P. S. Su L t o n o V ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari



Yüklə 5,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/186
tarix07.04.2023
ölçüsü5,7 Mb.
#104623
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   186
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari. Sultonov P

Potensial tabiiy resurslar 
deb jamiyat taraqqiyotining hozirgi 
bosqichida qidirib topilgan, qism an va m iqdoran aniqlangan 
resurslarga aytiladi. Ammo ulardan foydalanish turli sabablarga 
ko‘ra ayni paytda davlat tomonidan maqsadga muvofiq emas deb 
topilgan bo ‘lishi mumkin. Boshqa so‘z bilan aytganda, ulardan 
fo y d ala n ish u ch u n texnik v o s ita la r y e ta rli b o 'lm a g a n , 
xomashyolami qayta ishlash texnologiyalari ham ishlab chiqilmagan 
yoki urauman yaratilmagan bo‘lishi mumkin. Masalan, tosh davrida 
metall potensial resurs emas edi. Chunki inson uni ajratib olish 
texnologiyasini bilmas edi. Bronza asriga kelib temir rudalari 
potensial resurslarga aylanib qoldi. Chunki insonlar rudadan temimi 
ajratib olish texnologiyasini o'zlashtirib oldilar.
Y er sa y y o ra sin in g p o ten sia l yer re su rsla rig a c h o 'lla r, 
tog‘liklar, botqoqliklar, sho‘rlangan hududlar, doimiy muzliklar 
ham kiradi. Hozirgi davrga kelib insonlarning yer resurslariga 
b o ‘lg a n e h tiy o jla rin in g to b o r a o s h ib b o r a y o tg a n lig ig a
qaram asdan m avjud barcha yerlarni qishloq x o ‘jaligi uchun 
o ‘zlashtirishning im koniyati y o ‘q. M asalan, botqoqliklarni 
o ‘zlashtirishda drenajlar o'tkazish, sho'rlangan hududlar tuzini 
yuvish va oqavalarni chiqarib yuborish uchun drenajlar yotqizish 
ishlariga katta m iqdorda sarf-xarajatlar talab etiladi, shuningdek, 
y e rla rn in g s h o ‘rin i y u v ish u c h u n c h u c h u k suv b ila n
ta ’minlashning iloji yo‘q. Doimiy m uzliklar bilan qoplangan 
hududlarda dehqonchilik qilishning iloji b o im a sa -d a , sanoat 
korxonalari qurish, qazilma boyliklarni qazib olish imkoniyatlari 
mavjud. Potensial resurslarga bir qator kosmik resurslar - quyosh


energiyasi, dengiz suvlarining k o ‘tarilishi va qaytishi, shamol 
energiyalari va b o sh q a la r h am kirad i. O lim lar tom onidan 
potensial kosmik resurslardan foydalanish usullarini yaratishga 
b o 'lg an qiziqish to b o ra o rtib borm oq d a. K elajakda quyosh 
r a d ia ts iy a s in i q u y o sh e n e rg iy a s ig a t o ‘g ‘r i d a n - to ‘g ‘ri 
ay lantirishning nisbatan arzon usullarini yaratish bir q ato r 
m am lakatlarni isitish tizimlari uchun sarf etiladigan energiy aning 
50 foizini qoplashi m um kinligi hiso blab chiqilgan. Quyosh 
energiyasidan foydalanish sayyoram izni ekologik inqirozdan 
q u tq arish d a asosiy omil h iso blan adi. U ning yerdagi asosiy 
m a n b a i esa y ash il o ‘s im lik la rd ir. 0 ‘z b e k isto n d a quyosh 
en ergiyasid an fo y d alan ish , yangi tex n o lo g iyalar va texnik 
vositalarni joriy etish bo'yicha sohalararo « 0 ‘zgeleotexnika» 
ilmiy-texnik m arkazida, «Fizika-quyosh» ilmiy ishlab chiqarish 
b irla s h m a s id a , 
0 ‘z b e k is to n
R e s p u b lik a s i 
F a n la r
akadem iyasining energetika va avtom atika ilmiy tadqiqot va 
loyiha institutlarida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Barcha tabiiy resurslar, albatta, shartli ravishda tugaydigan 
va tugam aydigan resurslarga b o iin a d i (3-jadval).
3-jadval
T ab iiy re su rsla r tasnifi

Yüklə 5,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə