R sayfullayeva, B. Mengliyev, G. Boqiyeva, M. Q urbo no va, Z. Yunuso va, M. Abuzalova



Yüklə 10,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/473
tarix14.03.2023
ölçüsü10,16 Mb.
#102474
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   473
hozirgi o`zbek adabiy tili sayfullayeva2009

II 
bosqich. 
Eski o'z bek tilshunosligining shakllanishi va 
taraqqiyotida buyuk mutaffakkir shoir Alisher Navoiy, Zahiriddin 
Bobur, Aloyi 
Binni 
Muhibiy, 
Mirzo 
M ehdixon kabilarning 
lingvistik qarashlari va asarlari m uhim ahamiyatga ega.
19


XIX 
asrning 
oxiriga 
kelib, 
o'z bek 
tilshunosligida 
rus 
bosqinchilarining mahalliy xalq m adaniyati, urf-odati va tilini 
o'rganish ehtiyoji natijasida bir q an c h a amaliy ahamiyatga ega 
gram m atikalar vujudga keldi. M.A .Terentevning «Turk, fors, qirg'iz 
va o 'z b ek tili grammatikasi» (1875), A.Starlevskiyning «Rus 
kishisining O 'rta Osiyodagi yo'ldoshi» (1878), Z.A.Alekseev va 
V.Vishnegorskiyning 
«Сорт 
ти ли
самоучители» 
(1884), 
M.Andreyevning «Sort tilini birinchi bor o'rganuvchilar uchun 
qo'llanma»si (1896), F.Mashkovsevning «Sort tili darslari» (1899),
V.P.Nalivkinning «Sort tilini amaliy o'rganish uch u n q o ‘llanma»si 
(1898), N.Budzinskiyning «Sort tili darsligi» (1910) kabilar bunga 
misol.
I l l
bosqich. 
T o m m a ’nodagi fan sifatida o'zbek tilshunosligi 
XX asrning 20—30-yillarida shakllana boshladi va shu asrning 
oxirlariga kelib o'z ining yuqori cho'qqilaridan biriga erishdi.
XX asr o'zbek tilshunosligining shakllanishida A bdurauf Fitrat, 
G 'o z i Olim Yunusov, Ulug' Tursunov, E.D.Polivanov, Qayum
R am azon, Faxri Kamolov va Ayub G 'u lo m o v la m in g xizrnatlari 
katta.
Bu davrda o'zbek tilining ichki qurilishi zamonaviy tilshunoslik 
yutuqlari asosida ishlab chiqildi va o'zbek tilshunosligi zamonaviy 
ja h o n tilshunosligining bir bo'lagi sifatida shakllandi. Imlo qoidalari 
yaratilib, o'rta, o 'rta maxsus va oliy maktab uchun bu tildan 
m e ’yoriy darslik, q o 'llanm a va ilmiy gram m atikalar yaratildi. 
Tilshunoslikning bugungi 
mavjud 
barcha bo'limlari 
bo'y icha 
ko'plab ilmiy-tadqiqot ishi vujudga keldi.
Lug'atshunoslik 
bo'y icha 
olib 
borilgan 
ishlar 
nihoyatda 
samarali bo'ldi. Bir tilli, k o'p tilli va turli sohaviy lug'atlar yaratilib, 
leksikografiya 
tilshunoslikning 
alohida, 
yetuk 
sohasi 
sifatida 
nam o y o n bo'ldi.
O 'z b e k tilshunosligi zamonaviy fan sifatida to'liq shakllandi. 
O 'z b e k tilini o'rganish b o 'yicha qilinayotgan barcha ishlar bir 
asosiy 
maqsadga 
— 
hozirgi 
o 'zbek 
tilining 
taraqqiyot 
qonuniyatlarini va shu asosda uning barcha tarm oqlari bo'yicha 
m e ’yorlarini 
belgilashga 
qaratiidi. 
O 'zbek 
tilshunosligining 
taraqqiyot yo'li va darajasi ham xuddi shu maqsadga erishish, shu 
yo'ldagi harakatning natijalari bilan belgilanadi. Shu m aqsadda 
o 'z b ek tilshunosligi quyidagi bo 'lim la r bo 'y ich a tadqiqot ishlarini 
am alga oshirmoqda:
1. Fonetika.
2. Leksika.
20


3. Leksikografiya.
4. Derivatsiya.
5. Gram m atika.
6. Punktuatsiya.
7. Dialektologiya.
9. Uslubiyat.
10. Til tarixi.
Bu sohalarning barchasi bo'yicha O 'z R FA Alisher Navoiy 
nomidagi Til va adabiyot instituti, universitetlar va pedagogika 
institutlarining tilshunos olimlari samarali m ehnat qilishdi.
A w a lo, o'z bek tilining fonetik va grammatik qurilishi sohasida 
olib borilgan keng qamrovli ishlarni alohida t a ’kidlamoq lozim. Bu 
borada, ayniqsa, A. N. Kononov, A. K. Borovkov, V.V.Reshetov, 
U.Tursunov, A .G 'ulom ov, 
S h.Shoabdurahm onov, G '.A b d u ra h - 
monov, 
M.Asqarova, 
Sh.Rahmatullayev, 
F.Abdullayev, 
S.U smonov, M.Mirzayev kabilarning xizmatlari katta. U ndan 
keyingi avlod sifatida A.Safoyev, J.Muxtorov, I.Qo'chqortoyev, 
A.Hojiyevlarning ham alohida hissasi bor. O'z bek tili grammatikasi 
bo'y icha olib 
borilgan 
keng 
ko'lamli 
ishlarning 
yakuni 
va 
umumlashmasi sifatida 
1975—76-yillarda yaratilgan ikki tomli 
«O'zbek tili grammatikasi»ni ko'rsatish mumkin.
So'nggi yillarda eksperimental fonetikaning yuzaga kelishi — 
o'zbek tilshunosligi taraqqiyotining qonuniy natijasi. O 'zbek tili 
leksikologiyasi 
va 
frazeologiyasi 
ham 
alohida 
soha 
sifatida 
shakllandi. 
O 'z bek 
tili 
leksikologiyasi 
va 
frazeologiyasining 
rivojlanishida S.Ibrohimov, F.Kamolov, O .U sm onov, S.U smonov, 
Sh.Rahmatullayev kabi tilshunos-larning xizmati katta. 1980-yilda 
nashr qilingan «O'zbek tili leksikologiyasi» nomli asar bu boradagi 
so'nggi yutuqlarni umumlashtirdi.
O'z bek tili leksikografiyasi ham katta yutuqlarni qo'lga kiritdi. 
K o'p tomli «O'zbek sovet ensiklopediyasi», «O'zbek tilining izohli 
lug‘at»lari o'zbek tili frazeologiyasi, terminologiyasi, kasb-hunar 
leksikasi, Navoiy asarlari tili va boshqa sohalar bo'yicha ham qator 
lug'atlar yuzaga keldi. «O'zbek tilining mortem lug'ati» yangi 
turdagi lug'at sifatida yaratildi. O 'zbek lug'atchiligining rivojla­
nishida, 
ayniqsa, 
A.K.Borovkov, 
K.K.Yudaxin, 
V.V.Reshetov,
O .U sm onov, 
R.Doniyorov, 
Z . M a ’rufov, 
Sh.Rahmatullayev,
S.Akobirov, G.Mixaylov kabi olimlar samarali m ehnat qilishdi.
Derivatsiya o'z bek tilshunosligining alohida sohasi sifatida 
ajralib chiqdi.
21


O 'z b ek tilshunosligi sohalaridan biri dialektologiyadir. O 'zbek 
dialektologiyasining fan sifatida yuzaga kelishi va rivojlanishida
E.D.Polivanov, 
K.K.Yudaxin, 
A.K.Borovkov, 
G 'o z i 
Olim 
Yunusov, 
V.V.Reshetov, 
Sh.S hoabdurahm onov, 
F.Abdullayev, 
U .Tursunov, M.M irzayev va ular izdoshlarining xizmatlari beqiyos.
A.Aliyev, 
B.Jo'raev, 
A.Shermatov, 
A.Jo'rayevlar ularning bu 
boradagi ishlarini m unosib davom ettirdilar. O 'zbek dialektologiyasi 
o'zining so'nggi yutuqlari bilan areal tilshunoslik, sotsiolingvistika 
fani bilan omixtalashib ketdi.
O 'z b ek
tili 
tarixini 
o'rganish 
tilshunosligimizning 
ilg'or 
sohasidan biriga avlandi. Bu sohada A.N . K ononov, A.K.Borovkov, 
G '.A bd u ra h in o n o v , 
S.N . Ivanov, 
S.Mutallibov, 
U.Tursunov, 
J.M uxtorov, F.Abdullayev, P.Shamsiyev, A.Rustamov, Sh.Shuku- 
rov, H . N e ’matovlarning ilmiy tadqiqotlari alohida diqqatga molik.
Bu davr o'z bek tilshunosligining m u m to z davri hisoblansa-da
unda 
hukm ron 
mafkuraga, 
sobiq 
kom num istik 
mafkuraning 
millatlarning birlashib, yagona sovet xalqi vujudga kelishi haqidagi 
g'oyasi qoliplariga tushirishga bo'lgan tazyiqlar natijasida o'z bek 
tilining lisoniy universaliyalarga muvofiq jihatlarini ko'p roq ochish, 
uning tabiatini hukm ron til bo'lgan rus tili qoliplari asosida 
ko'rishga intilish, uni ilmiy tadqiqotlarda zo'rm a-z o 'rak ilik bilan 
yoritishga urinish hollari kuchaydi. Masalan, fonetikadagi urg'u 
masalasini olaylik. Rus va boshqa Yevropa tillarida urg'uning roli 
katta. Biroq bu o'z ining barqaror belgisi b o'lm agan o'z bek tiliga 
h am shundavligicha olib o'tildi va asosiy fonetik belgisi sifatida 
alohida e'tiborga olindi. Yoki o'z bek tilida ham [к], lab-tish [v] 
undoshi borligi uqtirib kelindi. Tovushlar orfoepiyasini rus tili 
talaffuz me'yorlariga yaqinlashtirishga urinishlar davom etib keldi.
O'z bek tili grammatikasi talqinida ham rus tili qoidalariga 
o 'z bek tili dalillarini tiqishtirish hollari yuz berdi. Bu, masalan, 
morfologiyada so'z turkum lari tasnifi va tartibida, gramm atik 
q o 's h im ch ala r tasnifida, so'zlarning birikuv omillari va vositalari 
talqinida, gap mohiyatini belgilashda, q o 'sh m a gaplar tasnifida 
yaqqol nam oyon bo'ldi.
Lug'atchilikda ham rus tili lug'atlari shablon vazifasini o'tadi. 
Masalan, «yangi tipdagi» o'zbek tilining m orfem lug'atida o'zbek 
tiliga o'zlashgan so'zlarni morfemalarga ajratish, so'z borayotgan 
tillarnikidagidek amalga oshirildi: 

Yüklə 10,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə