P. S. Su L t o n o V ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari


Noosfera grekchada noos - aql, ong, spaira - sferik qobiq



Yüklə 5,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/186
tarix07.04.2023
ölçüsü5,7 Mb.
#104623
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   186
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari. Sultonov P

Noosfera grekchada noos - aql, ong, spaira - sferik qobiq
d em ak d ir. N o o sfe ra ja m iy a t bilan a tro f-m u h itn in g o 'z a ro
t a ’sirlashuv m akonidir. Boshqacha qilib aytganda, noosfera -
bu fikrlovchi qobiq yoki insonning ongli faoliyati t a ’sirida 
jam iyat va tabiatning evolutsion rivojining asosiy harakatga 
keltiruvchi kuchi yoki omilidir. Bu omil avval yerda so 'ngra yer 
atrofidagi kosm ik bo'shliqda ham yetakchi o 'rin tuta boshlaydi. 
N o o sfe ra a ta m a s i d a s tla b fra n su z filosofi E .L eru a(1 9 2 7 ) 
to m o n id a n q o ‘lla n ilg a n . U n in g tu s h u n is h ic h a , n o o sfe ra
biosferaning oliy 
«ma’naviy» 
bosqichi hisoblanadi. Boshqa bir 
fransuz k ato lik filosofi P.Teyyar D e Sharden esa noosferani 
biosferaning ustki 
fikrlovchi 
qatlam i deb tushungan.


R u s olim i V .I.V e rn a d s k iy o ‘z in in g b io g eo k im y o v iy
tadqiqotlariga asoslanib, «Insonning xo'jalik va ishlab chiqarish 
faoliyati tufayli tabiat kuchli o'zgarishga uchraydi, bu jarayonda 
inson bosh o ‘zg artiru v ch i kuchga ay lanadi va u biologik 
evolutsiyaning yo‘nalishini belgilovchisi bo'lib qoladi. Inson 
bilan biosfera o ‘rtasidagi o 'zaro m unosabat umumsayyoraviy 
xarakter kasb etadi. Inson faoliyati tufayli tabiatda m odda va 
energiya ay lanish inin g yangi tu ri, y a ’ni 
antropogen modda
aylanishi 
q aro r topadi. Buning natijasida yerdagi biogeosenoz 
jarayoni noogeosenozga o ‘tadi. O qibatda biosfera o'zining sifat 
jih a tid a n yangi bosq ichi n o o sfe ra g a o ‘tadi», degan ilmiy 
asoslangan xulosalarga keladi. Noosfera haqidagi fikrlar so‘nggi 
30-40 yil ichida dunyo b o ‘ylab keng tan olindi. Hozirgi ilmiy- 
te x n ik a ta r a q q iy o ti r iv o jla n g a n s h a ro itd a b io sfe ra n in g
n o o sferag a aylanishi um um sayyoraviy m iqyosdan fazoviy 
miqiyosga o ‘tib borm oqda. C hunki insonning ongli faoliyati 
ta ’siri nafaqat yerda, balki unga yaqin b o ‘lgan koinotni ham 
qam rab olm oqda. N oosfera tushunchasi asl m ohiyatiga ko ‘ra 
inson bilan tabiat o ‘rtasida uyg‘unlashgan m utanosib o ‘zaro 
m unosabatlarning q aror topishini va oxir-oqibatda jam iyat bilan 
ta b ia t o rasid agi m avjud q a ra m a-q a rsh ilik larn i m ukam m al 
darajada hal etilishini bildiradi. N oosferaning shakllanishida 
atrof-m uhit ifloslanishining oldini olish, tabiatga yetkazilgan 
«jarohatlar»ni davolash, biologik tizimlar evolutsiyasini ongli 
ravishda boshqarish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish 
m asalalarining to ‘g ‘ri hal etilishi m uhim aham iyatga ega.
B io sfe ra ta r a q q iy o ti f a q a t in s o n la rn in g ilm iy -te x n ik
imkoniyatlari, salohiyatigagina bog'liq b o ‘lib qolm asdan, balki 
jamiyatningijtimoiy-siyosiy holatiga, y a’ni tinchlik, barqarorlik, 
ham jihatlik holatiga ham bog‘liq bo'ladi.
Y u q o rid ag ilard a n m a ’lum b o 'la d ik i, n oosfera t a ’lim oti 
ijtimoiy, tabiiy va texnik fanlarni ham da insonning turli ishlab 
chiq arish so h alarin in g uzviy in teg ratsiy asin i taq ozo etadi. 
Noosfera oqilona tarzda tuzilgan tab iat va jam iyatdan iborat 
biosferaning kelajakdagi yangi holatidir, y a’ni taraqqiyotning 
noosfera bosqichida jam iyat bilan tabiat bir butun yaxlit tizim 
tarzida faoliyat k o ‘rsata boshlaydi.


1. H ayot va uni vujudga kelishi haqida nim alarni bilasiz?
2. Biosfera nima?
3. Biosferani yer qobiq larid an biri sifatida 
ajratilishini 
asoslab bering.
4. Tabiatda yuz beradigan m odda va energiya harakatida tirik 
organizm larning tutgan о ‘m ini tushuntiring.
5. Inson va uning tirik organizm lar orasida tutgan o'rnini 
izohlab bering.
6. Ongli qobiq «noosfera» deyilganda nim ani tushunasiz?

Yüklə 5,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə