O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/41
tarix19.02.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#101092
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
AMALIYOT YANGI

 
 



 
Didaktik tahlil 
Didaktik tahlil - ta’lim turlari samaradorligi va uni belgilovchi qonunlarning 
darsda qanchalik to‘g‘ri va mukammal bajarilganligini o‘rganishga qaratilgan. 
Didaktik tahlil dars jarayonida o‘qituvchining ta’limdagi umumiy va o‘ziga xos
tamoyillarning qay darajada tatbiq etayotganligini o‘rganishni nazarda tutgan holda 
quyidagi pedagogik talablarga qaratilishi lozim: 
a) o‘qituvchi bayonining sinf jamoasiga (barcha o‘quvchilarga) to‘liq tushunarli 
bo‘lishi; 
b) bildirilayotgan fikrning g‘oyaviy jihatdan milliy g‘oya, tarbiya talablariga 
hamohang bo‘lishi; 
v) o‘quv materialining barcha o‘quvchilar tomonidan ongli ravishda 
o‘zlashtirilishi; 
g) ko‘rsatmali qurollardan, texnika vositalaridan yetarli darajada va to‘g‘ri 
foydalanish ko‘lami; 
d) tajriba, amaliy mashg‘ulotlarni ko‘zlangan maqsadga yo‘naltirilgan holda 
o‘tishiga erishish; 
e) darslik bilan ishlashning to‘g‘ri tashkil etish; 
j) keltirilayotgan misollarda, dalillarda ta’limiy-tarbiyaviy-maqsadlarning birligi 
va b. 
z) o‘quvchilar bilan tarbiyaviy ishlarning olib borilishiga e’tibor qaratilishi. 
 
Umumiy pedagogik tahlil 
Umumiy pedagogik tahlil - darsdagi hamma jihatlarning qisqa va yengil 
ko‘rinishdagi tahlilidir. 
O‘qituvchi darsiga kirishdan oldin yoki darsi kuzatilgach, uning sinf 
qaydnomasini yuritish, o‘quvchilarning daftarlarini tekshirib borishning ahvoli, 
tarbiyachi, ota-onalar bilan olib borilgan ishlari kabi barcha faoliyatdagi yutuq va 



kamchiliklarini tahlil etilgan darsdagi yutuq, kamchiliklar bilan teng ko‘rsatib o‘tish 
foydalidir. 
Darsni umumpedagogik jihatdan tahlil qilganda quyidagilar hisobga olinadi: 
-
dars jihozlari; 
-
sinf xonasining tayyorlik holati; 
-
dars bosqichlaridan to‘g‘ri foydalanish; 
-
o‘qituvchining pedagogik-psixologik jihatdan namunali shaxs darajasiga ko‘tarila 
olishi; 
-
o‘quvchilarning rivojlanishidagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan olib borgan 
tarbiyaviy ishlar; 
-
o‘quvchi bilimiga ko‘yiladigan bahoning xolisona, izohli bo‘lishi; 
-
o‘quvchilar intizomi; 
-
tashqi va qulay psixologik muhit, ish sharoiti; 
-
o‘qituvchi va o‘quvchilar, o‘quvchilarning o‘zaro savol-javoblari, muloqot 
ko‘nikmalari ustida ishlanishi. 
Umumiy pedagogik tahlil sohasidagi tajribalarga ko‘ra quyidagi maslahatlarga 
rioya qilinishi, ularni doimo yodda tutish tavsiya etiladi: 
1. Berilgan savolga javob berishda kechikayotgan o‘quvchi uchun bir oz 
qo‘shimcha vaqt berilishi lozim. 
2.
Javobni boshlashda qiynalgan o‘quvchiga o‘qituvchining yordam berib 
yuborishi o‘rinlidir (jumlalar namunalari, ko‘rgazmalar asosida va h.). 
3.
O‘quvchi bilimiga qo‘yilgan baho doimo sharhlanishi kerak. 
4.
Muomala va muloqotda ehtiyotkor bo‘lish lozim. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə