Parazitar kasalliklarga qarshi ilojlar rejasi bilan tanishish va bajarishda qatnashish. Reja


Parazitar kasalliklarning kechishiga tashqi muhit ta’siri



Yüklə 85,41 Kb.
səhifə3/5
tarix24.12.2023
ölçüsü85,41 Kb.
#158372
1   2   3   4   5
Parazitar kasalliklarga qarshi ilojlar rejasi bilan tanishish va bajarishda qatnashish

Parazitar kasalliklarning kechishiga tashqi muhit ta’siri.

Tashqi muhitning tarkibiy qismiga tuproq, suv, havo, hayvonot va o‘simlik dunyosi kiradi. Hayvonning yashashini ta’minlaydigan sharoit tashqi muhit omillari deb ataladi. Ular, o‘z navbatida, abiotik (harorat, namlik, quyosh, nurlari, atmosfera bosimi va b.) va biotik (o‘simliklar, hayvonlar) omillarga bo‘linadi.
Tashqi muhit omillari invazion kasalliklarning paydo bo‘lishi, kechishi va davom etishiga kuchli ta’sir qiladi. Gelmintozlar tog‘, tog‘ oldi hamda sug‘oriladigan mintaqalarda ko‘p, chunki bu mintaqalarda invazion elementlarning rivojlanishi, 26 oraliq xo‘jayinlarning yashashi uchun yetarli sharoit mavjud. Yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lgan yillarda molluskalar yaxshi rivojlanadi, bu esa trematodozlarning keng tarqalishiga sabab bo‘ladi. Invazion kasalliklar epizootologiyasi mintaqalarga, iqlimga bog‘liq bo‘lganligi sababli, ularni o‘rganish, kurash tadbirlarini tashkil etish bilan o‘lka parazitologiyasi shug‘ullanadi.
Transmissiv kasalliklarning tabiiy o‘choqlari haqidagi ta’limot 1934- yilda akademik Y. N. Pavlovskiy tomonidan yaratilgan. Hozirgi vaqtda qator kasalliklarning tabiiy o‘choqlari mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotga egamiz. Tabiiy o‘choqlilik invazion, infeksion va virusli kasalliklarga xos.
Akademik Y. N. Pavlovskiy ta’rifi bo‘yicha qon so‘ruvchi bo‘g‘imoyoqlilar orqali yuqadigan kasalliklarga transmissiv kasalliklar deyiladi. Transmissiv lotincha (tranmissia) so‘z bo‘lib, «olib o‘tish», «tashib o‘tish», «o‘tkazish» kabi ma’nolarni bildiradi.
Tabiiy o‘choqli kasalliklar obligat transmissiv va fakultativ transmissiv kasalliklarga bo‘linadi. Obligat transmissiv kasalliklarda qo‘zg‘atuvchi faqatgina maxsus tashuvchilar orqaligina uzatiladi. Masalan, bezgak kasalligi, leyshmanioz qo‘zg‘atuvchilari maxsus tashuvchilar orqali uzatiladi. Fakultativ-transmissiv kasalliklarda qo‘zg‘atuvchilar tashuvchilardan tashqari, oziqa, suv, tuproq, va boshqa tashqi muhit omillari orqali tarqaladi. Misol tariqasida o‘lat kasalligini keltirish mumkin.
Protozoy kasalliklardan toksoplazmoz, piroplazmidoz, tripanosomoz kasalliklari tabiiy o‘choqqa ega ekanligi aniqlangan. Babezioz qo‘zg‘atuvchisi – Babesia ovis uy qo‘yi, muflon, arxar, bug‘ular organizmida parazitlik qilib, qo‘zg‘atuvchining tashuvchisi bo‘lib Rhipicephalus bursa kanasi hisobla- 27 nadi. Qo‘ylar va yovvoyi hayvonlar bitta yaylovda boqilishi oqibatida babezioz bilan zararlanishi mumkin. Shunday qilib, babezioz tabiiy manbaga ega bo‘lgan obligat transmissiv kasallik hisoblanadi.
Tabiiy o‘choqlilik ba’zi bir entomozlar o‘rtasida ham borligi aniqlangan. Masalan, burun-tamoq so‘nasi – Crivella silenus lichinkasi uy echkilari va yovvoyi burama shoxli echkilarda rivojlanadi. Gelmintozlar o‘rtasida tabiiy o‘choqlilik fassiolyoz, oriyentobilgarsioz, alveokokkoz, exinokokkoz, difillobotrioz, trixinellyoz va boshqalarda aniqlangan.


  1. Yüklə 85,41 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə