5
Mavzuga doir
adabiyotlar
ro‘yxati (ular soni 30-35 tadan kam bo‘lmasligi
maqsadga muvofiq), mavzuga oid tushunchalar lug‘ati (500 tadan kam bo‘lmagan)
ilova qilinadi.
Bitiruv ishning hajmi 65 betdan (ilova va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan
tashqari) kam bo‘lmasligi lozim.
Dars kuzatish va uni tahlil qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar
Pedagogik amaliyotni o‘tash davomida har bir
tinglovchi amaliyot dasturi
bo‘yicha 10 ta dars (yoki tarbiyaviy mashg‘ulot) larni kuzatib, tahlil qilishi lozim.
Dars (mashg‘ulot)ni kuzatishning maqsadi kurs davomida olgan nazariy
bilimlarga tayangan holda uslubiy yangiliklarning amaliyotga joriy etilishini kuzatish
va undan amalda foydalana olishni o‘rganishdan ibortadir.
Dars (mashg‘ulot)ni kuzatish jarayonida e’tibor o‘qituvchining
ish uslubi,
ta’limning zamonaviy, noan’anaviy: interfaol hamda ilg‘or
pedagogik texnologiya
elementlaridan foydalanayotganligiga qaratilishi lozim.
Dars tahlili - o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish va uni yuksak darajaga
ko‘tarishga qaratilgan faoliyat bo‘lib, o‘z tarkibiga bir necha turlarni oladi.
O‘quv-tarbiya jarayonini tashkil qilish sifatini nazorat qilish va o‘qituvchining ish
uslubini o‘rganish maqsadida o‘tkaziladi.
Darsni tahlil etish jarayonida tahlil o‘tkazuvchi (yoki kuzatuvchi)
quyidagi
metodik amallarga e’tibor berishi lozim bo‘ladi:
1.
Tushuntirishning sodda va ommaviyligi.
2.
O‘quvchilar tushunishlariga qulay, oson bo‘lishi uchun barcha imkoniyatlardan
foydalanish.
3.
Darslik materialiga qo‘shimcha ravishda o‘quvchilarning rivojlanish
xususiyatlariga, shuningdek, ularning yoshiga ko‘ra moslab taqdim etish.
4.
Mustakil ishlar berishda o‘quvchilarning
imkoniyatlari darajasiga, yoshi va
qobiliyatiga mos bo‘lishiga erishish va b. (differensial va yakka tartibdagi yondashuv).
Dostları ilə paylaş: