Paralell toklarning o’zaro magnit ta’siri. Tok kuchi birligi-Amper. Magnit maydonda harakatlanayotgan zaryadli zarrachaga tasir qiluvchi kuch. Lorens kuchi.”mavzusida tayyorlagan mustaqil ishlari


Magnit maydonda harakatdagi zaryadli zarrachaga tasir qiluvchi kuch



Yüklə 425,39 Kb.
səhifə3/4
tarix28.09.2023
ölçüsü425,39 Kb.
#124541
1   2   3   4
19-MUSTAQIL ISH PARALELL TOKLAR TA\'SIRI VA MAGNIIT OQIM

Magnit maydonda harakatdagi zaryadli zarrachaga tasir qiluvchi kuch.

Tok o‘tayotgan o‘tkazgich, toksiz o‘tkazgichdan, unda zaryad tashuvchilarning tartibli harakati sodir bolishi bilan farq qiladi. Bunda magnit maydondagi tokli o'tkazgichga ta’sir etuvchi kuch harakatlanuvchi alohida zaryad (elektron) larga ta’sir etuvchi kuchlardan iborat, binobarin, ta’sir zaryadlardan ular oqayotgan o‘tkazgichga berilishi kerak, degan xulosa kelib chiqadi. Harakatlanayotgan zaryadlarga magnit maydon tomonidan berilgan impuls to‘qnashish paytida metallning kristall panjarasi ionlariga yoki elektrolit molekulalariga uzatiladi. Bu xulosa bir qator tajribalar asosida tasdiqlanadi. Xususan, erkin harakatlanuvchi zaryadlangan zarralar dastasi magnit maydon ta’sirida og’adi.


Endi harakatlanayotgan zaryadga magnit maydon tomonidan ta’sir qiluvchi kuchning ifodasini topaylik. Buning uchun Amper qonunidan foydalanamiz. Tok kuchi son jihatidan o‘tkazgich kesimidan vaqt birligi ichida o‘tgan zaryad miqdoriga teng. Agar ayrim zaryadlarning kattaligi q, o‘tkazgichning birlik hajmida harakatlanuvchi zaryadlar soni n, ularning tartibli harakat tezligi v va o’tkazgichning ko’ndalang kesimi S bo’lsa, u holda tok kuchi I = qnvS ga teng ekanligini ko'rib o‘tgan edik. Tok kuchining bu qiymati uchun quyidagi ifodani hosil qilamiz:

bunda - o’tkazgichning magnit maydondagi qismining uzunligi, - bilan induksiya vektori orasidagi burchak (4- rasm). O'tkazgichning uzunligidagi harakatlanayotgan barcha zaryadlar soni, esa shu zaryadlarga ta’sir etuvchi Amper kuchidir. Bundan ko’rinadiki, harakatlanayotgan har bir zaryadga magnit maydoni tomonidan
(10)
kuch ta’sir etadi. Bu kuch Lorens kuchi deb ataladi. Lorens kuchi magnit maydon induksiyasi bilan tezlik vektorlariga perpendikular bo’lib (5-rasm), uning yo‘nalishi ham chap qo‘l qoidasiga asosan aniqlanadi. Rasmda maydon induksiya vektori o’quvchilarga qarab yo‘nalgan. Prezintatsiyaga qaraymiz 17-sahifa
Agar chap qo’limiz kaftini unga zaryad tezligi ga perpendikular bo‘lgan magnit maydon induksiyasining vertikal tashkil etuvchisining chiziqlari kiradigan qilib tutib, yoyilgan to’rt barmoqni musbat zaryad yo‘nalishida (yoki manfiy zaryad yo‘nalishiga teskari yo‘nalishda) ochilsa, и holda 90° ga kerilgan bosh barmog‘imizning yo’nalishi zaryadga ta’sir etuvchi Lorens kuchining yo’nalishini ko’rsatadi (4-rasmga qarang). Prezintatsiyaga qaraymiz 6-sahifa

4-rasm Amper va lorens kuchlarini 5-rasm musbat zaryad uchun ko’rinishi kuchining yo’nalishi

Yüklə 425,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə