Paralell toklarning o’zaro magnit ta’siri. Tok kuchi birligi-Amper. Magnit maydonda harakatlanayotgan zaryadli zarrachaga tasir qiluvchi kuch. Lorens kuchi.”mavzusida tayyorlagan mustaqil ishlari


Prezintasiyaga qaraymiz 16-17sahifa



Yüklə 425,39 Kb.
səhifə4/4
tarix28.09.2023
ölçüsü425,39 Kb.
#124541
1   2   3   4
19-MUSTAQIL ISH PARALELL TOKLAR TA\'SIRI VA MAGNIIT OQIM

Prezintasiyaga qaraymiz 16-17sahifa
Kuzatilayotgan elementar zaryadga magnit maydondan tashqari elektr maydon ham ta ’sir etsa, Lorens kuchi quyidagicha ifodalanadi:
uni vektor ko’rinishida yozsak
(11)
Lorens kuchi har doim zaryadlangan zarraning yo’nalishiga реrpеndikular yo’nalgandir, shuning uchun Lorens kuchi zarra ustida ish bajarmaydi. Demak, zaryadlangan zarraga o'zgarmas magnit maydon orqali ta’sir etib, uning energiyasini o’zgartirishi mumkin emas. Prezintatsiyaga qaraymiz 3-video

Zaryadli zarra bir jinsli magnit maydonda harakatlansin.
Bu holatda tashqi elektr maydon nolga teng. Zaryadli zarra tezlik bilan bir jinsli magnit maydon induksiya vektoriga tik yo’nalishda kirib kelsa, unga Lorens va markazdan qochma kuchlar ta’sir etib, R radiusli aylana bo‘yicha quyidagi tezlanish bilan harakatlanadi:
(12)
Agar tezlik faqat yo’nalishi bo‘yicha o‘zgarsa yoki faqat zaryadning ishorasi o‘zgarsa ta’sir etuvchi kuchning yo’nalishi o‘zgaradi. Agar ikkalasi birdan o‘zgarsa kuch yo‘nalishi o‘zgarmaydi (6-rasm). Mexanikadan ma’lumki, markazga intilma tezlanish burchak tezlik orqali
(12a)
ko‘rinishda ifodalanar edi. Bu ikkala tenglikning o‘zaro tengligidan va ishorasini hisobga olsak,
(13)
hosil bo’ladi. Bunga siklik yoki larmor chastotasi deyiladi. (12) va (13) tengliklardan foydalanib, solishtirma zaryadlarni hisoblashimiz mumkin.

6-rasm. Maydonga uchib kirgan zaryadning xosil qilgan traektoriyasi
Agar zaryad tezligi magnit maydon yo‘nalishi bilan qandaydir burchak hosil qilsa, u vaqtda uning harakat trayektoriyasi spiraldan iborat bo‘ladi
Prezintztsitaga qaraymiz 18-sahifa

XULOSA
Aslida bu parallel toklarning o’zaro ta’sirlariga asosiy sabab ular orasidagi bir biriga qarab yo’nalgan Amper kuchlaridur. Aper kuchi o’tkazgichdagi tok kuchiga, shu maydonda xosil bo’lgan magnit maydon induksiyasiga shu o’tkazgich uzunligiga va o’tkazgichning normal vektori bilan xosil qilga burchak sinusiga to’g’ri proporsionaldir.
Shunday xulosa qilishimiz mumkinki bir tomonga oqayotgan ikki parallel tok bir-biriga tortishadi va bu tortishish kuchlari o‘zaro teng, degan xulosaga kelamiz. Paralell toklar bir biridan 1m masofada joylashganda ular o’zlarining 1 m bo’lagiga 2* N kuch bilan ta’sir qiladi. Amper kuchi chap qo’l qoidasiga ko’ra xisoblanadi.
Paralell toklarning o’zaro ta’siri bu hayotda juda kata axamiyatga ega bolib xisoblanadi. Masalan ikkita katta kuchlanishli o’zaro parallel toklar liniyasida bu qonuniyatlarni amaliy ahamiyati juda ham katta. Agar bu qonuniyatlar xisobga Olinmasa bu linyalarda avariya xolati yuzaga kelishi kuzatiladi.
Kuzatilayotgan elementar zaryadga magnit maydondan tashqari elektr maydon ham ta ’sir etsa, Lorens kuchi quyidagicha ifodalanadi uni vektor ko’rinishida yozsak
(11)
Lorens kuchi har doim zaryadlangan zarraning yo’nalishiga реrpеndikular yo’nalgandir, shuning uchun Lorens kuchi zarra ustida ish bajarmaydi. Demak, zaryadlangan zarraga o'zgarmas magnit maydon orqali ta’sir etib, uning energiyasini o’zgartirishi mumkin emas. Hamma yerda divergensiyasi nolga teng bo‘lgan kuchli maydonga uyurmali (solenoidal) maydon deyiladi. Demak, magnit maydon uyurmali maydon bo‘lib, uni hosil qiluvchi manba elektr tokidir.

Nazorat savollari




  1. O’zaro parallel joylashgan o’tkazgichlar orasida vujudga keldigan tortishish va itarishish kuchlarini yuzaga kelish sabablarini tushuntiring?

  2. Nega aynan bir yo’nalishda tok oqqanda ular bir biriga tortiladi va nega qarama qarshi oqqanda esa bir biridan itarishadi?

  3. Magnit maydonda tokli o’tkazgichga ta’sir etuvchi kuch qanday kuchlardan iborat?

  4. Amper va lorens kuchlarining bir biriga bog’liqligini tushuntirib bering?

  5. Chap va o’ng qo’l qoidasini tushuntirib bering?

  6. Lorens kuchining bajargan ishi?

  7. Zaryadli zarraning maydonga uchib kirishidagi treyektoriyalarini nazariy izohi?

  8. Kundalik hayotda bunday kuchlarning ahamiyati qanday?

  9. Maydonga uchib kirga zarrachani treyektoriyasi radiusi , aylanish davri , tezligi formulaalarini keltirib chiqaring?

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


  1. S. G. Kalashnikov. Elektr o’quv qo’llanma. Toshkent 2004. 7-bob 75, 83, 88 mavzular (168-178 betlar).

  2. Umumiy Fizika Kursi 2-tom. C.D.Frish,”O’qtuvchi nashriyoti”.

(214§-215§) (400-415) Betlar .

  1. A.S.Nomonxo’jayev 22-maruza 194-bet

  2. You Tube internet tarmog’idan (“Veb shkola” kanali).

  3. Maruzalar matnidan.

  4. Elektr va Magnitizm J.Kamolov 2007-yil “Iqtisod va Moliya” nashriyoti.

  5. “Ziyouz.com “ sayti.

  6. “Fizika.ru” sayti materiallaridan

  7. “Fizika telegram” kanali adabiyotlaridan.

  8. Fizika, Matematika, Informatika jurnalidan.


Yüklə 425,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə