8
Kamchiliklarni tuzatish, o‘z darsini qayta ko‘rish maqsadida o‘qituvchi darsdan
chiqqach, dars jarayonini to‘la eslashga harakat kiladi. Har bir dars bosqichida bajarilgan
ishlar, qo‘llanilgan
usullarni tahlil kiladi, ularni nimalar bilan to‘ldirish, to‘g‘irlash
lozimligini aniqlaydi.
O‘z darsini o‘zi tahlil qilish, erishilgan yutuqlarini yaqqol ko‘rish va yo‘l qo‘yilgan
kamchiliklarni bartaraf etishga o‘rganish uchun o‘qituvchi ilg‘or tajribali o‘qituvchilarning
darslariga kirib, o‘z darslari bilan taqqoslashi lozim.
O‘qituvchining o‘z darsini o‘zi tahlili - bu juda murakkab ichki jarayon bo‘lib, fikran
amalga oshiriladi. O‘qituvchi o‘z-o‘zini tahlil qilganda, fikran o‘z darsini qismlarga
bo‘lib, o‘z mushohada taqrizidan o‘tkazadi. Bunday usulda ishlashdan maqsad o‘tkazilgan
darsni
zamonaviy pedagogika, psixologiya, uslubiy va ilg‘or pedagogik tajribalar
talabiga javob berishini aniqlash va shu jihatdan o‘z darsiga baho berishdan iboratdir. Shu
yo‘l bilan o‘qituvchi o‘z darsining yutuq
va kamchiliklarini aniqlab, pedagogik
mahoratini takomillashtirish rejasini tuzishi lozim.
O‘z-o‘zini tahlil qilish uchun o‘qituvchi quyidagi savollarga
javob topishi kerak:
1.
Darsni rejalashtirganda o‘quvchilarning o‘rganish natijalari va ularning o‘quv
imkoniyatlari, o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinganmi?
2. Hozirgi o‘tilgan mavzu o‘tgan mavzu bilan bog‘langanmi, kelasi dars uchun zamin
tayyorlaydimi? O‘tilgan darsning boshqa darslar turkumida tutgan o‘rni qanday?
3. Darsni (ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi) maqsadlari amalga oshirildimi?
Ularning yaxlitligiga erishildimi?
4. Eshitish
va aqliy qobiliyati, umumiy nutq rivojlantirish yuzasidan ishlarga
e’tibor berildimi? (o‘quv fannning xususiyatidan kelib chiqqan holda)
5.
Darsning tuzilishi o‘quv materialining mazmuniga, hal etiluvchi o‘quv
topshiriqlarining tavsifiga mos keladimi? Darsning bir bosqichidan ikkinchisiga o‘tish
to‘g‘ri amalga oshirildimi? Darsga ajratilgan vaqtdan unumli foydalaniladimi?
6.
Darsninig asosiy mohiyati, belgilovchi g‘oyalari ta’kidlandimi?
9
7.
Dars
uchun tanlangan usul, vosita, tamoyillar yangi o‘quv materialining
mazmuniga to‘g‘ri keladimi? O‘qitishning hozirgi zamon vositalaridan unumli
foydalanildimi?
8. Darsda o‘quvchilarga yakka va tabaqalashtirilgan holda yondashildimi?
9. O‘quvchining darsda bilim, ko‘nikma, malakalarni egallashlarini
nazorat qilish
qanday tashkil etiddi? Ularga ko‘yilgan baholar tarbiyalovchi xarakterga ega bo‘lib,
o‘qish faoliyatini rag‘batlantirdimi?
10. Darsda o‘quvchining bilish faoliyatini o‘stirishga va unda o‘qishga istakni
shakllantirishga e’tibor berildimi?
11. Darsda ko‘rgazmali qurollar, o‘quv va texnik vositalardan foydalanish qay tarzda
amalga oshirildi?
12. Darsdagi ruhiy muhit, o‘quvchilar va o‘qituvchining o‘zaro
munosabatlari
qanday?
13. Uy topshiriqlarini tekshirish metodikasi kay tarzda amalga oshirildi?
14. Darsda qanday qiyinchilikka duch kelindi, ularning sabablari nima va qaysi
yo‘llar bilan bartaraf qilish mumkin?
15. Mazkur dars maqsadi va vazifasini amalga oshirish uchun o‘qituvchining
bilim malakasi yetarlimi? O‘z bilimini qaysi yo‘nalishda
yanada chuqurlashtirish
zarur?
Dostları ilə paylaş: