R sayfullayeva, B. Mengliyev, G. Boqiyeva, M. Q urbo no va, Z. Yunuso va, M. Abuzalova


 ‘zbek tilining o ‘rganilish tarixi va bosqichlari



Yüklə 10,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/473
tarix14.03.2023
ölçüsü10,16 Mb.
#102474
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   473
hozirgi o`zbek adabiy tili sayfullayeva2009

0 ‘zbek tilining o ‘rganilish tarixi va bosqichlari
O 'z b ek tilining o'rganilish tarixini quyidagicha davrlashtirish 
m um kin:
I. X I—XIV asrlar (Qadimgi turkiy tilshunoslik).
II. XV—XIX asrlar (Eski turkiy tilshunoslik).
III. XX asrning boshidan XX asr 80-yillargacha (formal 
o 'zbek tilshunosligi).
IV. XX asrning 80-yillaridan bugungi kungacha (substansial 
o 'z b ek tilshunosligi).
I. 
bosqich. 
O 'zbek tilshunosligi fani M a h m u d Koshg'ariyning 
«D evonu lug'otit turk» asari bilan boshlanadi. Bu asar 1914-yilda 
Turkiyaning Diyorbakir shahrida topilgan.
18


«Devonu lug'otit turk» uch to m d a n iborat bo'lib, 1915—17- 
yillarda 
Istanbul shahrida nashr etilgan. 
Shu nashr asosida 
K.Brokkelman bu asarni 1928-yilda nemischa tarjimada nashr 
qildi. 1939-yilda Anqarada Besim Atalay taijimasida turk tilida 
bosildi. Olim S.Mutallibov devon taijimasi ustida samarali ishlab, 
I960—63-yillar davomida uch tom da o'z bek tilida nashr qildi.
M ahm ud Koshg'ariyning asari kirish va lug'at qismidan iborat. 
Kirish qismida muallif «Devon»ning yaratilish sabablari, o 'z ish 
uslubi, 
asarning 
tuzilishi, 
turkcha 
so'zlarning 
tuzilishida 
qo'llaniladigan harflar, kitobda aytilgan va aytilmagan narsalar, 
turkiy tabaqalar va qabilalarning bayoni, turk tilining xususiyatlari
tilda va lahjalarda bo'ladigan farqlar haqida fikr yuritadi.
Asarning lug'at qismida 7500 so'z sakkiz bo'lim da izohlanadi. 
M ahm ud Koshg'ariv turkiy tillar qurilishini tasvirlashda qiyosiy 
usuldan 
foydalanib, 
tilshunoslikda 
qiyosiy-tarixiy 
metodning 
asoschilaridan biri bo'lib qoldi.
Ilmiy fan xazinasiga bebaho durdonalar qo'shgan M a h m u d az- 
Zamaxshariyning qadimgi turkiy tilshunoslikda ham o'ziga xos 
o'rni bor. Zamaxshariy — yirik tilshunos sifatida arab tilshunos- 
ligining rivojiga ulkan hissa qo'shgan olim. Biroq uning lug'atlarida 
turkiy so'zlarga ham alohida e ’tibor berilib, ularda X II—XIII asrlar 
Markaziy Osiyo turkiy adabiy tilining leksikasi o'z aksini topgan.
X II I—XIV asrlarda yashab ijod etgan Abu 
Hayyon al- 
Andalusiyning qadimgi turkiy tilshunoslikda lutgan o'rni o'ziga xos. 
U turkiy va arab til muqovasasiga doir ko'plab asarlar yaratgan 
bo'lib, 
ulardan 
xarakterlisi 
«Kitob al-idrok 
li 
lisonal-atrok» 
lug'atidir. * Asar 1312-yilda Qohirada bitilgan bo'lib, lug'at va 
gramma! ikadan 
iborat. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, asarda 
qipchoq unsurlari juda kuchli bo'lib, shu bilan birga, o'g 'u z 
unsurlari ham uchrab turadi.
Qadimgi turkiy tilshunoslik taraqqiyotida tilshunos Jamoliddin 
M u h a m m a d Abdulloh Turkiyning ham o'ziga xos o'rni bor. Uning 
taxm inan X III—XIV asrlarda yozilgan «Kitobu-lug'at al-m ushtoq fi 
lug'at 
-it 
turk 
vo-l-qafchoq» 
(«Turk 
va 
qipchoq 
tillariga 
mushtoqlarni qiziqtiruvchi kitob») asari arab, fors, turk, m o'g 'u l 
tillari qiyosiga bag'ishlangan, u turkiy tillarning tarixiy taraqqiyotini 
o'rganishda qimmatli m anba bo'lib xizmat qiladi.

Yüklə 10,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə