O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Dars tahliliga kiruvchilar uchun qo‘yiladigan pedagogik talablar



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/41
tarix19.02.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#101092
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
AMALIYOT YANGI

Dars tahliliga kiruvchilar uchun qo‘yiladigan pedagogik talablar: 
Dars tahlili tinglovchining kasbiy malaka va ko‘nikmalari darajasini ko‘tarish, qayta 
tayyorlash kursida egallagan nazariy bilimlarini ko‘nikma va malakalar tomon amalda 
qo‘llash, yangi yutuq va kamchiliklarini qayd etish, dars berish tajribasini o‘rganishni 
nazarda tutadi. 
Tahlil davomida o‘qituvchilarning shaxsiyatiga tegish, obro‘sini to‘kish, kamsitish, 
kamchiliklarini bo‘rttirib ko‘rsatish, darsga aloqasi bo‘lmagan masalalarni muhokama 
qilishga yo‘l qo‘ymaslik lozim. 
 
 


10 
Quyidagilarni doimo esda saqlash tavsiya etiladi: 
1.
Darsga kirilishi rejalashtirilgan o‘qituvchi (tinglovchi) bu haqda oldinroq 
ogohlantirishi kerak. 
2.
Darsni tahlil qilish uchun sinf xonasiga fan o‘qituvchisi (tinglovchi) bilan 
birgaliqda kiriladi. 
3.
Dars jarayonida quyidagilarga yo‘l qo‘ymaslik lozim: 
-
dars nihoyasiga yetgunga qadar sabr-toqatli bo‘lish va dars tugamasdan turib 
sinf xonasidan chiqib ketish; 
-
dars davomida o‘rnidan turib yurish va o‘quvchilarning daftarini tekshirish; 
-
o‘qituvchi, o‘quvchi va boshqalarga turli xil ishoralar qilish; 
-
dars tahlilida ishtirok etayotganlar bilan baland ovozda gaplashish, u yoki bu 
vaziyatni muhokama qilish; 
-
dars davomida tahlil ishtirokchilarining savollariga javob berish; 
-
o‘qituvchi (tinglovchi) bildirgan fikrga nisbatan o‘z noroziligini baland ovozda 
oshkora qilish; 
-
o‘qituvchi, o‘quvchi va boshqalardan darslik, o‘quv qo‘llanmalari, qurollarini 
so‘rab olish; 
-
o‘qituvchi (tinglovchi)dan va tahlil ishtirokchilardan achchiqlanish, uni 
ochiqchasiga oshkora qilish; 
-
o‘qituvchi (tinglovchi)ga dars davomida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun 
o‘quvchilar oldida tanbeh berish; 
-
o‘qituvchi (tinglovchi)ning o‘rniga dars berishga intilish, uning faoliyatiga 
aralashish. 
4.
Muhokama (tahlil)ni boshlamasdan oldin o‘tilgan dars xususida o‘qituvchi 
(tinglovchi)ning shaxsiy fikrini eshitish, ba’zi vaziyatlarda nima uchun u yoki bu uslubiy 
vositani qo‘llaganligi sabablarini bilish kerak. 
5.
Dars xususida bildirilgan fikrlar xolisona, do‘stona bo‘lishi kerak. 
6.
Muhokama (tahlil) dars tugagandan so‘ng o‘tkazilishi shart. 


11 
Agar shu talablar bajarilmasa, Siz o‘qituvchi (tinglovchi)ning darsni tashkil 
etishiga, ta’limning samarador va mukammal usullarini tanlashiga, ijodkorlikka erishishiga, 
o‘quvchilar jamoasini o‘quv-bilish faoliyatiga faol jalb qilishiga, sinfda zarur tartib-
intizomni o‘rnatishiga halal bergan bo‘lasiz! 
Darsni kuzatuvchi amaliyotchi-tinglovchining darsdagi intizomi, tahlil 
davomidagi xolisona yondashuvi o‘qituvchining unumli ishlashida, xuddi shuningdek, 
shaxsiy kasbiy malakalarining shakllanishida ham muhim omildir. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə