R sayfullayeva, B. Mengliyev, G. Boqiyeva, M. Q urbo no va, Z. Yunuso va, M. Abuzalova


TIL, L ISO N , M E ’YOR VA N U T Q M UNO SABATI. TIL



Yüklə 10,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/473
tarix14.03.2023
ölçüsü10,16 Mb.
#102474
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   473
hozirgi o`zbek adabiy tili sayfullayeva2009

TIL, L ISO N , M E ’YOR VA N U T Q M UNO SABATI. TIL
SATHLARI VA BIRLIKLARI
Ilm iy bilish va uning bosqichlari
Ilmiy bilish — ilmiy tadqiqot y o ‘li bilan izlanish natijasida 
borliq haqida yangi bilim hosil qilish. Tabiat va jamiyatdagi 
m urakkab, 
xilma-xil 
va 
rang-barang 
hodisalar 
mohiyatini, 
rivojlanish qonunlarini ilmiy bilishning aniq usullari mavjud bo'lib, 
ilmiy tadqiqot va izlanishlarning yo'nalishini ifodalaydi. Falsafa va 
fanda ilmiy bilishning ikki bosqichi farqlanadi:
a) fa h m iy (empirik, am aliy) bilish;
b) nazariy (idrokiy, m antiqiy) bilish.
Birinchi bosqichda o'rganilayotgan m anba, uning bo'limlari va 
tarkibiy 
qismlari, 
belgi-xususiyatini 
aniqlash, 
saralash, 
izchillashtirish va tasvirlash ishlari amalga oshiriladi. Bunda asosiy 
e ’tibor o'rganish m anbaining tashqi, zohiriy xossalarini aniqlashga 
qaratiladi. Aslida bu hali to m m a ’nodagi tahlil emas, lekin ilmiy 
o'rganishning zaruriy, tarkibiy qismi, bosqichi. Buni Alisher Navoiy 
«Lisonut tayr» dostonidagi « K o'rlar va fil hikoyati»da ko'rlarning fil 
haqida t a s a w u r hosil qilishi misolida tasvirlaydi.
Nazariy 
bilish 
empirik, 
y a ’ni 
fahmiy 
bilishsiz 
amalga 
oshmaydi. Amaliy bilish jarayonida to'plangan faktik material 
nazariy bilish jarayonida aqliy tafakkur yo'li bilan umumlashtirilib, 
ularning mohiyati ochiladi. Bu bosqichda Navoiyning m azkur 
asarida orifning fil haqida nazariy bilim hosil qilishi misolida bayon 
etiladi.
M anbani o ‘rganishning har ikki bosqichi ham birdav m uhim
bo'lib, ikkinchisini birinchisisiz, birinchisini ikkinchisisiz ta s a w u r
qilib bo'lmaydi. Ularni bir-biridan uzish, qaram a-qarshi qo'yish, 
bilishning ikki qutbi sifatida m unosabatda bo'lish m um kin emas. 
Bilishning ikki zaruriy bosqichi ham o 'z -o 'z ic h a cheklanganlik 
xususiyatiga ega. M asalan, Navoiy fahnny bilish haqida:
Qosir etti fa h m d in idrokni
deya uning cheklanganligiga ishora qilsa, nemis shoiri Geyote: 
Nazariya quruq yog ‘ochdir
26


