O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


O‘z darsini o‘zi tahlil qilish



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/41
tarix19.02.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#101092
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
AMALIYOT YANGI

O‘z darsini o‘zi tahlil qilish 
Dars yoki mashg‘ulotlar faqat o‘zgalar tomonidan tahlil qilinibgina qolmay, uni 
o‘tkazgan o‘qituvchining o‘zi tomonidan ham tahlil qilinishi mumkin. Shu o‘rinda 
aytish joizki, o‘z darsi yoki mashg‘ulotini tanqidiy tahlil qilib borishga o‘rgangan har 
bir o‘qituvchi ta’limda sifat va samaradorlikka erishadi. O‘z xatolarini ko‘ra bilgan 
o‘qituvchi rivojlana oladigan o‘qituvchi demakdir. 



Kamchiliklarni tuzatish, o‘z darsini qayta ko‘rish maqsadida o‘qituvchi darsdan 
chiqqach, dars jarayonini to‘la eslashga harakat kiladi. Har bir dars bosqichida bajarilgan 
ishlar, qo‘llanilgan usullarni tahlil kiladi, ularni nimalar bilan to‘ldirish, to‘g‘irlash 
lozimligini aniqlaydi. 
O‘z darsini o‘zi tahlil qilish, erishilgan yutuqlarini yaqqol ko‘rish va yo‘l qo‘yilgan 
kamchiliklarni bartaraf etishga o‘rganish uchun o‘qituvchi ilg‘or tajribali o‘qituvchilarning
darslariga kirib, o‘z darslari bilan taqqoslashi lozim. 
O‘qituvchining o‘z darsini o‘zi tahlili - bu juda murakkab ichki jarayon bo‘lib, fikran 
amalga oshiriladi. O‘qituvchi o‘z-o‘zini tahlil qilganda, fikran o‘z darsini qismlarga 
bo‘lib, o‘z mushohada taqrizidan o‘tkazadi. Bunday usulda ishlashdan maqsad o‘tkazilgan 
darsni zamonaviy pedagogika, psixologiya, uslubiy va ilg‘or pedagogik tajribalar 
talabiga javob berishini aniqlash va shu jihatdan o‘z darsiga baho berishdan iboratdir. Shu 
yo‘l bilan o‘qituvchi o‘z darsining yutuq va kamchiliklarini aniqlab, pedagogik 
mahoratini takomillashtirish rejasini tuzishi lozim.
O‘z-o‘zini tahlil qilish uchun o‘qituvchi quyidagi savollarga
javob topishi kerak: 
1.
Darsni rejalashtirganda o‘quvchilarning o‘rganish natijalari va ularning o‘quv 
imkoniyatlari, o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinganmi? 
2. Hozirgi o‘tilgan mavzu o‘tgan mavzu bilan bog‘langanmi, kelasi dars uchun zamin 
tayyorlaydimi? O‘tilgan darsning boshqa darslar turkumida tutgan o‘rni qanday? 
3. Darsni (ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi) maqsadlari amalga oshirildimi? 
Ularning yaxlitligiga erishildimi? 
4. Eshitish va aqliy qobiliyati, umumiy nutq rivojlantirish yuzasidan ishlarga 
e’tibor berildimi? (o‘quv fannning xususiyatidan kelib chiqqan holda) 
5.
Darsning tuzilishi o‘quv materialining mazmuniga, hal etiluvchi o‘quv 
topshiriqlarining tavsifiga mos keladimi? Darsning bir bosqichidan ikkinchisiga o‘tish 
to‘g‘ri amalga oshirildimi? Darsga ajratilgan vaqtdan unumli foydalaniladimi? 
6.
Darsninig asosiy mohiyati, belgilovchi g‘oyalari ta’kidlandimi? 



7.
Dars uchun tanlangan usul, vosita, tamoyillar yangi o‘quv materialining 
mazmuniga to‘g‘ri keladimi? O‘qitishning hozirgi zamon vositalaridan unumli 
foydalanildimi? 
8. Darsda o‘quvchilarga yakka va tabaqalashtirilgan holda yondashildimi? 
9. O‘quvchining darsda bilim, ko‘nikma, malakalarni egallashlarini nazorat qilish 
qanday tashkil etiddi? Ularga ko‘yilgan baholar tarbiyalovchi xarakterga ega bo‘lib, 
o‘qish faoliyatini rag‘batlantirdimi? 
10. Darsda o‘quvchining bilish faoliyatini o‘stirishga va unda o‘qishga istakni 
shakllantirishga e’tibor berildimi? 
11. Darsda ko‘rgazmali qurollar, o‘quv va texnik vositalardan foydalanish qay tarzda 
amalga oshirildi? 
12. Darsdagi ruhiy muhit, o‘quvchilar va o‘qituvchining o‘zaro munosabatlari 
qanday? 
13. Uy topshiriqlarini tekshirish metodikasi kay tarzda amalga oshirildi? 
14. Darsda qanday qiyinchilikka duch kelindi, ularning sabablari nima va qaysi 
yo‘llar bilan bartaraf qilish mumkin? 
15. Mazkur dars maqsadi va vazifasini amalga oshirish uchun o‘qituvchining 
bilim malakasi yetarlimi? O‘z bilimini qaysi yo‘nalishda yanada chuqurlashtirish 
zarur?

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə