6
Didaktik tahlil
Didaktik tahlil - ta’lim turlari samaradorligi va uni
belgilovchi qonunlarning
darsda qanchalik to‘g‘ri va mukammal bajarilganligini o‘rganishga qaratilgan.
Didaktik tahlil dars jarayonida o‘qituvchining ta’limdagi umumiy va o‘ziga xos
tamoyillarning qay darajada tatbiq etayotganligini o‘rganishni nazarda tutgan holda
quyidagi pedagogik talablarga qaratilishi lozim:
a) o‘qituvchi bayonining sinf jamoasiga (barcha o‘quvchilarga) to‘liq tushunarli
bo‘lishi;
b) bildirilayotgan fikrning g‘oyaviy jihatdan milliy g‘oya,
tarbiya talablariga
hamohang bo‘lishi;
v) o‘quv materialining barcha o‘quvchilar tomonidan ongli ravishda
o‘zlashtirilishi;
g) ko‘rsatmali
qurollardan, texnika vositalaridan yetarli darajada va to‘g‘ri
foydalanish ko‘lami;
d) tajriba, amaliy mashg‘ulotlarni ko‘zlangan maqsadga yo‘naltirilgan holda
o‘tishiga erishish;
e) darslik bilan ishlashning to‘g‘ri tashkil etish;
j)
keltirilayotgan misollarda, dalillarda ta’limiy-tarbiyaviy-maqsadlarning birligi
va b.
z) o‘quvchilar bilan tarbiyaviy ishlarning olib borilishiga e’tibor qaratilishi.
Umumiy pedagogik tahlil
Umumiy pedagogik tahlil - darsdagi hamma jihatlarning qisqa va yengil
ko‘rinishdagi tahlilidir.
O‘qituvchi darsiga kirishdan
oldin yoki darsi kuzatilgach, uning sinf
qaydnomasini
yuritish, o‘quvchilarning daftarlarini tekshirib borishning ahvoli,
tarbiyachi, ota-onalar bilan olib borilgan ishlari kabi barcha
faoliyatdagi yutuq va
7
kamchiliklarini tahlil etilgan darsdagi yutuq, kamchiliklar bilan teng ko‘rsatib o‘tish
foydalidir.
Darsni umumpedagogik jihatdan tahlil qilganda quyidagilar hisobga olinadi:
-
dars jihozlari;
-
sinf xonasining tayyorlik holati;
-
dars bosqichlaridan to‘g‘ri foydalanish;
-
o‘qituvchining pedagogik-psixologik jihatdan namunali shaxs darajasiga ko‘tarila
olishi;
-
o‘quvchilarning rivojlanishidagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan olib borgan
tarbiyaviy ishlar;
-
o‘quvchi bilimiga ko‘yiladigan bahoning xolisona, izohli bo‘lishi;
-
o‘quvchilar intizomi;
-
tashqi va qulay psixologik muhit, ish sharoiti;
-
o‘qituvchi va o‘quvchilar, o‘quvchilarning o‘zaro savol-javoblari, muloqot
ko‘nikmalari ustida ishlanishi.
Umumiy pedagogik tahlil sohasidagi tajribalarga ko‘ra quyidagi maslahatlarga
rioya qilinishi, ularni doimo yodda tutish tavsiya etiladi:
1. Berilgan savolga javob berishda kechikayotgan o‘quvchi
uchun bir oz
qo‘shimcha vaqt berilishi lozim.
2.
Javobni boshlashda qiynalgan o‘quvchiga o‘qituvchining yordam berib
yuborishi o‘rinlidir (jumlalar namunalari, ko‘rgazmalar asosida va h.).
3.
O‘quvchi bilimiga qo‘yilgan baho doimo sharhlanishi kerak.
4.
Muomala va muloqotda ehtiyotkor bo‘lish lozim.
Dostları ilə paylaş: