47
230 “Byudjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar”;
231 “Byudjet mablag’lari bo’yicha xaqiqiy xarajatlar”;
232 “Byudjetdan moliyalashtirish”.
231 “Byudjet mablag’lari bo’yicha xaqiqiy xarajatlar” subschyotida
tashkilotni saqlash va boshqa tadbirlar uchun byudjet mablag’lari hisobidan
amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlari hisobga olinadi.
232
“Byudjetdan
moliyalashtirish”
subschyotida
byudjetdan
moliyalashtirilgan
mablag’lar, shuningdek g’azna ijrosiga o’tilgan
tashkilotlarda g’aznachilikda ochilgan shaxsiy hisobvaraqlari orqali amalga
oshirilgan to’lovlar summasi hisobga olinadi.
Bu subschyotning kreditida g’azna ijrosiga o’tilmagan tashkilotlarda
byudjetdan moliyalashtirilgan mablag’lar
summasi aks ettiriladi, bunda,
tegishli pul mablag’larini hisobga oluvchi subschyotlar debetlanadi.
Subschyot debetiga esa, joriy yilda byudjetga qaytarib olingan mablag’lar
summasi, yil oxirida hisobdan chiqarilgan summalar va boshqalar yoziladi,
bunda, pul mablag’larini, byudjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy
natijalarni hisobga oluvchi va boshqa tegishli subschyotlar kreditlanadi.
Shuningdek, ushbu subschyotda yuqori tashkilotdan quyi tashkilotlarga
moliyalashtirib berilgan mablag’larning ham hisobi yuritiladi. Bunda,
yuqori
tashkilot tomonidan quyi tashkilotlarga moliyalashtirib berilgan mablag’lar
summasiga 232 “Byudjetdan moliyalashtirish” subschyoti debetlanadi va 10
schyotning tegishli subschyotlari kreditlanadi. Quyi tashkilotlarda esa, yuqori
tashkilot tomonidan moliyalashtirib berilgan mablag’lar 10 schyotning
tegishli subschyotlari debetida va 232 “Byudjetdan moliyalashtirish”
subschyotining kreditida aks ettiriladi.
G’azna ijrosiga o’tilgan tashkilotlarda esa, ushbu subschyotning kreditida
g’aznachilikdagi shaxsiy hisobvaraqlar orqali byudjet mablag’lari hisobidan
amalga oshirilgan to’lovlar
aks ettiriladi, bunda, debitor va kreditorlarni
hisobga oluvchi va boshqa tegishli subschyotlar debetlanadi.
Subschyot debetiga esa, shaxsiy hisobvaraqlar orqali amalga oshirilgan
to’lovlar bo’yicha kassa xarajatlarining tiklanishi (joriy yilgi), hisobot yilining
oxirida amalga oshirilgan to’lovlarning yopilishi,
shuningdek boshqa amalga
oshirilgan to’lovlarni kamaytiradigan mablag’larni aks ettiradilar, bunda,
debitor va kreditorlarni, byudjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy
natijalarni hisobga oluvchi va boshqa tegishli subschyotlar kreditlanadi.
Yil oxirida barcha moliyalashtirilgan byudjet mablag’larni, shuningdek
amalga oshirilgan to’lovlarni byudjet mablag’lari bo’yicha
joriy yilga
moliyaviy natijalarga yopilishi 230 “Byudjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga
moliyaviy
natijalar” subschyotning kreditida
va 232 “Byudjetdan
moliyalashtirish” subschyotning debetida aks ettiriladi. 232 “Byudjetdan
moliyalashtirish” subschyot bo’yicha yil oxirida qoldiq qolmaydi.