52
muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt mablag’lari bo’yicha joriy yilga
moliyaviy natijalar” subschyotining kredit (debet) qoldig’i hisobdan
chiqariladi. 283 “Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari
bo’yicha yakuniy moliyaviy natija” subschyotining kreditiga (debetiga) joriy
yilning oxirida 260 “Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi
mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar” subschyotining kredit
(debet) qoldig’i hisobdan chiqariladi.
284 “Boshqa daromadlar bo’yicha yakuniy moliyaviy natija” subschyotining
kreditiga (debetiga) joriy yilning oxirida 270 “Boshqa daromadlar bo’yicha
joriy yilga moliyaviy natijalar” subschyotining kredit (debet) qoldig’i
hisobdan chiqariladi.
285
“Byudjetga
va
byudjetdan
tashqari
jamg’armalarga hisoblangan soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha
imtiyozlar” subschyotida tashkilotlarga qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda ularning byudjetdan tashqari olgan daromadlari uchun hisoblangan
soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha berilgan imtiyozlar summalari va
ularning belgilangan maqsadlar uchun ishlatilishi aks ettiriladi. Agarda,
qonunchilikda boshqacha tartib belgilanmagan bo’lsa, tashkilotlarga soliq va
boshqa majburiy to’lovlar uchun berilgan imtiyozlar tufayli tejalgan (bo’shab
qolgan) mablag’lar tashkilotning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga
ishlatiladi.
Ushbu subschyotning kreditida byudjetga
va byudjetdan tashqari
jamg’armalarga hisoblangan soliq va boshqa majburiy to’lov turlari bo’yicha
belgilangan imtiyoz summasi aks ettiriladi, bunda, 160 “Byudjetga to’lovlar
bo’yicha byudjet bilan hisob-kitoblar”, 163 “Byudjetdan tashqari Pensiya
jamg’armasi bilan hisob-kitoblar”, va 169 “Boshqa byudjetdan tashqari
jamg’armalar bilan hisob-kitoblar” subschyotlarning tegishlisi debetlanadi.
Ushbu mablag’lar hisobidan sotib olingan moddiy aktivlarning sarflanishi
(eskirishi) yoki moddiy aktivlar sotib olish bilan bog’liq bo’lmagan
holda
tashkilotning
moddiy-texnika
bazasini
mustahkamlash
maqsadlariga
ishlatilishi munosabati bilan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar mos
ravishda 251 “Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan
tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar” va 261
“Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan amalga
oshirilgan xaqiqiy xarajatlar” subschyotlarning debetida aks ettiriladi.
Hisobot yilining oxirida mazkur subschyotlarda aks ettirilgan xaqiqiy
xarajatlar avvalo, foydalanilgan soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha
imtiyozlar summasiga to’g’ri keluvchi qismi doirasida 285 “Byudjetga va
byudjetdan tashqari jamg’armalarga hisoblangan soliq va boshqa majburiy
to’lovlar bo’yicha imtiyozlar” subschyotining
debetiga hisobdan chiqariladi,
bunda, mos ravishda 251 “Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt
shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar”
va 261 “Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan
amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar” subschyotlari kreditlanadi.
Analitik hisob har bir soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha
hisoblangan imtiyozlar bo’yicha alohida holda yuritiladi.