deb nazariy bilishning hodisalardan uzilganligini uqtiradi.
X o ‘sh, bilishning ikki zaruriy bosqichi nuqtayi nazaridan 
o'z bek tilshunosligi taraqqiyotini qanday baholash mumkin?
O 'zbek tilshunosligi o'zining (XX asrning 20-yillaridan 90- 
yillari-gacha) amaliy bosqichni bosib o'tdi. Bu davrda amalga 
oshirilgan ishlar quyidagilardan iborat edi:
1) tilning bo'limlari aniqlandi;
2) h ar bir bo'lim ga doir birliklar chegaralandi;
3) birliklarning zohiriy alomatlari yoritildi. Masalan, fonetika 
sohasida hozirgi o'zbek tilida 6 ta unli, 24 ta undosh borligi 
aniqlanib, ularning bevosita sezgi a ’zolariga t a ’sir qiluvchi xossalari 
o'rganildi. Unlilardagi lablanganlik-lablanmaganlik, til orqa, til 
o'rta, til oldi, yuqori torlik, quyi va o 'r ta kenglik belgilari shular 
jumlasidandir. Biroq har bir unlining mohiyati-substantsiyasiga bu 
zohiriy belgilar qav darajada daxldor degan m uam m o nazariy 
o'rganish jarayonida fonemalarning variant-invariantlik muamm osi 
ostida tadqiq qilindi. H a r bir unlining (undoshlarning ham) 
mohiyati 
nazariy 
usullarda 
ochib 
berildi. 
S hunday 
holatni 
morfologiyada ham kuzatish mumkin. Bunda so'z turkumlari, har 
bir turkum ga xos grammatik shakllar aniqlandi. G ram m atik 
shaklning zohiriy belgilari — nutqiy xususiyati tadqiq qilindi. 
Masalan, har bir kelishikning 20 dan 50—60 tagacha m a ’nosi 
ajratilib, tavsiflandi. Bu m a ’nolarni yanada ko'paytirish m umkin 
edi. Zero hodisalar cheksiz bo'lib, ular qanchalik ko'paysa, manba 
mohiyatini shuncha qorong'ilashtiradi, to'sib qo'yadi. Quyidagi 
misollarga diqqat qiling:
Gulnoraning kitobi
Gulnoraning opasi
Gulnoraning uyi
Gulnoraning y ig ‘isi
B unda empirik yondashuv qaratqich kelishigining «qarashlilik», 
«mansublik», «egalik», «subyekt-harakat» kabi to 'rtta m a ’nosini 
farqlashni taqozo qiladi (qatorni yana davom ettirish va m a ’nolar 
sonini ko'paytirish mumkin). Bu — zohiriy m a ’no, nutqiy hodisa. 
Empirik tilshunosdan mohiyatga to m o n bundan chuqurroq borish 
talab qilinmaydi. Nazariyotchi kelishikning har bir qo'llanishidagi 
farqdan «ko'z yumib», u m um iy jihatni qidiradi. 
Farqlaming 
(kitob), (opa), (uy), (yig'i) va boshqa so'zlar t a ’sirida ekanligini 
nazariy yo'l bilan aniqlaydi va shu asosda qaratqich kelishigining 
mohiyatini ochadi.
27


Nazariy o'rganish jarayonida til hodisalarida zohiriy (nutqiy) 
va botiniy (lisoniy) jihat farqlanadi. H ar bir birlik yondoshlari bilan 
o'zaro 
m unosabatda 
o'rganiladi. 
ularga tizimiy yondashiladi. 
Masalan, yuqoridagi m isolning birinchisida 
( Gulnoraning kitobi)
qaratqich kelishigining «qarashlilik», ikkinchisida 
( Gulnoraning
opasi)
«mansublik» nutqiy (xususiy) m a ’nolari voqelangan. Biroq 
qaratqich kelishigi shaklining barcha qo'llanishi u c h u n um um iy 
jihat — «oldingi ismni keyingi ismga tobelash» m a'nosi bevosita 
kuzatishda bcrilmagan va lisoniy ahamiyatga ega. Bu umumiylik 
yuqoridagi misollarda 
« Gulnora
so'zining 
opa
so'ziga qaratuvchilik 
m unosabatini ifodalash», ikkinchisi « 
Gulnora
so'zining 
kitob
so'ziga qaratuvchilik m unosabatini ifodalash» tarzida bevosita 
kuzatishga chiqqan, sezgi a ’zosi bilan his qilinadigan qivmat kasb 
etib xususiylashgan. Empirik tilshunos har bir birlikni alohida- 
alohida tekshiradi. M asalan, [a] unlisini boshqa unlisiz, biror 
zam on yoki kelishik shaklini boshqasidan ajratib, uzib o'rganadi. 
Nazariy o'rganish bosqichida esa ular o 'z tizimdoshi bilan 
yaxlitlikda tahlil etiladi. H ar bir birlikning, deylik, unlining, boshqa 
tizimdoshi bilan o 'z a ro m unosabatida nam oyon bo'ladigan belgisi 
nazarivotchi uchun m u h im ahamiyat kasb etadi. Til hodisalarini bu 
tarzda o'rganish tizimiy yondashish deyiladi. Nazariy tilshunoslik 
har qanday birlikning mohiyati uning munosabatini c h u q u r tahlil 
qilish bilan ochiladi, degan g'oyaga tayanib ish ko'radi.

Yüklə 10,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə