  bo'ldi.  Bu  yo‘nalishning  vakillari

O.  Kyulpe  (1862-1915),  K.  Byuller (1879-1922), A.  iMesser (1837-1937), 

Ax  Nartsis  (1871-1946)  va  boshqalardir.

Ular assotsiativ  psixologiyani  tanqid  qilib  chiqdilar va  tekshiriluvchi- 

larning o'z-o'zini kuzatishlariga asoslangan maxsus eksperimentlar o'tkazish 

yo'li  bilan,  yuksak  psixik  jarayonlarni,  asosan,  tafakkurni  sodda  psixik 

elementlarga  sezgilar va  tasawurlarga  bo'lib  qo'yish  bu  murakkab  psixik 

jarayonlarni  shu  elementlardan  tarkib  topadilar,  deb  ta’lim  berish  mum­

kin emasligini isbotlashga intildilar.  Bu eksperimentlamingtashabbuskorlari 

va  uyushtiruvchilari  boMgan  Kyulpe,  Messer,  Byuller  hamda  boshqalar 

psixologik  eksperimentlarini  o'zlari  ustida  sinab  ko'rganlar.

U lar  o'z  eksperim entlarining  yakunlarini  analiz  qilib,  tafakkur 

yuritish  aniq  o'lchash  mum kin  bo'lgan  vaqtni  talab  qiladi,  deb 

ta ’kidlashga  intildilar.  Biroq,  tafakkur  jarayonining  mazmunini  esa 

«ilintirib  olish»  ham  mumkin  emas  ekan,  bu  jarayonning  tarkibidagi 

sezgilarni,  tasaw urlam i,  so'zlarni  va  boshqa  yaqqol  elementlarni  «il­

intirib  olish»  mumkin  emas  ekan.  Tafakkur  ham,  sezgi  singari,  bir­

lamchi  hodisa  ekan:  u  o'z tabiatiga  ega  bo'lib,  tajribaga  bog'liq  emas, 

degan  xulosaga  keldilar.

Vyursburg  maktabining  vakillari  tafakkur  funksiyasining  birlamchiligi 

va o'ziga xosligi  haqidagi ta’limoti bilan, tafakkur ruhning alohida qobiliya- 

tidir,  degan  tafakkur hukmidagi sxolastik ta ’limotni,  ruhni  alohida moddiy 

boMmagan  mohiyatdir,  deb  ta’riflovchi  metafizik  ta’limotni  faqat  boshqa 

iboralar bilan  ifodalagan  holda  qaytadan  takrorladilar,  xolos.

Vyursburg maktabining xulosalari psixologiyadagi o'ta ketgan  idealizm- 

ning vakillari,  xususan,  professor  Chelpanov  tomonidan  yuqori  baholan- 

di.  Chelpanov  bu  xulosalardan  insonda  moddiy  boMmagan  alohida  sub­

stansiya  sifatidagi  ruhning  borligini  isbotlovchi  eng  kuchli  dalillardan  biri 

sifatida  foydalandi.

Vyursburg  maktabi  psixologlarining  asarlari  va  ulaming  tafakkurning 

mohiyati  haqidagi  xulosalari  chet  el  psixologiyasida,  ayniqsa,  sovet  psi- 

xologiyasida qattiq tanqid qilindi.  Vyursburg maktabi  psixologlarining asar­

lari  psixologiyada idealizmni  mustahkamlashga qaratilgan  muvafTaqiyatsiz 

urinishlardan  biridir.

Vyursburg maktabi psixologlari qarashlarining ilmiy jihatdan asossizligi,



bixevioristlar  va  refleksologlaming  qarashlari  singari,  sovet  psixologlari­

ning tanqidiy  asarlarida  to'la-to'kis  isbotlangan.

Nazariyotchilar  hayvon  psixikasi  va  inson  ongining  genetik  birligi 

hamda  sifat  jihatidan  farqi  haqidagi,  inson  ongining  mehnatda  paydo 

bo'lganligi va tarixiy taraqqiyoti  haqidagi ta’limotni  asoslab berib,  psixika 

va  ongni  tushunishdagi  idealistik  va  mexanistik  qarashlarni  mukammal 

tanqid qilindi.  Dialektik materializm namoyandalari inson ongining taraq­

qiyotida  ijtimoiy-tarixiy  hayot  shakllarining  ahamiyatini  ko'rsatdilar  va 

tarixda  inson  ongining  faolligini  isbotlab  berdilar.

Metafizik  —  psixolog  ruh  nima  degan  narsa  haqida  mulohaza  yurit- 

gan.  Bunda  usulning  o'ziyoq  behuda  edi.  Xususan,  psixik  jarayonlarni 

tushuntirmasdan  turib,  ruh  haqida  mulohaza  yuritish  mumkin  emas:  bu 

yerda  progress  xuddi  shundan  iborat  bo'lmog'i  kerakki,  ruh  nima,  degan 

masalalar  haqidagi  umumiy  nazariya  va  falsafiy  uydirmalarni  uloqtirib 

tashlash va ma’lum psixik jarayonlarni xarakterlaydigan faktlarni o'rganishni 

ilmiy  zamirida  ko'ra  bilishga  erishishdir.




Yüklə 25,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   527   528   529   530   531   532   533   534   ...   551




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə