Hidlov nervi (birinchi juft) hidlov bo’laklaridan chiqadi. Nerv tolalari hidlov xaltasining
shilimshiq pardasida joylashgan sezuvchi hujayralarning o’simtalaridan iborat bo’lib, faqat
sezish xususiyatiga ega.
Ko’ruv nervi (ikkinchi juft) oraliq miyaning tagidan chiqib, ko’z kosasidagi ko’z
soqqasining to’r pardasida tarmoqlanadi. Bu ncrv ham faqat sezuvchi nervdir.
Ko’zni harakatlantiravchi nerv (uchinchi juft) o’rta - miyaning pastki yuzasidan chiqadi
(uni ko’rish uchun o’rta miyani bir oz yon tomonga surish lozim). Bu nerv bosh skelet devorini
teshib o’tib, to’g’ri ko’z muskullariga kirib
shoxlanadi va pastki qiya, pastki va ichki hamda
ustki to’g’ri ko’z muskullarini innervatsiyalaydi.
G’altak nerv (to’rtinchi juft) o’rta miya bilan uzunchoq miya oralig’idan chiqadi
(preparatda u miyacha ostidan chiqqandek ko’rinadi). Bu nerv o’rta miya qopqog’i orqali o’tib,
ko’z kosasi devorining oldingi qismida ko’zning ustki qiya muskulida tarmoqlanadi. Bosh
miyaning boshqa qolgan nervlarining hammasi uzunchoq miyadan chiqadi.
Uchlik nerv (beshinchi juft) murakkab nerv hisoblanadi,
u uzunchoq miyaning oldingi
qismi yon devoridan yo’g’on ildiz bilan boshlanib, darhol bir necha tarmoqlarga bo’linadi.
Shulardan ko’zga, lunjga, yuqori va pastki jag’ga boradigan tarmoqlar eng kattalari hisoblanadi.
Uchlik nerv funksiyasi jihatidan aralash, ya’ni ham sezuvchi va ham harakatlantiruvchi nervdir.
Uzoqlashtiruvchi nerv (oltinchi juft) uzunchoq miyaning ostidan chiqadi,
lekin preparatda
uning chiqqan joyi ko’rinmaydi. Bu nerv ko’zning sirtqi to’g’ri muskulini innervatsiyalaydi.
Yuz nervi (ettinchi juft). Bu nerv uchlik nervga juda yaqin yondosh bo’lib, uning ketidan
chiqadi. Shuning uchun ham ularning asoslarini bir-biridan ajratish qiyin. Yuz nervi ham bir
necha tarmoqlarga bo’linib, shulardan ko’z, tanglay va til osti tarmoqlari eng yiriklari
hisoblanadi.
Uchlik nerv singari yuz nervi ham aralash nerv bo’lib, uning ko’z va tanglayga boradigan
tarmoqlari sezuvchi, til osti tarmog’i esa aralashdir (sezuvchi va harakatlantiruvchi).Eshituv
nervi (sakkizinchi juft). Bu nerv uzunchoq miyaning yon devoridan
chiqishi bilanoq miya
qutisining devoriga kirib, ichki quloqni innervatsiyalaydi. Eshituv nervi fakat sezuvchi nervdir.
1.7-rasm. Akula bosh miyasining yuqoridan ko’rinishi:
l-oldingi miya, 2-hidlov bo’laklari, 3-oraliq miya, 4-epifiz, 5-o’rta miya, 6-miyacha, 7-uzunchoq
miya, 8-rombsimon chuqurcha. Rim raqamlari bilan bosh miyadan chiqadigan nervlar
ko’rsatilgan.
Til- halqum nervi (to’qqizinchi juft) akulaning birinchi jabra yorig’iga borib, ikkita
tarmog’i bilan uning oldingi va keyingi qismlarini innervatsiyalaydi. Bu nerv funksiyasi jihati-
dan aralash bo’lib, sezuvchi va harakatlantiruvchi nervdir.
Adashgan nerv (o’ninchi juft) aralash nerv bo’lib,
uzunchoq miyaning yonboshidan,
keyinchalik bir-biri bilan qo’shilib yo’g’on nerv tomirini hosil qiladigan bir qancha tarmoqlar
holida chiqadi. Adashgan nerv bosh miyaning boshqa nervlaridan gavdaning ko’pchilik qismini
innervatsiyalashi bilan farq qiladi. Asosiy tarmoqlaridan to’rttasi to’rt jabra yorig’ini
(ikkinchidan beshinchigacha), beshinchi - ichki organlar yonbosh tarmog’i esa tana va dum
bo’limlarining teri sezish organlarini innervatsiyalaydi.
Orqa miya nervlarining orqa va qorin butoqlari har ikki tomondan juft-juft bo’lib
birlashib, umumiy aralash nervni hosil qiladi. Har bir juft nerv o’ziga tegishli segmentlarni
innervatsiyalaydi. Akulalarda juft suzgich qanotlar rivojlan-ganligi
munosabati bilan yelka va
bel-dumg’aza nerv chigali hosil bo’ladi. Bu nerv chigallari bir qancha nervlarning qo’shilishidan
hosil bo’lgan va tegishli juft suzgich qanotlarga boradigan umumiy stvol (tana)dan iborat.
Umurtqali hayvonlarning ko’z soqqasini 6 ta muskul (1,2, 3, 4, 5, 6) harakatlantiradi, ular
bir uchi bilan ko’z kosasining devoriga, ikkinchi uchi bilan esa ko’z soqqasining ma’lum joyiga
birikadi. Ularning to’rttasi (3, 4, 5, 6) yuqorigi, pastki, ichki va tashqi to’g’ri muskullar, 2 tasi
esa (1, 2) yuqorigi va pastki qiya muskullar deb ataladi. Bu musk-ullarni III, IV va VI juft
nervlar innervatsiyalaydi.
Dostları ilə paylaş: