O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Bitiruv ishini yozishga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/41
tarix19.02.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#101092
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
AMALIYOT YANGI

 
Bitiruv ishini yozishga qo‘yiladigan talablar 
Bitiruv ishi kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va bitiruv ishida 
qo‘llanilgan so‘zlarning izohli lug‘ati hamda ilovalardan tarkib topgan bo‘lishi lozim.
Kirish 
qismida mavzuning dolzarbligi, unga tegishli ilmiy-nazariy, metodik 
manbalarning qisqacha sharhi, ishning maqsadi, vazifalari, nazariy va amaliy 
ahamiyati, tuzilishi bayon qilinadi. 
Ishning 
asosiy 
qismida mavzuga oid ilmiy-nazariy, metodik manbalarning sharhi 
beriladi, keyingi bandda birinchi bobda tahlil qilingan manbaalarning amaldagi talqini 
va holati tahlil qilinadi, takomillashtirish imkoniyatlari, tajribalar o‘rganiladi, bayon 
qilinadi. 
Xulosa 
qismida muammoning yechimlari bo‘yicha muallifning xulosalari va 
tavsiyalari bayon qilinadi.



Mavzuga doir 
adabiyotlar 
ro‘yxati (ular soni 30-35 tadan kam bo‘lmasligi 
maqsadga muvofiq), mavzuga oid tushunchalar lug‘ati (500 tadan kam bo‘lmagan) 
ilova qilinadi. 
Bitiruv ishning hajmi 65 betdan (ilova va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan 
tashqari) kam bo‘lmasligi lozim. 
Dars kuzatish va uni tahlil qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar 
Pedagogik amaliyotni o‘tash davomida har bir tinglovchi amaliyot dasturi 
bo‘yicha 10 ta dars (yoki tarbiyaviy mashg‘ulot) larni kuzatib, tahlil qilishi lozim. 
Dars (mashg‘ulot)ni kuzatishning maqsadi kurs davomida olgan nazariy 
bilimlarga tayangan holda uslubiy yangiliklarning amaliyotga joriy etilishini kuzatish 
va undan amalda foydalana olishni o‘rganishdan ibortadir. 
Dars (mashg‘ulot)ni kuzatish jarayonida e’tibor o‘qituvchining ish uslubi
ta’limning zamonaviy, noan’anaviy: interfaol hamda ilg‘or pedagogik texnologiya 
elementlaridan foydalanayotganligiga qaratilishi lozim. 
Dars tahlili - o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish va uni yuksak darajaga 
ko‘tarishga qaratilgan faoliyat bo‘lib, o‘z tarkibiga bir necha turlarni oladi. 
O‘quv-tarbiya jarayonini tashkil qilish sifatini nazorat qilish va o‘qituvchining ish 
uslubini o‘rganish maqsadida o‘tkaziladi. 
Darsni tahlil etish jarayonida tahlil o‘tkazuvchi (yoki kuzatuvchi) quyidagi 
metodik amallarga e’tibor berishi lozim bo‘ladi: 
1.
Tushuntirishning sodda va ommaviyligi. 
2.
O‘quvchilar tushunishlariga qulay, oson bo‘lishi uchun barcha imkoniyatlardan 
foydalanish. 
3.
Darslik materialiga qo‘shimcha ravishda o‘quvchilarning rivojlanish 
xususiyatlariga, shuningdek, ularning yoshiga ko‘ra moslab taqdim etish.
4.
Mustakil ishlar berishda o‘quvchilarning imkoniyatlari darajasiga, yoshi va 
qobiliyatiga mos bo‘lishiga erishish va b. (differensial va yakka tartibdagi yondashuv). 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə