Parazitar kasalliklarga qarshi ilojlar rejasi bilan tanishish va bajarishda qatnashish. Reja


Parazitar kasalliklar epizootologiyasi to‘g‘risida tushuncha



Yüklə 85,41 Kb.
səhifə2/5
tarix24.12.2023
ölçüsü85,41 Kb.
#158372
1   2   3   4   5
Parazitar kasalliklarga qarshi ilojlar rejasi bilan tanishish va bajarishda qatnashish

Parazitar kasalliklar epizootologiyasi to‘g‘risida tushuncha

Parazitar kasalliklar epizootologiyasi kasalliklarning paydo bo‘lish va so‘nish qonuniyatlarini, turli sharoitlarda ular kechishining o‘ziga xos xususiyatlarini va kam xarajat va mehnat evaziga kasallikni tezroq tugatish uchun bu jarayonlarni boshqarish uslublarini o‘rganadi.
Parazit kasalliklar epizootologiyasida ikkita muhim tushunchani farqlash lozim: zararlash (yuqtirish) va tarqatish manbalari. Zararlash manbayi bo‘lib tuproq, o‘t-o‘lanlar, suv, oziqa (geogelmintozlarda, eymeriozda va b.) yoki oraliq, qo‘shimcha, arim holatlarda rezervuar xo‘jayinlar (biogelmintozlarda) hisoblanadi. Tarqatish manbayiga kasal hayvonlar yoki qo‘zg‘atuvchini tashuvchilar kiritiladi. Parazitar kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari hayvon organizmidan turli yo‘llar bilan ajaralib chiqadi: siydik va najas bilan, burundan, jinsiy a’zolardan oqayotgan suyuqliklar orqali, so‘lak, sut va qon orqali, ko‘z yoshi yordamida.
Hayvonlar orasida invazion kasalliklarning tarqalishi turlicha bo‘ladi. Invazion kasalliklarning har xil darajada tarqalishi ikkita ko‘rsatkich: ekstensivlik va intensivlik bilan ifodalanadi.
Invaziyaning ekstensivligi deyilganida tekshirilayotgan hayvonlar orasidagi kasallangan hayvonlarning foiz hisobidagi ko‘rsatilgan soni tushunladi. Masalan, 100 bosh qo‘y tekshirib ko‘rilganida, ularning 30 tasi oriyentobilgarsioz bilan kasallangan bo‘lsa, mazkur gelmintozga nisbatan invaziya ekstensivligi 30% ni tashkil etadi.
Invaziya intensivligi deyilganida xo‘jayinning u yoki bu parazit bilan zararlanishining miqdor ko‘rsatgichi tushuniladi. Masalan, yorib ko‘rilgan qo‘yning jigar o‘t yo‘llarida 12 ta lansetsimon so‘rg‘ich topilgan. Ushbu 12 soni invaziya intensivligi ko‘rsatgichi hisoblanadi.
Invaziya (lotincha – invasio – hujum qilish, biror tirik organizmga bostirib kirish) odam, hayvon yoki o‘simliklarning hayvonot dunyosiga mansub parazitlar bilan zararlanishi bo‘lib, oqibatda parazit va xo‘jayin o‘rtasida o‘zaro munosabat shakllanadi. Invaziya parazitar kasallik yoki parazit tashuvchanlik shaklida namoyon bo‘ladi. Invazion kasalliklar yashirin (latent), subklinik, klinik belgilari yaqqol namoyon bo‘lmagan va yaqqol klinik belgi bilan kechishi mumkin.
Invazion kasalliklarning ilmiy nomenklaturasi K. I. Skryabin va R. S. Shuls (1928) tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, har bir kasallikni nomlashda qo‘zg‘atuvchining avlodi nomidan kelib chiqqan holda, so‘zning asosiga -oz yoki -yoz qo‘shimchalarini qo‘shish bilan aytiladi. Ma’lumki, har bir tur qo‘shaloq nomlanishga ega, ya’ni avlod va tur nomi bilan ataladi. Masalan, Fasciola gigantica, Theileria annulata. Bu parazitlar chaqiradigan kasalliklar, fassiolyoz va teylerioz deb nomlanadi. Ba’zi avlodlar bir necha turlarni birlashtirib, ular tomonidan chaqiriladigan kasalliklar umumiy nom bilan ko‘plik shaklida qo‘llaniladi. Masalan, Fasciola avlodiga ikkita tur mansub bo‘lib, ular qo‘zg‘atadigan kasalliklar umumiy nom bilan fassiolyozlar deb ataladi. Undan tashqari, ba’zan gelmintozlarni nomlashda ma’lum guruh qo‘zg‘atuvchilar nomi bilan ham ataladi, ya’ni sinf, turkum yoki oila nomlari qo‘llaniladi. Masalan, trematodozlar, sestodozlar, nematodozlar, shistosomatidozlar, strongilatozlar, protostrongilidozlar, teniidozlar va hakazo.
Qo‘zg‘atuvchining patogenligi (grekcha pathos – kasallik; genes – tug‘ilishi, paydo bo‘lishi) – parazitlarning xo‘jayin organizmida uning himoya vositalarini yengib o‘tib, kasallik paydo qilish xususiyati. Patogenlik qo‘zg‘atuvchining uzoq vaqt ma’lum tur xo‘jayinlarda parazitlik qilishga moslashishi evolutsiyasi jarayonida vujudga kelgan. Bir tur qo‘zg‘atuvchining turli shtammlari turlicha patogenlikka ega bo‘lib, bu ularning virulentligi bilan aniqlanadi.
Parazitlar virulentligi (lotincha virulentus – zaharlilik) – parazitlarning xo‘jayin organizmida kasallik qo‘zg‘atuvchanlik darajasi. Parazitlar virulentligi ko‘p jihatlarga: xo‘jayin organizmi rezistentligiga va uning oziqa ratsioniga, parazitning rivojlanish bosqichlariga va uning individual xususiyatlariga bog‘liq. Parazitlar virulentligining o‘lchov birligi qilib xo‘jayinda kasallik chaqirishi yoki o‘limga olib kelishiga sababchi bo‘luvchi parazitlarning minimal miqdori qabul qilingan.
Invazion kasalliklar joylarda keng tarqalgan bo‘lib, uy, va qishloq xo‘jalik hamda yovvoyi hayvonlarda kasallik chaqirib, iqtisodiyotga katta zarar yetkazadi. Ko‘pchilik invazion kasalliklar, ayniqsa, protozoylar va gelmintozlar hayvonlarning yoppasiga nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Teylerioz, babezioz, koksidioz, senuroz, exinokokkoz, monezioz, fassiolyoz, diktiokaulyoz kabi kasalliklar tufayli juda ko‘plab hayvonlar qirilib ketadi. Kasallik surunkali o‘tganida, hayvonlar oriqlab, mahsuldorligi kamayadi. Kasallangan yosh hayvonlar sog‘lomlariga nisbatan o‘sish va rivojlanishdan orqada qoladi. Fassiolyoz bilan kasallangan qoramollarning sut berish mahsuldorligi 20–50% ga, ko‘ylarning jun mahsuldorligi 10–30% ga kamayishi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud. Askaridioz va geterakidoz bilan kasallangan tovuqlarda tuxum qilish 15–20% kamayishi aniqlangan.
Exinokokkoz tibbiyot va veterinariyada jiddiy muammolardan biri sanaladi. K. I. Abuladze va V. M. Sodiqovlarning ma’lumoti bo‘yicha, O‘zbekistonda exinokokkoz tufayli har bir bosh qorako‘l qo‘ydan o‘rtacha 2,3 kg go‘sht, 0,3 kg yog‘, 0,5 kg jigar va o‘pka kam olinadi. Shuningdek, har bir bosh qo‘y hisobiga olinadigan jun 240 grammga, har yuz bosh qorako‘l sovliqdan olinadigan qo‘zi sog‘ sovliqlardagiga nisbatan 9 boshga kamayadi.
So‘nalar lichinkalari bilan zararlangan qoramollarda teri sifati keskin pasayib ketadi. Ko‘pchilik qon so‘ruvchi hasharotlar va o‘rgimchaksimonlar qatorinvazion, infeksion va virusli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarining tashuvchilari hisoblanadi. Har yili invazion kasalliklar bilan kurashishga maqsadli yo‘naltirilgan davolash hamda oldini olish tadbirlariga katta mablag‘ sarflanadi.
Invazion kasalliklarning paydo bo‘lishi uchun parazit, kasallikka moyil hayvon va qulay sharoit bo‘lishi lozim.
Parazitlar definitiv xo‘jayin organizmiga, asosan, og‘iz bo‘shlig‘i va teri qoplami orqali o‘tadi. Parazitlarning teri orqali o‘tishi ekzogenli yo‘l yoki faol yo‘l bilan xo‘jayin organizmiga o‘tish deyiladi. Masalan, Schistosomatida turkumiga mansub trematodalarning serkariyalari xo‘jayin organizmiga terini teshib, faol yo‘l bilan o‘tib oladi. Bunda ularning bosh qismida joylashgan maxsus bezlardan ajralib chiqadigan fermentlar va ularning tana harakatlari katta ahamiyatga ega.
Sodda hayvonlardan qon sporalilari, leyshmaniyalar, tripanasomalar, hasharotlardan so‘nalar ekzogen yo‘l bilan yuquvchi parazitlar guruhiga mansub hisoblanadi.
Parazitlarning og‘iz orqali o‘tishi esa endogenli yo‘l yoki passiv yo‘l bilan xo‘jayin organizmiga o‘tish deyiladi. Tabiatda parazitlarning endogenli yo‘l bilan xo‘jayin organizmiga o‘tishi keng tarqalgan.
Shuningdek, parazitlar xo‘jayin organizmiga jinsiy teshiklar, burun bo‘shlig‘i, ko‘z va quloq orqali ham o‘tishi mumkin. Ba’zi parazitlar esa bachadon devori orqali rivojlanayotgan embrionga o‘tadi (exinokokk, ankilostoma, protostrongilid va boshqalar).


  1. Yüklə 85,41 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə